• • GGSN
  • • PCU
  • • SGSN (ingl. Serving GPRS Support Node) — GPRSni




    Download 8,51 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet32/283
    Sana21.11.2023
    Hajmi8,51 Mb.
    #102907
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   283
    Bog'liq
    Raqamli mobil aloqa

    • SGSN (ingl. Serving GPRS Support Node) — GPRSni 
    qo‘llab-quvvatlovchi xizmat tuguni: GPRS rejimida ishlaydigan 
    barcha abonentlarning faoliyatini, shu jumladan, abonentlar bilan 
    paketli ma’lumotlar almashish, abonentlarni mobil xizmatlarga 
    ulanishi, tarmoqning xizmat doirasidagi abonentlarni ro‘yxatga 
    olish kabilarni umumiy boshqaruvini ta’minlaydi.
    • GGSN (ingl. Gateway GPRS Support Node) — GPRSni 
    qo‘llab-quvvatlovchi shlyuz tuguni: GPRS tarmog‘ini tashqi 
    ma’lumot uzatish tarmoqlari bilan moslashtirish va ulash vazi-
    fasini bajaradi. Har bir GPRS tarmog‘ida har doim bir yoki bir 
    necha SGSN tugunlari bilan bog‘liq bitta GGSN tuguni bo‘lishi 
    kerak. GGSN tugunlarining ikkilamchi vazifasiga ma’lumotlarni 
    adreslash (manzillash), IP manzillarni dinamik (tezkor) tarzda 
    taqsimlash, shuningdek, tashqi tarmoqlar va shaxsiy abonent-
    lar haqida axborotlarni (shu jumladan xizmatlarni tariflashtirish 
    bo‘yicha) kuzatib borish kabilar kiradi.
    • PCU (ingl. Packet Control Unit) — paketli uzatishni nazorat 
    uskunasi: tayanch stansiya kontrolleri — BSCga o‘rnatiladi va ma’lu-
    mot trafigini BSCdan SGSNga bevosita yo‘naltirilishiga javob beradi.
    Shuningdek, GPRS texnologiyasini mavjud GSM tarmoqlari-
    ga joriy etish uchun yuqorida ko‘rsatilgan uskunalardan tashqari, 
    BTS, BSC, HLR hamda VLR registrlarida dasturiy ta’minotni 
    yangilash ham talab qilinadi. 
    GSM standartining keyingi takomillashuvi — uning GERAN 
    (ingl. GSM/EDGE Radio Access Network) radioulanish tarmog‘iga 
    EDGE texnologiyasini joriy etish bilan bog‘liq bo‘ldi. EDGE 
    texnologiyasini tatbiq etishda GSM/GPRS tizim arxitekturasida 
    o‘zgartirishlar kiritilmadi, aksincha, mavjud tarmoqda faqat yangi, 
    tezkor modulyatsiyalash (8PSK) uslubidan foydalanildi.
    GPRS va EDGE texnologiyalarining joriy etilishi, albatta, GSM 
    tarmoqlarining “umrini uzaytirishga” xizmat qildi, lekin uzoq 
    muddatli rivojlanish jarayonida telekommunikatsiya “sahnasida” 
    keyingi avlod yangi standartlarining, xususan UMTS tizimining 
    paydo bo‘lishiga xalaqit qila olmadi.


    60
    UMTS strukturasi GSM tarmoqlarining nimtizimlari bilan ish-
    lashda kanal kommutatsiyasini ta’minlaydigan tarmoq element-
    lariga va tayanch tarmog‘i — CN (ingl. Core Network)da GPRS 
    nimtizimi bilan ishlash uchun paket kommutatsiyasini ta’min-
    laydigan elementlarga asoslangan. Shuni uchun UMTS tizimi-
    ning tayanch tarmog‘i GSM/GPRS tarmoqlaridan bizga ma’lum 
    bo‘lgan: MSC (bu yerda, VLR bilan birga), HLR, AuC, SGSN 
    va GGSN tugunlari, shuningdek, kanal kommutatsiyasilik tash-
    qi tarmoqlar bilan o‘zaro ishlash uchun shlyuz — GMSC (ingl. 
    Gateway Mobile services Switching Center)larni o‘z ichiga oladi. 
    UMTS tizimining GSM/GPRS tizimlaridan asosiy farqi – uning 
    radiointerfeysining tashkil etilishida. Bunda radiointerfeysni bu-
    tunlay yangi tarmog‘i — UTRAN (ingl. UMTS Terrestrial Radio 
    Access Network) ishlatiladi. UTRAN tarmog‘ida ishlash uchun 
    biroz o‘zgartirishlar talab qilinadi, xususan yangi radiotarmoq 
    kontrollerlari — RNC (ingl. Radio Network Controller) va yan-
    gi nom olgan tayanch stansiyalar (ingl. Node B)dan foydalanish 
    kerak bo‘ladi.
    Funksional jihatdan tarmoq tuzilmasi Yer usti radioulanish 
    tarmog‘i — UTRAN va tayanch tarmog‘i — CNlardan iborat 
    (4.4-rasmga qarang). GSM tarmoqlardan farqli ravishda UMTS 
    tarmoqlarida foydalanuvchi qurilmasi — UE (ingl. User Equip-
    ment — abonent uskunasi) deb nomlanadi. Bunga sabab shuki 
    UMTS tarmoqlarida UE nafaqat mobil stansiya vazifasini, balki 
    ma’lumot uzatish terminali funksiyalarini ham bajaradi.
    UTRAN tarmog‘i tayanch tarmog‘i CNga ulangan RNS (ingl. 
    Radio Network Subsystem) radioulanish tarmoqlarining nimtizim-
    lari majmuasidan tashkil topgan. RNS nimtizimi RNS kontrolleri 
    va bir yoki bir nechta tayanch stansiyalar Node B larini o‘z ichiga 
    oladi.
    Radiotarmoq kontrolleri — RNS tayanch stansiyalarning bosh-
    qaruvini bajaradi hamda MSC/VLR — mobil kommutatsiya 
    markazi bilan o‘zaro ishlashni amalga oshiradi. RNSning asosiy 
    vazifalariga quyidagilar kiradi:


    61
    Uu
    Node B
    Node B
    Node B
    Node B
    RNS
    RNC
    RNC
    lub
    UE
    lur
    lu CS
    lu PS
    MSC/
    VLR
    GMSC
    HLR
    SGSN
    GGSN
    CN
    UTRAN
    PLMN
    PSTN
    ISDN
    Internet
    Tashqi tarmoq

    Download 8,51 Mb.
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   283




    Download 8,51 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    • SGSN (ingl. Serving GPRS Support Node) — GPRSni

    Download 8,51 Mb.
    Pdf ko'rish