13
koniyatlari ham joyida turmayapti va 3,5G nomini olgan (ya’ni
HSPA va HSPA+ tizimlari) yangi ishlanmalar sari rivojlanib bor-
moqda. Bunday sharoitda 3G tarmoqlarining istiqbollari yorqin
ko‘rinmoqda edi. Ammo bizning ko‘z o‘ngimizda qiziqarli bir ja-
rayon ham yuz bermoqda: sahnaga “4G” deb atalmish mobil alo-
qaning yangi avlodi (LTE texnologiyasi) kirib kelmoqda va jiddiy
ravishda “oilada o‘z o‘rniga” da’vogarlik qilmoqda. Shu sababdan
yaqin vaqtlarda 3G tarmoqlari to‘liq kuch bilan rivojlanmasdan
turib o‘z o‘rnini 4G tarmoqlariga bo‘shatib berish ehtimoli paydo
bo‘lmoqda.
4G oilasiga mobil aloqa tarmoqlarida 100Mbit/sek dan ortiq
tez likda ma’lumotlarni uzatishga imkon beradigan texnologiyalar-
ni kiritish ko‘zda tutilgan. Keng ma’noda 4G – bu yana ma’lumot
uzatuvchi umumiy ulanish tarmoqlariga (masalan, Internetga),
shuningdek Wi-Fi (uning yangi standartlari) va WiMAX (nazariy
jihatdan bu standartda tezlik 1Gbit/sek dan ortishi mumkin) tar-
moqlariga keng polosali simsiz ulanish texnologiyalaridir. Qiyos-
lab ko‘rilsa, hozirgi kunda dunyoda keng tarqalgan GSM/EDGE
(2G/2,5G) sotali aloqa standartida ma’lumotlarni uzatish tezligi
384kbit/sek ni tashkil etadi. Asosan Yevropa, AQSH va Osiyo ning
bir necha mamlakatlarida (Yaponiya, Tayvan, Singapur) keng
tarqalgan 3,5G avlod tarmoqlarida tezlik 7–14,4Mbit/sek gacha
yetib boradi (1.3-rasm).