448
bir necha AUlar inkor qila olsa, u holda keng uzatishli uzatish
xabarlarini barcha AUlar qo‘llab-quvvatlashi kerak. MBS xa-
balarni AU “uyqu” va “kutish” rejimlarida
ham qabul qila olish
muhim hisoblanadi.
Guruhli MBS rejimida bir necha TSlar maxsus guruhni zonani
(hududni) tashkil qiladi, uning barcha TSlariga MBS zonasi ning
identifikatori beriladi. MBS zonasidagi barcha TS va AUlar yago-
na CID dan foydalanadi va barcha TSlar bir chastota kanalida
MBS xabarlarni sinxron translyatsiya qiladi (LTEdan
SFN bir
chastotali tarmoqlarga o‘xshash). Bir saytli MBS rejimida MBS
servisni olish uchun AU TSda ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak. Gu-
ruhli MBS rejimida esa bunday ro‘yxatdan o‘tkazish talab qilin-
maydi. Bundan tashqari AU MBS zonasidagi hech bir TSda
ro‘yxatdan o‘tkazilmasligi mumkin
va bunda bu servisni olishi
mumkin. Bunda AU tarmoqda bu servisni oluvchi sifatida ro‘y-
xatdan o‘tkazilishi yetarli bo‘ladi. AU haqidagi axborot tarmoq
infratuzilmasi orqali tayanch stansiyalarga uzatiladi. Bunda MBS
xizmatlarni oluvchini ro‘yxatdan o‘tkazish tarmoq darajasida
amalga oshiriladi.