• Shaxsiy radiochaqiriq tizimlari.
  • Professional mobil aloqa tizimlari




    Download 8,51 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet13/283
    Sana21.11.2023
    Hajmi8,51 Mb.
    #102907
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   283
    Bog'liq
    Raqamli mobil aloqa

    2.1.1. Professional mobil aloqa tizimlari.
    Mobil aloqa tizimlarni klassifikatsiyasi
    Harakatdagi obyektlar bilan radioaloqa tizimlariga yildan yilga 
    ehtiyoj oshgan sari ular quyidagicha bo‘linadi:
    • Shaxsiy radiochaqiriq tizimlari (Paging Systems)
    • Professional (shaxsiy) ko‘chma radioaloqa tizimlari (PMR, 
    PAMR);
    • Ko‘chma sotali radioaloqa tizimlari (Cellular Radio System);
    • Simsiz telefonlar tizimi (Cordless Telephony);
    • ESY vositadagi shaxsiy aloqa tizimi.
    Shaxsiy radiochaqiriq tizimlari. Abonentlar operativ va nisbatan 
    qimmat bo‘lmagan aloqani shaxsiy radiochaqiriq tizimi yoki pey-
    djing ta’minlab beradi SHRCHT. SHRCHTning ishlashi shunga 
    asoslanganki, ko‘p hollarda ikki tomonlama radioaloqani tashkil 
    qilish talab qilinmaydi. Qisqa xabarni yoki chaqirishni uzatishning 
    o‘zi kifoya. 
    Bunday masala abonentlar katta bo‘lmagan (peydjer deb ata-
    luvchi) qabul qilgichlar bilan ta’minlanganda radiouzatgichlarni 
    qo‘llash evaziga yechiladi. 
    SHRCHT ikki turga bo‘linadi: shaxsiy va umumiy foydalanish.
    Shaxsiy (lokal) SHRCHTlar radiochaqiriqni chegaralan-
    gan hududi ta’minlanadi. Belgilangan foydalanuvchilar gu-
    ruhi uchun kam quvvati bir yoki bir nechta radiouzatgich 
    qo‘llaniladi. Umum T F tarmoqlari bilan birgalikda ish-
    lamagan holda chaqiriq dispetcher punktlar orqali bajariladi. 
    Umum foydalanish peydjing tizimlarda esa umum T F tar-
    moqlari orqali radiokanal bilan chegaralangan hamda xabarlar 
    jo‘natiladi. Zamonaviy peydjing tizimlar umum T F tarmoq 
    bilan avtomatik ravishda birga ishlaydi, xabarni va chaqirish-
    ni raqam li usulda uzatishni qo‘llaydi va yuksak xalaqitbardosh 
    uzatishga va o‘tkazish imkoniyatiga ega.
    Eng chetki qurilmalar miniatyurlanishi natijasida sarflanuv-
    chi energiyani tegishli kamaytirish imkonini beradi. Bunday 


    28
    tizimlarning boshqalardan ajralib turadigan xususiyatlaridan biri 
    bu xizmat ko‘rsatish zonasining ko‘lami mamlakat miqyosida 
    va o‘zaro xalqaro miqyosida bir-biri bilan ishlashini ta’minlash 
    hamda narxi past bo‘lishi, ekspluatatsiya qilish soddaligida-
    dir. Eng avvalo peydjing tizimi London gospitallarining birida 
    1956-yilda ishga tushirilgan. Birinchi keng tarmoqli SHRCHT 
    AQSH va Kanadada 60 yillarning boshlarida yaratilgan ko‘lami 
    katta bo‘lgan SHRCHT Yevropa mamlakatlari orasida Gollandi-
    ya, Belgiya, Shveysariyada 1964–1965-yillarda ishga tushuril-
    gan. SHRCHT 80 dan 1000 MHz gacha bo‘lgan radiochastotali 
    diapazonda ishlaydi. 
    SHRCHT larni sotali yoki boshqa ko‘chma aloqa tizimlari 
    bilan kombinatsiyalab ishlatish mumkin va ular bilan birgalikda 
    qo‘llash imkoni bor. Bunday tizimlarda foydalanuvchi kirish tele-
    fon chaqiriqlari haqida xabardor qilinish va javobini qulay vaqtda 
    jo‘natish mumkin peydjer shaxs yonida olib yuradigan qabul qil-
    gich o‘rnatilishi mumkin. 
    Hozirgi vaqtda hamma joyda peydjing tizimlari o‘rnini sotali 
    aloqa tizimlari egallamoqda.
    Professional mobil radioaloqa (PMR) turi bugungi kun-
    da tranking radioaloqa tizimlari sifatida ma’lum bo‘lib, HRT 
    tarkibida eng “keksa” hisoblanadi. Bu aloqa turi o‘tgan asrning 
    30-yillarida paydo bo‘lib, yetmish yildan ortiq vaqt davomida 
    insoniyatga xizmat qilib kelmoqda. Ma’lumki, PMR tizimlari-
    ga jamiyat xavfsizligi xizmatlari va huquq-tartibotni muhofaza 
    qilish uchun turli vakolatli tarmoqlar (tez tibbiy yordam va 
    fav qulodda vaziyatlar bo‘yicha, munitsipial va transport xiz-
    matlari, yirik industrial obyektlar va boshqalar) kiradi. Qabul 
    qi 
    lingan xalqaro klassifikatsiya bo‘yicha PMR tizimlarining 
    ikki sinfi, ya’ni professional mobil radioaloqa tizimlari – PMR 
    (ingl. Professional (Private) Mobile Radio) va umumiy foydala-
    nish mobil radioaloqa tizimlari – PAMR (ingl. Public Access 
    Mobile Radio) mavjud. Birinchi sinfdagi tizimlar bir foydalanuv-
    chi yoki foydalanuvchilar guruhi tasarrufida bo‘ladi, va umumiy 


