• 3.2. 3,75G avlod standartlari
  • Raqamli mobil aloqa




    Download 8,51 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet20/283
    Sana21.11.2023
    Hajmi8,51 Mb.
    #102907
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   283
    Bog'liq
    Raqamli mobil aloqa

    HSPA+
    Rel-8
    LTE
    Rel-10
    LTE-A
    3.2-rasm. 3GPP loyihasining bosqichlari.
    HSDPA texnologiyasi kabi HSUPA (ingl. High-Speed Uplink 
    Packet Access – “tepaga” yo‘nalishida ma’lumotlarni yuqori tezlik-
    da paketli uzatish texnologiyasi) takomillashgan modulyatsiyalash 
    usullari hisobiga foydalanuvchining W-CDMA AUdan BSga 
    ma’lumot uzatishni tezlatishga imkon beradigan mobil aloqa tex-
    nologiyasi hisoblanadi. 
    Nazariy jihatdan HSUPA texnologiyasi “yuqoriga” ma’lumot-
    larni maksimal 5,76Mbit/sek gacha bo‘lgan tezlikda uzatishga 
    mo‘ljallangan bo‘lib, bu bilan AUdan BSga ma’lumotlarning kat-
    ta oqimini talab qiluvchi uchinchi avlod ilovalarini (masalan, vi-
    deokonferensiya) ishga tushirish imkonini beradi.
    3.2. 3,75G avlod standartlari
    3GRR doirasida HSPA texnologiyalari xarakteristikalarini yax-
    shilash bo‘yicha ishlar davom etdi va natijada 2007-yilning oxi-


    41
    rida “Takomillashtirilgan HSPA” yoki HSPA+ (ingl. Evolved 
    High-Speed Packet Access), deb nomlangan versiya ishlab chiqil-
    di. Bu texnologiya HSPA standartining keyingi bosqichi hisobla-
    nadi va unga MIMO antenna texnologiyalari bilan bir qatorda, 
    murakkabroq 64-QAM modulyatsiya sxemalari qo‘shilgan. Shu 
    bois HSPA+ tarmoqlarida nazariy jihatdan “pastga” yo‘nalishda 
    56Mbit/sek gacha va “yuqoriga” yo‘nalishda 22Mbit/sek gacha 
    bo‘lgan tezliklarga erishish mumkin bo‘ldi. Ushbu texnologiya 
    ma’lumot uzatish tezligini 168Mbit/sek gacha oshirish potensial 
    imkoniyatiga egaligi taxmin qilinmoqda. Texnologiyada bir necha 
    eltuvchi chastotalarda (har biri 5MGs dan) bir vaqtda uzatish va 
    qabul qilish prinsipi ham ishlatilishi mumkin, bu narsa tezlikni bir 
    necha marta oshirib berishi mumkin. 
    Opsional ravishda HSPA+ tarmoqlari to‘liq IP-arxitekturasi 
    asosida (ingl. all-IP-architecture) qurilishi mumkin, bu BSlarni 
    IP-protokollar asosida qurilgan magistral liniyalarga to‘g‘ridan 
    to‘g‘ri ulash imkoniyatini beradi. HSPA+ texnologiyasida AUlar 
    akkumulyatorlari tejamliroq ishlatiladi va ularning “kutish” reji-
    midan “faol” rejimiga o‘tish vaqti sezilarli qisqaradi. 
    HSPA+ texnologiyasi 3GRR loyihasi standartlarining 7- va 8- 
    bosqichlari (relizlari)ga (ingl. 3GRR Rel. 7 & 8) kiradi. 
    HSPA+ texnologiyasi asosidagi birinchi tarmoq 2008-yilda 
    Avstraliyaning Telstra kompaniyasi tomonidan Ericsson (Shvetsi-
    ya) uskunalari yordamida ishga tushirildi. 2011-yilning may oyida 
    jahonning 65 davlatida 123 ta HSPA+ tarmoqlari bor edi. 

    Download 8,51 Mb.
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   283




    Download 8,51 Mb.
    Pdf ko'rish