Raqamli mobil aloqa




Download 8,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/283
Sana21.11.2023
Hajmi8,51 Mb.
#102907
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   283
Bog'liq
Raqamli mobil aloqa

1.5-rasm. HSCSD tizimli arxetekturasi.
Tahlillarga qaraganda, mobil TV xizmatlari kelgusida o‘yin-
lar va hatto musiqaga qaraganda ancha katta foyda keltirishi 
mumkin. 
1.3.1. LTE texnologiyasining yaqin yillardagi
rivojlanish istiqbollari
LTE texnologiyasining rivojlanishi faol davom etmoqda. GSA 
assotsiatsiyasining hisoblariga ko‘ra, 2011-yilda LTE tarmoqlarini 
joriy etish bo‘yicha o‘z niyatlarini bildirgan mobil aloqa operator-
larining soni 60 ta davlatdagi 184 ta kompaniyani tashkil etdi [1]. 
GSA hisobotida, shuningdek, LTE tizimlarining dastlabki sino-
vini o‘tkazishga qaror qilgan 20 ta mamlakatdan 54 ta kompani-
ya – operatorlar ko‘rsatilgan bo‘lib, ular ham keyinchalik tijorat 
tarmoqlarini yaratish ehtimolini bildirishgan. 
Shu bilan bir paytda, LTE-Advanced deb nomlangan navbat-
dagi avlod standarti spetsifikatsiyalari ham yaratilmoqda. 3GPP-
ni 8-relizi ustidagi ishlar yakunini kutmasdan, ko‘plab yetakchi 


20
ishlab chiqaruvchilar o‘zlarining LTEni qo‘llab-quvvatlaydigan 
uskunalarining dastlabki tajriba namunalarini taqdim etmoqdalar. 
Masalan, 2007-yilning fevralida Ericsson kompaniyasi dunyoda 
birinchi marta ma’lumotlarni 144Mbit/sek uzatish tezligiga ega 
LTE jihozining ishini namoyish etgan edi. 2007-yilning sent-
yabrida esa NTT DoCoMo kompaniyasi 200Mbit/sek tezlikni va 
100mVt dan ortiq bo‘lmagan iste’mol quvvatini ta’minlaydigan 
jihozni taqdim etdi. 2008-yilning aprelida LG va Nortel korpo-
ratsiyalari mobil abonentlar 110km/soat tezlikda harakatlangan-
da 50Mbit/sek o‘tkazish qobiliyatiga ega bo‘lgan LTE uskunasi-
ni namoyish qildi. 2008 yilning 18-sentyabrida T-Mobile mobil 
ope ratori va Nortel Networks kompaniyasi “pastga” kanal uchun 
170Mbit/sek, “yuqoriga” kanal uchun esa 50Mbit/sek tezliklar-
ga erishganligi haqida e’lon qildilar. Sinovlar o‘rtacha 67km/
soat o‘rtacha tezlikdagi avtomobilda uchta TS ta’sir hududlarida 
o‘tkazilgan edi. LTE texnologiyalarining keyingi rivojlanishi yangi 
3GPPni 10 relizi (LTE-Advanced) ustida ishlash doirasida davom 
etadi. Bugungi kunda LTE-Advanced standartidagi barcha asosiy 
talablar shakllantirib bo‘lingan [4]. Aslida ular to‘rtinchi avlod 
texnologiyalari oldiga qo‘yilgan quyidagi talablardir:
— ma’lumot uzatish maksimal tezligi “pastga” radiokanalda 
1Gbit/sek gacha, “yuqoriga” radiokanalda esa 500Mbit/sek gacha 
bo‘lishi kerak (bir abonent uchun o‘rtacha o‘tkazish qobiliyati 
LTE (8 Reliz) standartiga nisbatan uch marotaba yuqori); 
— o‘tkazish polosasi “pastga” radiokanalda 70MGs gacha, 
“yuqoriga” radiokanalda esa 40MGs gacha;
— spektrdan foydalanishning maksimal samaradorligi “pastga” 
radiokanalda 30 bit/sek/Gs, “yuqoriga” kanalda esa 15bit/sek/Gs 
(LTE (8 Reliz)ga nisbatan 3 marotaba yuqori);
— LTE va boshqa 3GPP tizimlari bilan to‘la moslashish va 
o‘zaro ishlay olish.
Bu masalalarni yechish uchun kengroq kanallardan foydalanish 
(100MGs gacha) [5], chastotaviy dupleks (FDD) holatida “yuqori-
ga” va “pastga” kanallar orasidagi o‘tkazish polosasini asimmetrik 


21
ajratish; kodlash va xatolarni korreksiyalashning takomillashtirilgan 
tizimlari; “yuqoriga” kanal uchun OFDMA va SC-FDMA gibrid 
texnologiyalari, shuningdek, antenna tizimlari sohasida ilg‘or ye-
chimlar (MIMO kabi) ishlatilishi ko‘zda tutilgan. 
Ko‘rinib turibdiki, bugungi kunda LTE texnologiyasi keskin 
rivojlanish bosqichida turibdi. Deyarli har oy standartlarning o‘zi-
da ham o‘zgarishlar bo‘lmoqda. LTE spetsifikatsiyalarida ham 
to‘ldirilmagan joylar, chala ishlar va noaniqliklar hali yetarli
shuning uchun tarmoq arxitekturasida ham yangi hujjatlarning 
paydo bo‘lishini kutish mumkin.

Download 8,51 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   283




Download 8,51 Mb.
Pdf ko'rish