• 1.2.1. LTE texnologiyasi 3GPP Long Term Evolution (3GPP LTE
  • G avlodini tashkil etuvchi texnologiyalar




    Download 8,51 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet6/283
    Sana21.11.2023
    Hajmi8,51 Mb.
    #102907
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   283
    Bog'liq
    Raqamli mobil aloqa

    1.2. 4G avlodini tashkil etuvchi texnologiyalar
    Mobil va keng polosali aloqa tizimlarining to‘rtinchi avlodi – 
    4G, avvalo, ma’lumot uzatishning yuqori tezligi va nutqli aloqa 
    sifatining yuqorililigi bilan tavsiflanadi. Yuqorida ta’kidlanga-
    nidek, mobil va keng polosali aloqa tizimlarining to‘rtinchi av-
    lodiga 100 Mbit/sek dan ortiq tezlikda ma’lumot uzatish imkonini 
    beradigan texnologiyalar kiradi. Bugungi kunda nazariy jihatdan 
    ma’lumotlarni uzatish tezligi 1 Gbit/sek gacha bo‘lgan KSU 
    tizimlaridan Wi-Fi (IEEE 802.11ac standarti) va WiMAX (IEEE 
    802.16m standarti), shuningdek, mobil aloqa texnologiyasi – LTE 
    (aniqrog‘i uning takomillashtirilgan varianti LTE-Advanced) 4G 
    tarkibiga kirish imkoniyatiga egadirlar. Wi-Fi va WiMAX KSU 
    texnologiyalari ko‘plab umumiy jihatlarga egaligi sababli, maz-
    kur qo‘llanmada biz Wi-Fi texnologiyasining faqat qisqa bayoni 
    bilan chegaralanamiz va asosiy e’tiborni LTE hamda WiMAX 
    texnologiyalari tahliliga qaratamiz.


    16
    1.2.1. LTE texnologiyasi
    3GPP Long Term Evolution (3GPP LTE, ingl. “3GPPning 
    uzoq muddatli rivojlanish loyihasi”) – ma’lumot uzatish tezligi 
    bo‘yicha kelgusidagi talablarni qondirishga qaratilgan UMTS 
    standartini takomillashtirish loyihasining to‘liq nomidir. Ush-
    bu takomillashtirishlar, masalan, tizimning samaradorligini 
    oshirish, javob kechikishini qisqartirish, ko‘rsatilayotgan xiz-
    matlar turini kengaytirish, shuningdek, mavjud mobil aloqa 
    texnologiyalari bilan integratsiyani yaxshilash bo‘lishi mumkin. 
    3GPP LTE standartida ma’lumot uzatish tezligi nazariy 
    jihatdan “pastga” liniyada (ingl. Download) 326,4 Mbit/sek 
    gacha, “yuqoriga” liniyada esa (ingl. Upload) 172,8 Mbit/sek 
    gacha yetishi mumkin (3GPPning 8 relizi uchun). Shuning-
    dek, LTE tizimida javobning kechikish vaqtini (ya’ni so‘rovni 
    jo‘natish va javobni olish orasidagi vaqt) qisqartirishga eri-
    shildi. LTE tizimida polosaning ishchi kengligi o‘zgaruvchan 
    bo‘lib, u 1,25 MGs dan 20 MGs gacha bo‘lishi mumkin (tar-
    moq 450 MGs dan 2,6 GGs gacha bo‘lgan keng chastotalar 
    diapazonda ishlay oladi). LTE to‘liq kanallarni paketli kom-
    mutatsiyalash asosida quriladi, ikkitalik uzatish rejimi (ingl. 
    Dual Transfer Mode  –  DTM) esa bir vaqtning o‘zida nutq va 
    ma’lumot uzatish imkonini beradi. 
    LTE texnologiyasi mavjud sotali aloqa tarmoqlari uchun to‘rtin-
    chi avlod sari evolyutsion o‘tishni ta’minlashi va operatorlarga 
    tezligi yuqori va unumdor keng polosali ulanish mobil tarmoqla-
    rini yaratish imkonini berishi, shu bilan birga, nafaqat ulanish 
    tezligini oshirish, balki vazifalar turkumini ham kengaytirishga 
    imkon berishi kutilmoqda. 

    Download 8,51 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   283




    Download 8,51 Mb.
    Pdf ko'rish