    29
    foydalanish tarmoqlariga chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladi le-
    kin, korporativ xizmatlarni ko‘rsatmaydi. PMR tizimlarining 
    ikkinchi sinfi esa ko‘plab foydalanuvchilarga korporativ asos-
    da UFTT (PSTN) tarmoqlariga chiqish imkoniyatini beradi va 
    operator tomonidan yaratiladi.
    Tranking rejimida ishlaydigan PMR tizimlarning farqli o‘zi-
    ga xos xususiyati – bu umumiy boshqarish shinasi yordamida 
    bir-birlari bilan bog‘langan bir nechta retranslyatorlardan iborat 
    saytning (retranslyatsiya punktining) mavjud chastota resursidan 
    umumiy foydalanish hisobiga radiochastotalarni samarali ishlatish 
    qobiliyatidir. Shuningdek, PMR tizimlarida radioefirni “yengil-
    latishga” abonent radiostansiyasining uzatkichi doimiy ravishda 
    emas, balki faqat maxsus tugma – tangenta (ingl. Push To Talk 
    – PTT) bosilganida ishlashi xizmat qiladi. 
    PMR tizimlarining rivojlanishi aloqani sifati, tezkorligi 
    va konfidensialligini yaxshilashga hamda analog tizimlardan 
    raqamli tizimlarga o‘tkazishga yo‘naltirilgan. Raqamli PMR 
    tizimlarining paydo bo‘lishi bilan ilgari analog tizimlari-
    da to‘la me’yorda erishib bo‘lmaydigan ko‘plab zamonaviy 
    xizmatlarni taqdim etish imkoniyati paydo bo‘ldi. Mavjud 
    analog PMR tizimlari (SmartTrunkII, LTR, Multi-Net, Ac-
    cessnet, Smartnet, EDACS, MPT-1327) tarmoqlarini qurish-
    da yetarli darajada ixcham emas, ma’lumot uzatishda im-
    koniyatlari cheklangan, bir-birlari bilan moslashmaydigan, 
    yuqori konfidensiallikni va sanksiyasiz ulanishdan ishonchli 
    himoyani ta’minlay olmaslik kabi kamchiliklarga ega. Bu 
    “nuqsonlar” esa ko‘p sonli bir-birlari bilan moslashmay-
    digan analog standartlarni almashtirish uchun yaratilgan 
    raqamli PMR standartlarida bartaraf etilishi ko‘zda tutilgan. 
    Raqamli tranking tizimlarining ixcham arxitekturasi tufayli 
    axborotlarni yuqori himoyalash darajasini ta’minlovchi re-
    gional va milliy ko‘lamlardagi tarmoqlarni yaratish va ularda 
    individual, guruhli va keng qamrovli chaqiruvlarni uzatish 
    imkoniyatiga ega bo‘ladi.


    30
    Hozirgi kunda eng rivoj topgan raqamli PMR tizimlari Yev-
    ropada aloqa sohasida standartlar bo‘yicha ETSI instituti ishlab 
    chiqqan TETRA loyihasi hamda Amerikaning jamiyat xavfsizligi 
    tashkilotlari aloqa boshqaruvchilari assotsiatsiyasining ARSO-25 
    loyihasi hisoblanadi. Bundan tashqari, raqamli PMR bozorida 
    “korxonaviy” standartlar statusini olgan EADS (Fransiya) firma-
    sining TETRAPOL tizimi, Motorola (AQSH) firmasining iDEN 
    tizimi, Ericsson (Shvetsiya) firmasining EDACS tizimi va bosh-
    qalar ishlatilmoqda.

    Download 8,51 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   283




    Download 8,51 Mb.
    Pdf ko'rish