CDMA-2000 standarti radiointerfeys texnologiyasi
CDMA-2000 oilasi standartlarining asosida yotadigan CDMA
(ingl. Code Division Multiple Access — kanallarni kod bo‘yicha
ajratish asosida ko‘p sonli ulanish) texnologiyasi — ajratilgan
butun chastota polosasi bo‘ylab har bir aloqa seansiga alohida
raqamli kod (mantiqiy kanal) ajratish hisobiga radiomuhitni taq-
simlash asosida quriladi. Texnologiya ancha keng polosalardan
66
(1,25MGs) foydalanadi va signallarni uzatish o‘sha bitta chastota
kanalida amalga oshiriladi. Signal kodlari bir-biridan farq qiladi
va shuni hisobiga ular qabul qilish tomonida bir-biridan ajratib
olinadi. Bundan shu kelib chiqadiki, CDMA texnologiyasi asosi-
dagi tarmoqlarda BSlarni ishlashi sinxron ravishda bo‘lishi kerak.
CDMA texnologiyasi bir necha eltuvchi chastotalarda (ingl.
Multi Carrier – MC) aloqani tashkil etish imkonini beradi. Bitta
eltuvchi chastotadan foydalanilganda (CDMA 1xRTT standarti-
da) texnologiya 1,25MGs polosada mantiqiy kanallar sonini 128
tagacha va tezlikni 153kbit/sek gacha oshirishi mumkin. Bunga
qo‘shimcha, Qualcomm kompaniyasi tomonidan taklif etilgan, 4
dan 8-razryadli fazaviy modulyatsiyaga o‘tish uslubi (ingl. High
Data Rate — HDR) hisobiga, ma’lumot uzatish tezligini bir yarim
barobargacha oshirish mumkin.
Uchta eltuvchi chastotadan foydalanilganda (CDMA-2000 3X
standarti) ma’lumot uzatish tezligi 2Mbit/sek dan oshib ketadi.
“Pastga” kanalda ma’lumotlar 1,25MGs kenglikdagi uch kanal
bo‘ylab (1,25 x 3 = 3,75MGs) parallel ravishda uzatiladi. “Yu-
qoriga” kanalda esa uzatish DSSS uslubi asosida yaxlit 3,75MGs
polosasida amalga oshiriladi.
CDMA texnologiyasining muhim o‘ziga xos xususiyati CDMA-
2000 standartlari fazalari orasida moslashuvchanlikni ta’minlash
hisoblanadi. Bunda operatorlarga yangi chastotalar diapazonlari
uchun litsenziyalar (ruxsatnomalar) olish hamda texnik uskunalarga
sezilarli o‘zgartirishlar kiritish talab qilinmaydi. Ya’ni, IS-95 stan-
dartidan to CDMA-2000 EV-DO Rev.B standartiga qadar mavjud
tarmoqlarni ketma-ketlik bilan rivojlantirish imkoniyati mavjud.
CDMA radiointerfeys texnologiyasi ishlashi bo‘yicha W-CD-
MA radiotexnologiyasidan farq qiladi va shu sabab CDMA-2000
va UMTS yoki FOMA tarmoqlari orasida o‘zaro moslashuv na
terminallar darajasida, na infratuzilmalar darajasida (MAP/GSM
va ANSI-41) ta’minlanmaydi. Binobarin, har ikkala radiointer-
feys texnologiyasi ham IP protokolini qo‘llab-quvvatlaydi, bu ular
uchun birlashtiruvchi platforma bo‘lib ishlashi mumkin.
|