GSM standartida ishlatiluvchi chastotalar polosasi
Standart
Chastota, MHz
To‘lqin uzunligi, sm
Teskari
kanal
To‘g‘ri
kanal
Teskari
kanal
To‘g‘ri
kanal
GSM-900
890–915
935–960
32,8–33,7
31,2–32,1
GSM-1800
1710–1785
1805–1880
16,8–17,6
16,0–16,6
GSM-1900
1850–1910
1930–1990
15,7–16,2
15,1–15,6
Ammo Yerning sirtqi qatlami yaqinligi va ayniqsa shahar sharoit-
idagi to‘siqlarning (binolar) mavjudligi akslanuvchi signal ning pay-
do bo‘lishiga va ularning o‘zaro interferensiyalashuviga olib keladi.
Bunday hodisa signalning ko‘p nurli bo‘lib tarqalishi deb ataladi.
Yerning sirtqi qatlamidan akslanish shunga olib keladiki, qabul qili-
nuvchi signalning quvvati uzatgich bilan qabul qilgich orasidagi ma-
sofaning ikkinchi darajasiga proporsional bo‘lib kamayishi o‘rniga
(erkin fazoda tarqalganda) shu masofaning to‘rtinchi darajasiga pro-
porsional kamayishi kuzatiladi, ya’ni maydon kuchlanganligi maso-
72
faning kvadratiga proporsional kamayadi. Har xil yo‘l bosib o‘tgan
bir necha signallar interferensiyasi hosil bo‘lgan signalning tinish
holatiga olib keladi, natijada qabul qilinuvchi signalning intensivligi
ko‘chma stansiyaning siljishida katta qiymat chegaralarida o‘zgaradi.
Bundan tashqari bir necha intensivliklari yaqin bo‘lgan va bir-biri-
ga nisbatan vaqt bo‘yicha siljigan signallarning ustma-ust tushishi
natijasida xabarning buzilishiga va qabul qilinuvchi axborotda xato-
lar paydo bo‘lishiga olib keladi. Tayanch stansiyadan uzoqlashishiga
bog‘liq ravishda signal intensivligini hisoblashga ko‘p nurli tarqalish
faktori sezilarli darajada qiyinchilik tug‘diradi. Bunday hisob tuzimni
korrektli loyhalashda juda zarur bo‘ladi.
Eng ko‘p tarqalgan GSM standarti 800
–
900MHz diapazonida
ishlaydi. Ko‘chma stansiyalarga xabar uzatilganda (liniya “pastga”)
890
–
915MHz polosa qo‘llaniladi, tayanch stansiyalarga uzatishda
esa (liniya “yuqori”) 935
–
960MHz polosadan foydalaniladi. GSM
tarmoqlari o‘z vaqtida NMT-900, TACS, ETACS analog standart
tizimlari bilan birgalikda ishlanganligi tufayli ularning xossalarini
hisobga olgan holda chastota rejalari ishlab chiqilgan.
GSM standartida kanallar orasidagi chastotalar farqi 200kHz ni
tashkil etadi, ajratib berilgan polosadagi chastotaviy kanallarning
soni 124 ga teng. Dupleks kanalini tashkil qilish uchun chastotalar
juftlash yo‘li bilan guruhlashtiriladi va “past” va “yuqori” liniyalar
chastotalarining farqi 45MHz. Bu chastotalar juftligida chastota
farqlari saqlanib qoladi. Har bir sotaga ma’lum sonli chastota-
lar jufti taqdim etiladi. Agar 890
–
915MHz chastota polasasida
tashuv chi chastota nomerini F1 (n) deb belgilansan, 938
–
960
MHz polosadagi tashuvchi chastotaning nomeri F2 (n) bo‘lsa,
unda kanallar chastotasi quyidagicha aniqlanadi.
