Actionscript dasturlash tilining




Download 8,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/143
Sana12.01.2024
Hajmi8,84 Mb.
#135505
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   143
Bog'liq
4. Raqamli multimediya axborotlarni nashr qilish M Rasulova

Actionscript dasturlash tilining 
imkoniyatlari haqida dastlabki ma'lumot va Actions paneli bilan ishlash. 
Flash dasturi Actionscript dasturlash tiliga asoslangan bo`lib, bu til dasturlashtirishdan 
yiroq bo`lgan insonlar ham tushunishi uchun juda oddiy qilib yaratilgan. Flash dasturiga 
Actionscriptdan foydalanmasdan turib ham oddiy roliklar, chiziqli animatsiyalar 
yaratish mumkin, lekin tuzilgan dastur samarali, mukammal va oson boshqarish 
mumkin bo`lishi uchun Actionscriptdan foydalanishga to`g`ri keladi. Chindan ham 
interfaol dasturlar yaratish uchun Actionscript dasturlash tilini o`rganib olish kerak. 
Actionscript obyektga yo`naltirilgan dasturlash tili hisoblanadi. U sintaksis jihatidan 
"JavaScript" ga o`xshab ketadi. Actionscript boshqa dasturlash tillariga o`xshab 
o`zining maxsus sintaksisiga, rezervlashgan so`zlariga, operator va ma'lumotlarni o`zida 
saqlash uchun islatiladigan o`garuvchilariga ega. Actionscript o`zining obyekt va 
funksiyalariga ega va u foydalanuvchiga o`zning obyekt hamda funksiyalarni yaratishga 
imkon beradi. Flashda skript yozish uchun Actionscript tilining barcha imkoniyatlarini 
bilish shart emas. Oddiy buyruqlardan foydalanib ham scriptlar yaratish mumkin. 
Actionscript tilini o`rganishdan oldin, Actions (harakat) paneli bilan tanishib 
chiqishimiz kerak. Uni ochish uchun sarlavha satri ustiga sichqonchani bir marta 
chertish kifoya. Agar ekranda Actions paneli bo`lmasa [F9] tugmasini bosish orqali ham 
uni ishga tushirish mumkin. Bitta rolikda juda ko`p rolik bo`lishi mumkin. Dastavval 
Actionscriptda roliklarni qayerlarda o`rnatish mumkinligini ko`rib chiqamiz. Roliklarni 
asosiy kadrlarga, tugmalarga va movie kilplarga joylashtirish mumkin. Grafik obyektlar 
va boshqalarga roliklarni joylashtirib bo`lmaydi. Hozirda rolikni qaysi obyektga 
kiritilayotganini bilish juda oson, buning Actions panelining sarlavha satridagi yozuviga 
e’tibor berish kerak. Masalan, tugmani belgilasak, Actions panelining sarlavha satridagi 
yozuvi “Actions - button” ga, agar movie clipni tanlasak, “Actions -movie clip” ga 
o`zgaradi, hechnarsa belgilanmaganida “Actions - frame” ya’ni joriy kadr belgilangan 
bo`ladi. 
Kursor joylashgan oq rangli maydon skript kiritiladigan maydon bo`lib, uning yuqori 
chap qismida buyruqlar oynasi joylashgan. Bu oynadan skriptga joylashtirish mumkin 
bo`lgan turli xil harakatlar joylashgan. Flashni ishlayotgan foydalanuvchilar uchun oyna 
bilan ko`p ishlashni tavsiya etamiz. Dastur matnni buyruqlar oynasi va klaviatura orqali 
to`g`ridan - to`g`ri kiritish mumkin lekin, Actionscriptda bosh harflar va kichik harflarni 
o`rni almashsa yoki tinish belgilari noto`g`ri ishlatilsa kiritilgan dastur matnni xato 
hisoblaniladi. Dasturda ishlash bo`yicha ko`nikma hosil bo`lmaguncha buyruqlarni 
yozishda shu oynadan masq qilsh maqsadga muvofiq. Buda har bir papkalar ichida 
faqatgina harakatlar emas, balki turli xil funksiyalar, o`zgarmaslar, o`zgaruvchilar, 
operatorlar, metodlar, xususiyatlar, sikllar, izohlar va boshqalar joylashgan. Biror 
harakatni joylashtirish uchun papkalardan birini ochamiz, kerakli buyruqni topib, uni 
ustiga sichqoncha tugmasini bosib, rolik kiritiladigan maydon ustiga qo`yib yuboramiz, 
yoki shu buyruq ustiga sichqonchani ikki marta chertib qo`ymiz. Agar kerakli buyruq 
qaysi papkada joylashganligini unitib qo`ygan bo`lsangiz, u holda “indeks” papkasidan 
foydalaning. Bu papkda Flashda ishlatiladigan barcha buyruqlar alfavit bo`yicha 
tartiblab qo`yilgan. Buyruqlar oynasini yopish uchun oynaning o`ng tomoni markazida 
joylashgan uchburchakchani bosish kerak. Agar buyruqlar oynasi yopib qo`yilgan 


