57
yatsiyalash/demodulyatsiyalash, “yuqoriga” va “past” yo‘nalishlari
bo‘yicha uzatish tezligini radiomuhit sharoitlariga moslashtirish
va boshqalar.
BSS nimtizimi quyidagi qismlardan tashkil topgan:
• BTS (ingl. Base Transceiver Station) –
tayanch stansiya: sota
deb ataluvchi cheklangan geografik hududda
radiosignallarni uza-
tish va qabul qilish uchun kerak bo‘lgan qurilmalarni o‘z ichiga
oladi.
• BSC (ingl. Base Station Controller) –
tayanch stansiya kon t-
rolleri: radiokanallarni va “xendover” jarayonini boshqarish vazi-
falarini amalga oshiradi.
NSS nimtizimi deb radioulanish tarmog‘i
va tashqi umumiy
foydalanish aloqa tarmoqlari orasida kommutatsiyani (ulanishni)
amalga oshiruvchi qism hisoblanadi.
NSS o‘z ichiga quyidagi qismlarni oladi:
• MSC (ingl. Mobile Switching Center) — mobil kommutat-
siya markazi: radioulanish tarmog‘i PSTN,
PDN va ISDN kabi
turg‘un aloqa tarmoqlari orasidagi o‘zaro bog‘lovchi qism hamda
simli tayanch tarmog‘i hisoblanadi. Mobil aloqa tarmog‘ida MSC
markazi BSC kontrollerlarini bir-biri
bilan ulash hamda boshqa
MSC markazlari bilan ulanish vazifalarini bajaradi.