Megasota Makrosota Mikrosota Pikosota 4.1-rasm.IMT-2000 doirasida Yer usti va yo‘ldoshli aloqa tarmoqlarining birlashishi. • yagona axborot maydoni, ya’ni butun dunyo axborot maydo-
ni resurslariga mobil tarzda ulanishning unifikatsiyalangan (ya-
51
qinlashtirilgan) uslublarini ishlab chiqishni ko‘zda tutadi. Bu radi-
oulanish va Internet tarmoqlarining integratsiyalash (birlashtirish)
yo‘li bilan amalga oshiriladi;
• yagona chastota maydoni, IMT-2000ga muvofiq 3G tizimla-
rini rivojlantirish uchun butun dunyo negizida 2GGs diapazoni-
da 230MGs kenglikdagi chastotalar polosasini ajratilish ko‘zda
tutiladi;
• mobil terminallarning ommabopligi, 3G tarmoqlardagi mobil
terminallar ko‘p funksiyali, ko‘p rejimli, foydalanuvchilar talab-
lariga mos va shu bilan birga ixcham va arzon narxda bo‘lishi
nazarda tutiladi;
• mobil va turg‘un aloqa tizimlarining birlashtirilishi – FMC (ingl. Fixed Mobile Convergence) – turg‘un va mobil aloqa xizmat-
larining integratsiyalash va konvergensiyalash (bir-biriga singishi)
hamda “bir kishi-bir telefon” prinsipini amalga oshirish ko‘zda
tutiladi;
• “raqamli tengsizlik”(ingl. Digital Divide)muammosini ye- chish, ya’ni dunyoning turli davlatlari va mintaqalarida aloqa va
axborot texnologiyalari rivojlanishida farqni (nomutanosiblikni)
qisqartirish. Shunga ko‘ra, 3G tizimlari bu farqni tuzatish maqsa-
dida ko‘prik (ingl. Bridge the Telecommunications Gap) vazifasini
o‘tashi lozim.
3G tizimlarini ishlatish uchun mobil aloqa global unifikatsiya-
langan standartlari bo‘yicha quyidagi tavsiyalar ishlab chiqilgan
edi:
• ovoz uzatish sifatini simli aloqa tarmoqlaridagi ovoz uzatish
sifati darajasiga yetkazish;
• axborot xavfsizligini ta’minlashda simli tarmoqlardagi xavfsiz
lik darajasiga yetkazish;
• milliy va xalqaro “rouming”ni ta’minlash;
• bir necha mahalliy va xalqaro operatorlar tarmoqlariga ulana
olishni ta’minlash;
• chastotalar spektridan samarali foydalanish;
• ko‘p sathli sotali tuzilmalar (strukturalar)ni qo‘llabquvvatlash;
52
• paketli va kanalli kommutatsiya uslublarini ta’minlash;
• yo‘ldoshli aloqa tizimlari bilan o‘zaro ishlash imkoniyatini
ta’minlash;
• ma’lumot uzatish tezligini bosqichmabosqich 2Mbit/sek ga-
cha yetkazish.