F1(n)=890.2+0.2(n-1), MHz
F2(n)=F1(n)+45MHz
Har bir tashuvchi chastota 8 ta fizik kanallar bilan zichlashtirila-
di, bular esa TDMA kadri ko‘lamidagi va kadrlar ketma-ketligida-
73
gi 8 ta vaqt bo‘yicha darchalarda joylashtiriladi. Shu bilan birga
har bir fizik kanal har bir vaqt bo‘yicha TDMA kadrida birgina
avvalgi vaqt bo‘yicha darcha ishlatiladi.
Fizik kanalni shakllantirishdan oldin raqamli shaklga keltirilgan
barcha xabarlar va ma’lumotlar guruhlashtiriladi va ikki xil man-
tiq kanallarga birlashtiriladi:
— aloqa kanallar kodlangan nutqni yoki ma’lumotlarni uzatish-
ga mo‘ljallangan;
— boshqarish kanallari boshqaruv signallarini va sinxronizatsi-
yani uzatishga (SSN) mo‘ljallangan.
Bitta fizik kanal orqali bir necha turdagi mantiqiy kanallar uza-
tilishi mumkin, faqat ularni tegishli kombinatsiyalanganda.
KSATning funksiyalaridan biri bo‘lib sotali aloqaning foydala-
nish imkoniga birgina (“xonadon”) tizimi ko‘lamidan tashqarida
ham kengaytirishni taqdim etadi.
Rouming — birorta operatorning abonentiga boshqa bir opera-
tor tizimida xizmat ko‘rsatish protsedurasidir. Rouming atamasi
ingliz tilidan “roam” – darbadarlik, sang‘ib yurish, ko‘chib yu-
rish ma’nosini bildiradi, ya’ni rouming xizmatidan foydalanuvchi
abonentni roumer deb ataladi (ingliz tilida “roamer”). Roumingni
amalga oshirish uchun uni hosil qilish imkonini beradigan texnik
taxmin bo‘lishi shart. Ya’ni, eng sodda holda ikkala foydalanuvchi
tizimlarda bir xil standartli sotali aloqa bo‘lishi zarur va taalluqli
kompaniya-operatorlar orasida rouming xizmatini ko‘rsatish o‘za-
ro kelishuv shartnomasi ishlashi kerak. Mobil aloqaning taraqqi-
yoti evaziga tizimlar orasida ham rouming imkoniyati vujudga
keladi.
Roumingni barpo etish uchun KSATlar bir xil standartda ish-
lashi kerak, ko‘chma aloqaning kommutatsiya markazlari va abo-
nent joylanish haqidagi ma’muriy almashishi uchun maxsus aloqa
kanallari bilan bog‘langan bo‘lishi zarur. Rouming taqdim qilish
uchun quyidagi uchta shart bajarilishi kerak:
— talab qilinuvchi mintaqalarda radiotelefon sotib olingan
kompaniya standartiga moslashtirilgan KSAT mavjudligi;
74
— abonentlarga rouming xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tashkiliy va
iqtisodiy shartnomalar bo‘lishi;
— rouming abonentlariga tovush va boshqa axborot uzatishni
ta’minlovchi aloqa kanallarining tizimlar orasida mavjudligi.
Uch xil rouming bir-biridan farq qiladi:
— avtomatik;
— yarim avtomatik – bu yerda abonent biror-bir hudud xiz-
matidan foydalanishi uchun u bu haqida o‘zining operatorini ol-
dindan bildirib qo‘yishi zarur;
— qo‘lda, ya’ni radiotelefonni boshqa operatorning KSATiga
ulanganiga almashtirish.
Roumingni tashkil etishning ideal va juda soddalashtirilgan sxe-
masi quyidagicha bo‘lishi mumkin. Masalan, sotali aloqa abo-
nent rouming xizmat ko‘rsata biladigan boshqa “begona” tizim-
ning hududiga borib oddiy yo‘l bilan xuddi “o‘zining” hududidagi
tizim joylashgan kabi chaqiriq jo‘natadi, ya’ni biror nomerga tele-
fon qiladi.
