WiMAX texnologiyasining yaqin yillardagi




Download 8,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/283
Sana21.11.2023
Hajmi8,51 Mb.
#102907
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   283
Bog'liq
Raqamli mobil aloqa

1.3.2. WiMAX texnologiyasining yaqin yillardagi
rivojlanish istiqbollari
Hozirgi kunda asosan IEEE 802.16.2004 va IEEE 802.16e ver-
siyalari orqali ma’lum bo‘lgan WiMAX standarti kabelli tarmoqlar 
darajasidagi yuqori o‘tkazish qobiliyatini va katta radiusli hududda 
keng polosali ulanishni ta’minlaydigan simsiz aloqa texnologiya-
sidir. WiMAX jihozlari 2–11GGs diapazonida 10MGs kenglikda-
gi bir nechta kanallarda ishlaydi. Turli davlatlarda chastotalarning 
o‘ziga xos tarzda taqsimlanishi WiMAX texnologiyasidan har xil 
diapazonlarda ishlash imkoniyati zaruratini taqozo etadi. Masa-
lan, WiMAX uchun Shimoliy Amerikada 2,5GGs va 5GGs dia-
pazonlari, Markaziy va Janubiy Amerikada 2,5GGs; 3,5GGs va 
5GGs diapazonlari, Yaqin Sharq, Afrika, G‘arbiy va Sharqiy Yev-
ropada 3,5GGs va 5GGs diapazonlari, Osiyo va Tinch okean 
regionida esa 2,3GGs; 3,5GGs va 5GGs diapazonlaridagi chasto-
talar ishlatilishi ko‘zda tutilgan. 
Real tizimlarda IEEE802.16 standartining barcha rejimlari va 
imkoniyatlari hali o‘z ifodasini topmagan bo‘lsa-da, yangi tex-
nologiya ishlamoqda va rivojlanmoqda. IEEE802.16 standartidagi 
OFDMA TDD rejimini simsiz aloqa global standartlari – IMT-
2000 (IMT-2000 OFDMA TDD WMAN) tarkibiga kiritish haqidagi 
HTIning 2007-yilning 19-oktyabridagi qarori buning tasdig‘idir [6]. 


22
Shuni yoddan chiqarmaslik kerakki, WiMAX faqat texnologiya si-
fatidagina emas, balki axborot fazosini qurishdagi yangi yondashuv 
sifatida ham e’tirof etiladi. Ammo bu texnologiyaning kelgusida 
qan chalik muvaffaqiyatli bo‘lishini mobil aloqaning istiqbolli stan-
dartlari (xususan, LTE va LTE Advanced standartlari) bilan raqo-
bat belgilaydi va buni vaqt ko‘rsatadi. Hozircha WiMAX tarmoqlari 
o‘z rivojini davom ettirmoqda, IEEE 802.16 standartlari ham bir 
joyda turmayapti. Xususan, yaratilish va muhokama etish bosqichi-
da qator yangi to‘ldirishlar turibdi. Ayni paytda tizimning ma’lu-
mot almashish tezligini oshirish (100Mbit/sek dan yuqori), spektral 
samaradorligini va aloqa sifatini ko‘tarish, yangi mobillik (harakat) 
darajalarini kiritish va foydalanuvchilarning katta guruhlarini sa-
marali qo‘llab-quvvatlashni ta’minlaydigan yangi radiointerfeysni 
ko‘zda tutgan IEEE 802.16m loyihasi faol muhokama qilinmoqda. 
Shu bilan birga, IEEE 802.16 Rev2 standartining aniqlashtirilgan 
versiyasining paydo bo‘lishi ham kutilmoqda. Bu versiyaga ko‘p 
oraliqli rele tarmoqlari bo‘yicha to‘ldirishlar (802.16j) va boshqa 
qator hujjatlar kiradi.
Ko‘rib turganimizdek, mobil va keng polosali aloqa tizimlari va 
texnologiyalari ulkan rivojlanish jarayonida turibdi hamda inson 
faoliyatining turli sohalariga yanada ko‘proq kirib bormoqda. Bu 
jarayonlarni chuqur o‘rganish, mobil texnologiyalar rivojlanishi 
masalalaridan xabardor bo‘lish, ularning istiqbollari va rivojlanish 
tendensiyalarini bilish mamlakatimizda mobil aloqa tizimlarining 
rivojlanishi va joriy etilishining ratsional strategiyalarini aniqlash 
uchun juda muhim. Shundan kelib chiqib, mustahkam nazariy va 
amaliy bilimlarga ega malakali mutaxassislarni tayyorlash dolzarb 
masala hisoblanadi va “nazariyot-amaliyot” bog‘lovini puxtalash-
ga xizmat qiladi. Aloqa tizimlarining zamonaviy rivojlanishini tur-
li jarayonlar, chunonchi: bir tomondan, statsionar va mobil tar-
moqlarning birlashishi (konvergensiya, internetga mobil ulanish, 
IP-telefoniya), boshqa tomondan, aloqa tarmoqlarining global-
lashtirilishi (mikrosotalardan makrosotalarga va yo‘ldoshli tarmoq-
larga) va, nihoyat, abonent terminallarining universallashtirilishi 


