Uzbekcoders.uz -> 46.8.35.129 -> SAYT




Download 8,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/143
Sana12.01.2024
Hajmi8,84 Mb.
#135505
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   143
Bog'liq
4. Raqamli multimediya axborotlarni nashr qilish M Rasulova

Uzbekcoders.uz -> 46.8.35.129 -> SAYT 
Domen ismlarda “domen hududi” degan tushuncha mavjud. Bu hududlar saytlarning u 
yoki bu turga ta’luqli ekanligini ko’rsatib turadi. Hozirgi kunda eng mashxur domen ism 
hududlariga .com (kommersiya-tijorat 
saytlari), .net (internet), .info (informatsiya-
ma’lumot saytlari), .edu (education-ta’lim sohasiga oid saytlar), .org (organisation-
tashkilot saytlari), .gov (government-hukumat saytlari) va boshqa davlat kodi yuqori 
bosqichli domenlar (country code top-level domains – ccTLD) kiradi. 
ccTLD domenlari qaysidir davlat nomi qisqarmasiga asoslangan domen hududlariga 
bo’linadi. Masalan, O’zbekiston uchun .uz domenlari, Rossiya uchun .ru domenlari, 
Fransiya uchun .fr domenlari va hokazo. Har bir domen hududini o’ziga tegishli bo’lgan 
davlat boshqaradi. Misol uchun, .uz domenlariga O’zbekistondan boshqa hech qaysi 
davlat ro’yxatdan o’tkazish huquqiga ega bo’la olmaydi. 
Domen ismlar domen registratorlari orqali amalga oshiriladi. Har bir domen nomi faqat 
bir marta ro’yxatga olinishi mumkin va uning nusxalari bo’lishi mumkin emas. 
Masalan, uzbekcoders.uz sayti men tomonimdan band qilingan va bu domen (toki men 
undan vos kechmagunimcha) boshqalar tomonidan ro’yxatga olinishi mumkin emas. 
U yoki bu domenning bandligi yoki ro’yxatga olinish uchun bo’shligini tekshirish 
domen registratorlarining whois so’rovi yordamida tekshirilishi mumkin. O’zbekiston 
domen registratorlari boshlig’i ccTLD.uz hisoblanadi. Bu saytga www.cctld.uz yoki 
oddiygina www.whois.uz domeni orqali kirish mumkin. ccTLD.uz saytiga tashrif 
buyurib Siz O’zbekiston domen registratorlari haqida ma’lumot olishingiz va saytning 
chap tomon menyudan pastki qismida joylashgan kichik forma orqali qaysidir 
domenning bo’shligi yoki bandligini tekshirishingiz mumkin. 
Domen ismlar bir necha bosqichlarga bo’linadi. Ularni quyidagicha tushuntiraman: 

Download 8,84 Mb.
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   143




Download 8,84 Mb.
Pdf ko'rish