Kommutatsiya markazi esa uning xonadon registrida bo‘lgan
abonent ro‘yxatida yo‘qligini aniqlab “mehmon” registri rou-
mer sifatida kiritib qo‘yadi. Bir vaqtning o‘zida (yoki biror
kechikish bilan) “o‘zining” tizimidagi xonadon roumer regis-
tridan u haqidagi va xizmatni amalga oshirish (shifr, tisdiqlan-
gan shartnomalar) ma’lumotlarni so‘raydi va ayni paytda qay-
si tizimda roumer joylashganligi haqida xabar beradi, so‘nggi
axborot roumeri asli xonadon registrida qayd etiladi. Bundan
so‘ng roumer huddi o‘zining uyida kabi sotali aloqadan foyda-
lanadi. Undan chaqiruvchi chaqiriqlarga odatdagidek, unga ta-
alluqli ma’lumotlar xonadon registrida emas, balki mehmon
registrida, uning nomeriga kelib tushuvchi chaqiriqlar (vatani-
dagi) uyidagi tizim orqali roumer mehmon bo‘lib turgan joyning
tizimiga qayta adreslanadi. Roumer o‘zining hududiga qaytib
kelgandan so‘ng xonadon registridagi oldingi tizimning adresi
o‘chiriladi va roumerning u tizimdagi saqlanib qolgan ma’lu-
motlari o‘chiriladi. Rouming xizmat to‘lovi abonent o‘zining
75
tizimini to‘laydi. Kompaniya operatori o‘z navbatida shartno-
ma asosida xizmat ko‘rsatgan boshqa hudud tizimiga to‘lovni
o‘tkazadi.
Bayon qilingan sxema avtomatik roumingga taalluqlidir.
Buni yakunlash uchun bu sxema kompaniyalararo hisob-ki-
tobni avtomatik yo‘l bilan bajaruvchi tizim bilan qo‘shib
to‘ldirilgan bo‘lishi lozim. Bu masala o‘zining yechilishi
bo‘yicha ancha murakkabdir, chunki kompaniya operatorlari
orasidagi o‘zaro hisob-kitoblar shartnomalar o‘zgarib turi-
shi tufayli tez-tez o‘zgarib turadi. Avtomatik roumingning
teskarisi bu qo‘lda amal qilish yoki adminstrativ yo‘li bilan
amalga oshirishdir.
Qo‘l roumingi holatida abonent o‘zining kompaniyasiga
qo‘ng‘iroq qilib boshqa tizim hududiga borishining oldindan
xabar beradi va boshqa hududga kelishi bilan mahalliy kom-
paniya operatorni o‘zining kirib kelganligi bilan ma’lum qila-
di. Kerakli ma’lumotlar yangi operatorlar tomonidan taalluqli
kommutatsiya markazining mehmon va xonadon registrlariga
kiritiladi.
Oraliq variantlar ham mavjud bo‘lgan yangi alohida qayd qilish
protsedurasi bilan oshirish, faqat tizimdan kelgan chaqiriqni aniq
marshrutlash yo‘li bilan va h.k.
Roumingni tashkil qilish markazi to‘la bo‘lmagan bo‘lar edi,
agar roumingga xos ayrim muammolar va tarix momentlari es-
lab o‘tilmasa. Sota aloqasi paydo bo‘layotganda rouming tu-
shunchasining o‘zi yo‘q edi, shuning uchun muammolar ham
paydo bo‘lmagan edi, sotali aloqaning shunchalik taraqqiy topi-
shi va keng ko‘lamda tarqalishini hech kim oldindan aytib beri-
shi mumkin bo‘lmagan. Shu sababli rouming sota tizimlarning
rivojlanishi har xil standartlarda, mamlakatlarda va mintaqalar-
da har xil texnikaviy va tashkiliy yechimlar asta-sekin ro‘yobga
chiqa boshladi.
Roumingning sezilarli rivojlanishini analog standart AMPS
(Shimoliy Amerika) va NMT (Skandinaviya)larda topdi, lekin
76
raqamli standartlarning paydo bo‘lishi undagi ko‘pgina qa-
bul qilingan yechimlarni qayta ko‘rib chiqishini taqozo etdi.
