389
ishlab chiqaruvchilari,
shuningdek,
mazmun taqdim etuvchilar
(kontent provayderlar)dan iborat 500 tadan ortiq a’zolarni bir-
lashtiradi [47].
Yuqorida ta’kidlanganidek, hozirgi vaqtda WiMAX nomi bilan
quyidagi ikkita keng polosali simsiz aloqa standarti (versiyalari)
rivojlanmoqda:
• “16d” versiyasi (standartning rasmiy nomi — IEEE 802.16-
2004) faqat turg‘un terminallarda ishlash uchun mo‘ljallangan;
• “16e” versiyasi (standartning rasmiy nomi — IEEE 802.16-
2005) turg‘un, portativ va mobil aloqa turlari uchun mo‘ljallangan
va takomillashtirilgan radiointerfeysni qo‘llab-quvvatlaydi.
Umumiy holda bu ikki WiMAX versiyalarining tizim jihozlari
o‘zaro moslashmaydi, shuningdek, “16d” versiyaning abonent
uskunalari “16e” versiyadagi tarmoqlarda ishlay olmaydi.
Bu mos-
lashmaslik sababli va “16e” versiyasi ma’qulroq ekanligi uchun
ko‘pchilik ishlab chiqaruvchilar “16d”
versiyaga vaqt sarflamasdan
“16e” versiyani qo‘llab-quvvatlashga qaror qabul qilmoqdalar.