Peydjing terminali va protokollari




Download 8,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/283
Sana21.11.2023
Hajmi8,51 Mb.
#102907
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   283
Bog'liq
Raqamli mobil aloqa
MSinclusivetoolsRU25082021RGB10mb692021124547, 9 sinf Fizika fanidan Ko\'z va ko\'rish mavzusida bir soatlik ochiq
3.1. Peydjing terminali va protokollari
Shaxsiy radiochaqiriq tizimining markaziy tarkibi (komponent) 
uning imkoniyatini aniqlovchi peydjing terminalidir. 
Peydjing terminal — abonent manzilini qabul qiluvchi va kirish 
qurilmasi (klaviatura yoki kompyuter)dan uzatuvchi va muayyan 
formatda past chastotali signalni uzatgich modulyatoriga beruvchi 
qurilmadir. Bundan tashqari terminal kommunikatsiyaviy kanallar 
bo‘yicha uzatgichlar tizimini boshqarish mumkin. 
Tizim orqali qo‘llab-quvvatlanuvchi xabarlarni uzatish pro-
tokollari, bir nechta uzatgichlarni boshqarish imkoniyati, ajratib 
chiqarilgan operator joylarini ulash imkoniyati, boshqa tizimlar-
ga (rouming), shuningdek federal peydjing va boshqa tizimlarga 
xabarlar uzatish terminalining xarakteristikasi hisoblanadi.
Peydjing stansiyasi tuzilishining tipik sxemasi 3.1-rasmda ifoda-
langan.
Ishlab chiqarilgan terminallar turlari juda ko‘p turli bo‘lganligi 
sababli, ular 100 abonent bazasiga ega bo‘lgan kompyuter platasi 
shaklidagi yoki raqamli xabarlarni kiritish uchun mo‘ljallangan 
klaviaturali alohida qurilma sifatida bajarilgan oddiy terminallar-
dan tortib, to 200000 abonentga mo‘ljallangan jiddiy kompyuter-
lar asosida tayyorlangan qurilma sifatidagi birmuncha murakkab 
tizim bo‘lib xizmat qiladilar. 
SHRCHT AQSH, Fransiya, Yaponiya va boshqa yetakchi fir-
malari tomonidan ishlab chiqarilgan. Bir xil qurilmalar va xizmat-
lar me’yorini ishlab chiqishda turli chaqiriq tizimlardan foydala-
niladigan qator umumiy yagona standartlarni yaratish zarur.
Bunday standartlardan birinchisi 1969-yilda Yevropa pochta va 
Yevropa aloqa administratsiyasi konferensiyasi (SEPT) tomoni-
dan ishlab chiqilgan YEVROSIGNAL standartidir. Keyinchalik 
turli tashkilotlar va kompaniyalar tomonidan radio interfeysni 
normallashtiruvchi POCSAG, ERMES, FLEX va boshqalar kabi 


38
birmuncha mukammallashtirilgan standartlar ishlab chiqildi. Shu-
lar ichida keng tarqalgani POCSAG standarti bo‘lib chiqdi. 
Operator pulti
Operator pulti
Peydjer
Peydjer
Peydjer terminali
Peydjer uzatgichi
TCH kanal
Peydjer
terminal
Lokal tarmoq serveri Boshqaruvchi
EHM
Operator pulti

Download 8,51 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   283




Download 8,51 Mb.
Pdf ko'rish