• ASN ruxsat olishni taqdim etish tarmog‘i
  • WiMAX tarmog‘i tugunlaring funksionalligi




    Download 8,51 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet206/283
    Sana21.11.2023
    Hajmi8,51 Mb.
    #102907
    1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   283
    Bog'liq
    Raqamli mobil aloqa

    28.2. WiMAX tarmog‘i tugunlaring funksionalligi
     Abonent uskunalari.
    Abonent uskunalari WiMAX tarmog‘iga va tashqi IP tarmoq-
    larga tayanch stansiyalarga radiokanal bo‘yicha ulanish orqali 
    ulanish oladi. Ular statsionar, ko‘chma va mobil rejimlarda ishla-
    tilishi mumkin va mos ravishda ham bino ichida, ham bino tash-


    404
    qarisida ishlatish uchun mo‘ljallangan. Bino ichida foydalanishga 
    mo‘ljallangan AQlar tashqi uskunalarga qaraganda TSdan sezilarli 
    kichik masofalarda ishlashga qodir va shuning uchun tarmoq in-
    fratuzilmasida ko‘p sonli TSlardan foydalanishni ko‘zda tutadi. 
    “Mobil WiMAX” paydo bo‘lishi bilan yo‘nalish (urg‘u) mobil 
    smartfonlar, USB modullar va PC kartalar ko‘rinishida mobil 
    AQlarni ishlab chiqarishga qaratiladi.
    ASN ruxsat olishni taqdim etish tarmog‘i
    ASN tuguni kommutatsiya darajasi va ulanishni taqdim etish 
    darajasini mantiqiy chegarasini aniqlaydi va ulanishni taqdim 
    etishga javob beradigan funksional tugunlar orasida o‘zaro ta’sir-
    lashish va xabarlarni almashtirishning qulay usulini taklif qiladi. 
    ASN bir yoki bir necha mijozlar bilan bir yoki bir necha TSlar-
    dan iborat. ASN mijozlar CSN kommutatsiya tarmog‘i bilan u 
    orqali boshqa transport IP tarmoqlar bilan aloqani ta’minlaydi. 
    Faktik bu tugun IEEE 802.16 radio ulanish tarmog‘ini tashqi IP 
    tarmoqlar bilan bog‘laydi. NRM modelida o‘rnatilishlarga muofiq 
    ASN tarmoqlari chegaralarida funksional va mantiqiy kommutat-
    siya turli usullarda amalga oshirilishi mumkin. Xususan ASN — 
    shlyuz bir necha TS lar ishini boshqarishi mumkin, lekin har bir 
    TS ham bir emas, bir necha ASN-shlyuzlarga bog‘langan bo‘lishi 
    mumkin.
    Bundan tashqari, TS ham, ASN shlyuzlar ham to‘g‘ridan to‘g‘ri 
    bir-birlariga bog‘langan bo‘lishi mumkin. WiMAX Forumi ishlab 
    chiqaruvchilar jihozlarning xilma-xilligini qo‘llab-quvvatlash va ular-
    ni o‘zaro ta’sirlashish imkoniyatlarini hisobga olganda tarmoqning 
    spetsifikatsiyasini aniqlaydi. ASN tuzilmasi 28.2-rasmda keltirilgan. 
    ASN tuguni AQlari bilan ulanish uchun R1 tayanch nuqta-
    sidan, CSN tugun bilan ulanish uchun R3 tayanch nuqtasidan, 
    boshqa ASN tugunlar bilan ulanish uchun R4 tayanch nuqtasidan 
    foydalanadi. Bevosita ASN tuguni TS lar va ularga ulangan ASN 
    shlyuzlardan iborat (28.2-rasm).


    405
    ASN tuguni elementlarining o‘zaro ta’sirlashishi R6, R7 va R8 
    maxsus interfeyslarini tayanch nuqtalari sifatida ishlatishi hisobiga 
    amalga oshiriladi. Agar ASN tuguni bir necha ASN shlyuzlar-
    ni ishlatgan holda, unda boshqarish signallarini almashtirish R4 
    tayanch nuqtasi orqali amalga oshiriladi. TS IEEE spetsifikat-
    siyalarida aniqlangan parametrlar bo‘yicha mos hisoblanadigan 
    abonent uskunalariga va Internetga simsiz ulanishni ta’minlaydi. 
    TS AU va Internet tarmog‘i orasida IP trafikni WiMAX standarti 
    radiointerfeys orqali marshrutlashtiradi.

    Download 8,51 Mb.
    1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   283




    Download 8,51 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    WiMAX tarmog‘i tugunlaring funksionalligi

    Download 8,51 Mb.
    Pdf ko'rish