23
(3G, 4G har xil tarmoqlarida ishlay oladigan ko‘p tizimli, ko‘p 
rejimli va ko‘p funksiyali “aqlli telefonlar” — smartfonlar) orqali 
ifodalash mumkin. Yagona global tarmoq infratuzilmasini yaratish 
g‘oyasi aslida ancha avvaldan mavjud bo‘lib, “IMT-2000” dasturi 
doirasida simsiz ulanish, sotali va sun’iy yo‘ldoshli aloqa universal 
tizimlarining yangi avlodini yaratish konsepsiyasi ilgari surilgan 
edi. Yagona xalqaro standart yaratishning asosiy g‘oyasida yuqori 
funksional imkoniyatlarga ega bo‘lgan va shu bilan birga qimmat 
bo‘lmagan portativ terminallar yordamida xizmatlar taklif etish 
ko‘zda tutilgan edi. Ma’lumki, uchinchi avlod tizimlari darajasi-
da ushbu maqsadga erishish mumkin bo‘lmadi, lekin IMT-2000 
doirasida bu yo‘nalishdagi ishlar to‘xtab qolmadi va standartlarni 
birlashtirish bo‘yicha yangi g‘oyalar IMT-Advanced nomini olgan 
to‘rtinchi avlod tarmoqlarini yaratish dasturida o‘z aksini topdi. 
2009-yilning 7-oktyabrida 3GPP hamkorlik loyihasi IMT-Ad-
vanced dasturi tarkibiga kiritish uchun LTE-Advanced (3GPP 10 
Reliz) texnologiyasini rasman taqdim qildi. Bu taqdimot barcha 
3GPP va 3GPP-2 hamkorlik tashkilotlari: ARIB, ATIA, CCSA, 
ETSI, TTA va TTS tomonlaridan qilingan edi. LTE-Advanced 
texnologiyasi spetsifikatsiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha ishlar 
2010–2011-yillar davomida bajarildi. 
Shu orada, mobil aloqa dunyosining yirik operatorlari va jihoz-
lar ishlab chiqaruvchilar birgalikda yangi 4G texnologiyalarini va 
ularning real funksional imkoniyatlarini aniqlash maqsadida si-
novlar o‘tkazdilar. 2005-yildayoq, Yaponiyaning yirik operatori 
— NTT DoCoMo, mobil aloqa yangi standarti bilan ishlashdagi 
yutuqlarini xabar qildi, ya’ni simsiz kanallar bo‘yicha 100Mbit/
sek tezlikda ma’lumot uzatish bo‘yicha muvvaffaqiyatli tajribalar 
o‘tkazdi. 2006-yilning ikkinchi yarmida yirik milliy va xalqaro ope-
ratorlar keyingi avlod mobil tarmoqlarini yaratish buyicha rasmiy 
hamkorlikni boshladilar. “Next Generation Mobile Network Coope-
ration” (NGMNC) nomini olgan ishchi guruh to‘rtinchi avlod 
mobil tarmoqlari oldiga qo‘yiladigan talablarini aniqlash uchun 
butun dunyoning GSM va CDMA operatorlarini birgalikda to‘pla-


24
di. Guruhning asosiy a’zolari Sprint Nextel (AQSH), T-Mobile 
(Germaniya), Vodafone (Buyuk Britaniya), KPN (Gollandiya) va 
Orange (Fransiya) kompaniyalari bo‘ldi, keyinchalik esa ularga 
NTT DoCoMo (Yaponiya) va China Mobile (Xitoy) kompani-
yalari qo‘shildilar. Guruhning bosh texnologik vazifalaridan biri 
barcha 3G texnologiyalarining, xususan UMTS va EV-DO tizim-
larining, 4G darajasiga asta-sekin o‘tishini ta’minlash bo‘ldi.

Download 8,51 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   283




Download 8,51 Mb.
Pdf ko'rish