46
Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, dunyoda 3G
standartlarining
asosiy ikki oilasi: W-CDMA (UMTS, FOMA) hamda CDMA-
2000 texnologiyalari asosidagi tizimlari mavjud.
UMTS standarti
asosan Yevropada,
FOMA Yaponiyada, CDMA-2000 esa Amerika
va Osiyo qit’alarida tarqalgan.
Shuningdek, asosan Xitoyda tarqal-
gan TD-SCDMA standarti ham 3G texnologiyalari oilasiga kiradi.
Mobil aloqa qurilmalarini ta’minlovchilarning
global uyush-
masi – GSA
(ingl. Global Assocuation of Mobile Suppliers)ning
ma’lumotlariga ko‘ra, 2011-yilning may oyida butun dunyodagi
3G va 3,5G tarmoqlari soni 710
tani tashkil etgan, bu esa dunyo-
dagi barcha sotali aloqa tarmoqlarining 25% ni tashkil etgan [21].
Bunda 400 ta tarmoq W-CDMA texnologiyasi asosida
qurilgan
bo‘lib, ushbu tarmoqlardagi abonentlar soni 684 mln ni tashkil
etgan. Shu bilan birga 323 tadan oshiq tarmoqlar CDMA-2000
standartlar oilasi asosida qurilgan va ularda abonetlar soni 561mln
ni tashkil etgan. Shu jumladan 245 ta tarmoq EV-DO (Rel.0,
Rev. A,B) standarti asosida qurilgan [22].