413
29-bob. WiMAX IEEE 802.16 STANDARTI TARMOG‘I FIZIK
DARAJASINING TAVSIFI VA WiMAX WIRELESSMAN-SC
REJIMIDAGI FIZIK KANALDA KADRNING TUZILMASI
29.1. WiMAX IEEE 802.16 standarti tarmog‘i
fizik darajasining tavsifi
Avval ta’kidlaganimizdek, IEEE 802.16
standarti WiMAX-
WiMAX tarmoqlari uchun fizik va MAS darajalarni tavsiflaydi.
Bu sathlarda radiointerfeyslar texnologiyalari, kanallarga ula-
nish va modulyatsiya usullari,
oqimlarni bajarish tizimlari, uza-
tiladigan axborotlar tuzilmasi, yuqori darajalar ma’lumotlarni
uzatish protokollarini (avvalo ATM va IR) WiMAXWiMAX
tarmoqlarining pastki (fizik) darajalari protokollari uyg‘un-
lashtirish mexanizmlari aniqlanadi. IEEE 802.16 standarti
29.1-jadvalda keltirilgan.
Jadvaldan ko‘rinib
turibdiki, faqat bitta eltuvchidan foydala-
nadigan WirelessMAN-SC
(ingl. Wireless Metropolitan Area Net-
work-Single Carrier) rejimi 10-66GGs
diapazonda ishlash uchun
mo‘ljallangan va 25MGs kanal kengligida va 120Mbit/sek ma’lu-
motlarni uzatish tezlikli to‘g‘ri ko‘rinish sohasida ishlaydigan ma-
gistral tarmoqlarga yo‘naltirilgan (mo‘ljallangan). Qolgan rejimlar
11GGs dan past diapazonlar uchun ishlab chiqilgan. Wireless-
MAN-SCa bu WirelessMAN-SC rejimining “past chastotali”
versiyasidir (qator qo‘shimcha
mexanizmli, xususan, 256-QAM
kvadraturali-amplitudaviy modulyatsiyaga ruxsat etiladi.
WirelessHUMAN
(ingl. High Spead Unlicensed Metropolitan
Area Network) rejimi litsenziyasiz diapazonlarda ishlash uchun
mo‘ljallangan (bunday diapazonlar AQSHda va qator Yevropa
davlatlarida ko‘zda tutilgan). WirelessHUMAN rejimining o‘zi-
ga xos xususiyatlari faqat TDD, DFS
(ingl. Dynamic Frequen-
cy Selection) chastotalarni dinamik taqsimlash funksiyasidan va
chastota kanallarini nashrlashtirish mexanizmidan foydalanish
hisoblanadi.