bo`lsa, kerakli buyruqlar skript kiritiladigan maydon ustida joylashgan [plus] [+] 
tugmasi yordamida kiritish mumkin. Bu tugmada asboblar oynasidagi barcha 
funksiyalarning nusxasi joylashtirilgan. Quyida “stop()” buyrug`ining ikki xil usulda 
asboblar paneli va [plus] tugmasi yordamida joylashtirish ko`rsatib o`tilgan. 
[Plus] tugmasidan keyin joylashgan tugmalarga izoh berib o`tamiz: 
• 
Find - kiritilgan skriptdan biror so`zni topish uchun ishlatiladi. Agar kiritilgan 
skript juda katta bo`lsa bu tugma qo`l keladi. 
• 
Replace – skriptdagi biror so`zni boshqa so`z bilan almashtirish uchun ishlatiladi. 
• 
Check syntax – kiritilgan skriptning to`g`ri yoki noto`g`riligini ya’ni sintaktik 
xatoga yo`l qo`yilgan yoki yo`qligini tekshiradi. 
• 
Auto format – skriptlarni yozilish jihatidan tartiblashtiradi va tinish belgilarini 
qo`yadi. 
• 
Reference – Help panelini ochadi. 
• 
Debug options – kursor turgan satrga nazorat nuqtasini qo`yadi, nazorat nuqtasini 
olib tashlaydi. 
View options – yordamida skriptga kiritiladigan satrlarni tartiblash (agar kiritilgan 
skriptga xatoga yo`l qo`yilsa, xato qaysi qatorda ekanligini aniqlash oson bo`ladi) va 
tezkor ma’lumot kiritishga imkon beruvchi skriptlarni buyruqlar oynasida ko`rsatish 
yoki o`chirib qo`yish uchun ishlatiladi. 
Actions oynasining chetki o`ng burchagida joylashga tugmada ham birqancha buyruqlar 
yozilgan ularni aksariyatini ko`rib o`tdik. Qolganlari bilan tanishib chiqamiz: 1. “Import 
skripta” – bundan oldin kiritilgan skriptni joylashtiradi. 2. “Eksport skripta” – kiritilgan 
skriptni as formatda kiritib saqlab qo`yish uchun ishlatiladi. Keyinchalik buni oddiy 
usulda o`qib olish mumkin. 3. “Pechat” – kiritilgan skriptni chop etadi. 4. “Parametrы 
avtoformata – skriptni to`g`irlashda qanday tartibda to`g`irlashi ko`rsatib o`tiladi. 5. 
“Nastroyki” – Actionscriptni parametrlarini sozlash uchun ishlatiladi. Bu bo`limdan 
foydalanib, skriptni qaysi usulda, rangda, shriftda kiritilishini, turli izohlarni ko`rinish 
yoki ko`rinmasligini va boshqa xususiyatlarni ko`rsatib o`tish mumkin. 

Download 8,84 Mb.
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   143




Download 8,84 Mb.
Pdf ko'rish