400
28-bob. WiMAX TIZIMI ARXITEKTURASINING
ASOSIY PRINSIPLARI
28.1. WiMAX tarmog‘ining tayanch modeli (NRM)
WiMAX tizimining arxitekturasiga nisbatan IEEE instituti PHY
fizik va MAC darajalardagi asosiy talablarni aniqladi. O‘z vaqtida
bunday yondashuv Ethernet va WI-FI texnologiyalarga qo‘lla nishda
o‘z samaradorligini ko‘rsatdi. Ularda TCP/IP, SIP, VoIP va IP-
SEK turdagi yuqori darajalardagi protokollar va boshqa sohaviy
tuzilmalar, bu holda IETF
(ingl. Internet Engineering Task Forse –
Internet tarmog‘ini loyihalashtirish bo‘yicha maqsadli guruh) guruhi
tomonidan qabul qilingan. Lekin, PHY va MAC darajalarda radio-
interfeysga umumiy talablar ishlanmasidan tashqari,
xalqaro darajada
moslashtirish zarur bo‘lgan masofalar to‘plami mavjud. Xususan, bir
xil jinsli, ham “turli jinsli” (ya’ni boshqa texnologiyalarga kiradigan)
tarmoqlar bilan WiMAX tizimlarining o‘zaro ta’sirlashishini ta’min-
lash bo‘yicha talablarni aniqlash zarur. Misol uchun mobil aloqalar
uchun bu masalalar bilan 3GPP va 3GPP-2 dasturlari shug‘ullanadi.
Ular interfeyslar va protokollar keng to‘plam bo‘yicha standartlarni
o‘rnatadi. Chunki bu faqat umumiy radiointerfeys bo‘yicha o‘zaro
ta’sirlashish uchun emas, balki turli ishlab chiqaruvchilar jihozlari da
qurilgan turli tarmoqlar orasida o‘zaro ta’sirlashish va “rou ming”
uchun zarur bo‘ladi. Shunga o‘xshash IEEE 802.16 oilasidagi stan-
dartlar uchun protokollar va interfeyslarni ishlab chiqish bilan Wi-
MAX forumi shug‘ullanadi. Xususan, forum doirasida ikki ishchi
guruh tashkil etildi.
Statsionar, ko‘chma, portativ va mobil ish re-
jimlari uchun yuqori darajalar tayyorlashda maxsuslashtirilgan tar-
moqlarni tashkil etish bo‘yicha guruh
(ingl. Network Working Group)
tarmoqqa ulanishni taqdim etish bo‘yicha talablarni aniqlagan va
ularni ishlatishga tarmoqlarni tashkil etish bo‘yicha guruhga yordam
bergan xizmatlarni tashkil etish bo‘yicha guruh (
ingl. Service Network
Working Group) tashkil etildi. Bu guruhlar o‘z ishida quyidagi asosy
tarmoqlarni qurish prinsiplariga asoslandi:
401
1. WiMAX tizimi arxitekturasi bevosita IEEE 802.16 standarti,
shuningdek, IETF va Ethernet standartlari aniqlagan kommutat-
siya jarayoni qo‘shilganda paketni kommutatsiya
asosida qurilishi
kerak.
2. Arxitektura kommutatsiya darajasidan ulanish darajasini
ajratish kerak. Ya’ni, tarmoqning kommutatsiya darajasi element-
lari IEEE standartlarining qo‘llanilgan radioulanish texnologi-
yalariga bog‘liq bo‘lmasligi kerak.
3. Tizimning arxitekturasi tarmoqlarni qurish va kengaytirish-
ning turli variantlarini qo‘llab-quvvatlash uchun modulli va ix-
cham bo‘lishi kerak. Xususan, ularga quyidagilar kiradi:
• Kichik o‘lchamlardagi tarmoqlardan katta o‘lchamli tarmoq
larga o‘tish;
• Shahar, shahar atrofi va qishloq sharoitlaridagi radio-
to‘lqinlarni tarqalishida ishlash;
• Litsenziyalangan litsenziyalanmagan ishchi chastotalardan
foydalanish;
•
Iyerarxik, bir darajali va o‘zi shakllanadigan tarmoqlar to-
pologiyalari va ularning kombinatsiyalari;
• Turg‘un ko‘chma, portativ va mobil terminallarda birgalikda
ishlash.
WiMAX Forumi qatnashchilari tizim arxitekturasining mantiqiy
taqdim etilishi hisoblangan NRM
(ingl. Network Reference Model)
WiMAX tarmog‘ining tayanch modelini aniqladi. NRM modeli
funksional tizimlar orasida o‘zaro ta’sirlashishi amalga oshiriladi-
gan va tayanch nuqtalar
(ingl. Reference Points) deyiladigan tar-
moqning funksional tugunlarini tavsiflaydi. WiMAX tarmog‘ining
tayanch modeli umumiy ko‘rinishda 28.1-rasmda keltirilgan.
Tizimning bunday arxitekturasi
turli tarmoqlarni qurish mo-
dullarini va terminallarning ish rejimlarini qoniqtiradigan funk-
sionallikni ta’minlash maqsadida taklif etilgan. WiMAX Forumi
WiMAX tarmoqlar ishlashining ko‘plab aspektlarini aniqlaydigan
arxitekturani ishlab chiqdi: