Flashning uskunalar paneli




Download 8,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/143
Sana12.01.2024
Hajmi8,84 Mb.
#135505
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   143
Bog'liq
4. Raqamli multimediya axborotlarni nashr qilish M Rasulova

Flashning uskunalar paneli 
Flash dasturining uskunalar paneli tasvirlarni yaratish va tahrirlash kabi amallarni 
bajarishga yordam beradi. Uning tarkibiga quyidagi jadvalda keltirilgan uskunalar 
kiradi. Tahrirlash uskunalari paneli asosiy ekranni chan tomonida joylashadi. Unda 
asosan grafik obyektlar yaratish va tahrirlash uchun mo`ljallangan uskunalar 
joylashtirilgan. Bu uskunalarning ko`chiligi foydalanuvchiga grafik muxarrirlari 
(masalan, Paint) bilan ishlash jarayonidan tanishdir. Foydalanuchvchiga qulaylik 
tug`dirish uchun uskunalar paneli to`rt qismga bo`lingan. Tools (Instrumentы) – bu 
qismda aniq uskunalar joylashtirilgan. Bu uskunalarni tanlash va chizish uskunalari 
tashkil etadi. View (Prosmotr) – ish stolidagi tasvirni ko`rishni boshqarish vositalari 
joylashtirilgan. View ikki uskunadan iborat: Hand Tool- bu uskuna tanlanganda maxsus 
rejim yoqiladi, bu rejimda sichqoncha yordamida ish maydonini turli yo`nalish bo`yicha 
siljitish mumkin; Zoom Tool – bu uskuna tanlanganda ish maydonidagi tasvirni tez 
masshtablash rejimi yoqiladi. Bu rejim yoqilganda Options maydonida ikki qo`shimcha 
uskunasi naydo bo`ladi, bu uskunalar masshtablash yo`nalishini (kattalashtirish yoki 
kichiklashtirish) o`zgartirish imkonini beradi. Colors (Sveta) – bu erdagi uskunalar 
chegara va maydon asosining rangini bir-biridan alohida o`zgartirish imkonini beradi. 
Options (Ustanovki) – tanlangan uskuna uchun qo`shimcha parametrlarni o`rnatish 
elementlari joylashtirilgan. Qo`shimcha parametrlari bo`lmagan uskunalar uchun 
Options maydoni bo`sh qoladi. Flashni avvalgi variantlariga nisbatan, chizish 
uskunalarini ayrim parametrlarini o`rnatish xususiyatlar inspektori paneli yordamida 
ham amalga oshirish mumkin. Har bir uskunani sozlashni o`ziga xos tomonlari keyingi 
mavzularda ko`rib o`tiladi. Agar zaruriyat tug`ilsa uskunalar panelini oynadan «uzish» 


va istalgan joyga joylashtirish mumkin. 

Download 8,84 Mb.
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   143




Download 8,84 Mb.
Pdf ko'rish