• 4.2.1. UMTS standarti. UMTS standartining xarakteristikalari
  • Raqamli mobil aloqa




    Download 8,51 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet28/283
    Sana21.11.2023
    Hajmi8,51 Mb.
    #102907
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   283
    Bog'liq
    Raqamli mobil aloqa

    4.2. 3G standartlari
    UMTS standarti (ingl. Universal Mobile Telecommunications 
    System – “Mobil aloqa universal tizimi”) – uchinchi avlod mobil 
    aloqa tizimlari turkumiga kiruvchi sotali aloqa texnologiyasidir. 
    Ushbu standartda radioefir orqali ma’lumot uzatish uslubi sifatida 
    W-CDMA texnologiyasidan foydalanilgan. UMTS tizimi 3GPP 
    loyihasiga muvofiq standartlashtirilgan va Yevropa ishlab chiquv-
    chilari tomonidan HTIning IMT-2000 dasturi bo‘yicha talablari-
    ga javob beradi. Raqobatdagi tizimlardan ajralib turishi uchun 
    UMTS standarti gohida 3GSM deb ham yuritiladi. Shu bilan, bir 
    tomondan, uni 3G – uchinchi avlod texnologiyalariga tegishliligi 
    ta’kidlansa, ikkinchi tomondan, uni GSM tarmoqlarining “keyin-
    gi avlodiligi” nazarda tutiladi.
    4.2.1. UMTS standarti.
    UMTS standartining xarakteristikalari
    Kanallarni kod asosida bo‘lish (CDMA) texnologiyasining 
    kirib kelishi mobil aloqa tizimlarining rivojlanishiga katta turtki 
    bo‘ldi va 3G tarmoqlarida 2G tarmoqlarida erishilmagan im-
    koniyatlarga erishishga zamin yaratdi. Bunga yorqin misol — 
    bu radiosignalining quvvatiga nisbatan qabul qilgichning yuqori 
    sezgirligi asosida signalni nurlanish quvvatini tezkor tarzda 
    boshqarish imkoniyati paydo bo‘lganidir. Shuningdek, UMTS 
    texnologiyasining o‘ziga xos xususiyatlariga quyidagilarni ham 
    kiritish mumkin:
    • RRS – tarmoq radioresurslarini yanada ixchamroq 
    boshqarish;


    53
    • xizmatlar sifati (ingl. Quality of Service – QoS)ni “boshi-
    dan-oxirigacha” (ya’ni, “so‘nggi foydalanuvchidan – so‘nggi foy-
    dalanuvchigacha” zanjirida) boshqarishni qo‘llanilishi;
    • yangi ­ “transport” kanallarini kiritish hisobiga signal uzatuv­
    chi fizik muhitdan foydalanishning samaradorligini oshirish;
    • MGW va SoftSwitch mediashlyuzlarini tadbiq etish yo‘li 
    bilan tayanch tarmog‘i (ingl. Core Network) trafigini optimal-
    lashtirish;
    • tarmoqda IP protokolidan foydalanishni maksimal ken-
    gaytirish;
    • adaptiv (moslashuvchan) ovoz kodeklarining xilma­xilligi 
    (AMR-NB, AMR-WB, AMR-WB+);
    • turg‘un aloqa tarmoqlari bilan konvergensiyalash (SS7 sig-
    nalizatsiyasi asosida);
    • “IP asosidagi ovoz” (ingl. VoIP) xizmatidan foydalanish im-
    koniyatlari;
    • intellektual antenna tizimlari (yo‘naltirish diagrammasini 
    adaptiv holda boshqaruvchi “smart-antennalar”)dan foydalanish 
    imkoniyatlari.
    Biroq, UMTS standartining (va barcha 3G standartlarining) 
    2G standartlariga nisbatan asosiy ajratib turuvchi xususiyati –
    bu ma’lumot uzatish tezligini mumkin qadar oshirilishi bo‘lsa 
    ajab emas. UMTS tizimining asl darajasida ma’lumot uzatish 
    tezligini nazariy 2Mbit/sek gacha yetkazish imkoni mavjud. 
    HSPA va HSPA+ kabi UMTS bazasida qurilgan yangi tex-
    nologiyalarning ishlatilishi natijasida, yuqorida bayon etilga-
    nidek, muvofiq ravishda 14Mbit/sek va 100Mbit/sek gacha 
    tezliklarni ta’minlash mumkin. Shu bilan, UMTSning hatto 
    asl variantidagi tezlik ko‘rsatkichlari ham GSMdagi 9,6kbit/
    sek yoki hatto GPRSdagi 171kbit/sek va EDGEdagi 474kbit/
    sek tezlik ko‘rsatkichlariga nisbatan so‘zsiz progress (o‘sish) 
    hisoblanadi va Internet tarmoqlariga va boshqa “tezkor” ser-
    vislarga mobil terminallar orqali keng polosali ulanish im-
    koniyatlarini beradi.


    54

    Download 8,51 Mb.
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   283




    Download 8,51 Mb.
    Pdf ko'rish