442
CSN boshqaradigan mobillik turli ASN shlyuzlar bilan bosh-
qariladigan TSlar orasida AU harakatlanganida ishlatiladi. Bu
turning ma’nosi bir R3 tayanch nuqtasidan boshqasiga ma’lu-
motlarni marshrutlashtirishdan iborat.
Bunda MIP (ingl. Mobile
IP) protokoli qo‘llaniladi. U IP manzillar o‘zgartirilishsiz tar-
moqlar orasida AUni harakatlanishini qo‘llab-quvvatlaydi. Bun-
da AU axborotlarni almashtiradigan qurilmalar uning harakatini
payqamaydi. MIP protokoli quyidagi funksional komponentlar-
dan foydalanadi:
1)
MIP mijoz
(ingl. MIP client).
MIP mijozning joylashishiga
bog‘liq u ikki turga bo‘linadi:
— MIP protokolini qo‘llab-quvvatlaydigan MIP mijoz AUda
ishlatilgan CMIP
(ingl. Client MIP);
— MIP protokolini qo‘llab-quvvatlash talab qilinmaydigan
MIP mijoz ASN tugunida joylashgan
va AU nomidan harakat
qiladigan PMIP
(ingl. Proxy MIP).
2)
FA (ingl. Foregn Agent) —
mehmon tarmog‘i agenti, ASN
tugunda joylashgan va uning tarmog‘ida joylashgan barcha AUlar
haqida axborotlarga ega bo‘ladi.
3)
HA (ingl. Home Agent) —
uy tarmog‘i agenti, SSN tugunda
joylashgan va SSN boshqaradigan mobillikda yakor (bog‘lovchi
markaz) hisoblanadi. NA tugun u kiradigan
FA tugun IP manzili-
ga AUning IP manzilining moslik jadvaliga ega bo‘ladi. Shunday
qilib, NAda bu AUga mo‘ljallangan paketlarni qayerga (qaysi FA
ga) yuborish haqida axborotga ega bo‘ladi.