Raqamli standart D-AMPSdagi rouming masalasining yechi-
lishi tizimlararo operatsiyalarni belgilovchi alohida IS-41
standartiga tayanadi. Bularga nisbatan GSM standarti ancha
qulay imkoniyatiga ega, chunki u eng boshidan umumyev-
ropalik tarzda loyhalashtirilib ishlab chiqara boshlandi va unda
rouming protsedurasi majburiy element bo‘lib joylashtirilgan.
Bundan tashqari, GSM standarti SIM kartali yoki plastik
rouming deb ataluvchi rouming imkoniyati mavjud. Bunda
GSM (GSM 900, GSM 1800 GSM 1900) standartlarining
turli xil variantdagi apparatlari orasida SIM kartani o‘rin al-
mashtirib ishlatish mumkin, chunki GSM standartining uchala
variantida ham unifikatsiyalangan SIM kartalar foydalaniladi.
Ikki rejimli va kelajakda uch rejimli abonent terminallarining
(GSM 900/GSM 1800/GSM 1900) paydo bo‘lishi bilan GSM
standartidagi rouming protsedurasi yanada ko‘p qulaylik olib
kelmoqda. Shuni ta’kidlash kerakki, GSM standarti hali o‘zi-
ning ko‘p imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarib ulgurgani yo‘q,
xususan unga kiritilgan prinsipial texnik yechimlarni.
Rouming rivojlanishiga doir ayrim texnikaviy va tashkiliy qiyin-
chiliklarni ko‘rsatib ketishi zarur. Ular ichiga: abonentlarni auten-
tifakatsiya qilish masalasi (initsiativ va hatto agressiv froda muqar-
rar bo‘lishi tufayli); rouming xizmatlar to‘lovini tashkillashtirish
rouming geografiyasining kengayishi va uning masshtabini oshishi
bilan ancha murakkablashishi; proteksionizm (masalan, ayrim
mamlakatlarda xorijda ishlab chiqarilgan apparatning ishlatilishi
taqiqlanadi).
Xulosa qilib shuni ta’kidlash mumkinki, mintaqalararo va
xalqaro aloqalarning nihoyatda qatta o‘sish va ish yuzasi-
dan aloqalarni tashkillashtirishda sota aloqaning avtomatik
to‘laqonli roumingini barpo qilish aktual muommolardan biri
bo‘lib qoladi va uni yechishda qo‘shimcha ishlar bajarilishi ta-
lab etiladi.
77
“No-3GPP” tarmoqlar bilan “rouming”ni amalga oshirish-
ning asoslari shundan iboratki, bunday tarmoqlar ishonchli (ya’ni
xavfsizlikni ta’minlash choralari ko‘rilgan) hamda ishonchsiz
tarmoqlarga bo‘linadi. Ishonchsiz tarmoqlarni ishonchli tar-
moq toifasiga o‘tkazish uchun maxsus xavfsizlik protokollari-
dan foydalaniladi va mos ravishda “mehmon” tarmog‘idan “uy”
tarmog‘i yo‘nalishida trafikni o‘tkazish uchun tunnellar hosil
qilinadi. AAA-serverlari orasida o‘zaro aloqani tashkil qilishda
Diameter protokolidan foydalaniladi.
Bugungi kunda mavjud LTE tarmoqlarida “rouming” xiz-
matidan hali yetarlicha faol foydalanilmayapti. Buning asosiy
sabablari
–
turli mamlakatlarda turlicha chastota diapazonlari-
dan foydalanilayotganligi hamda ko‘p rejimli va ko‘p chasto-
tali abonent qurilmalarining yetishmasligidir. Lekin, shunga
qaramasdan, LTE tarmoqlari orasida “rouming”ni ta’minlash
bo‘yicha ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. Misol uchun,
Ericsson hamda Qualcomm kompaniyalari SRVCC (ingl.
|