Folksonomiya (folksonomy)




Download 8,19 Mb.
bet36/94
Sana06.01.2024
Hajmi8,19 Mb.
#131132
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   94
Bog'liq
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI MAJMUA (1)

Folksonomiya (folksonomy) - bu teglar orqali veb-sayt axborotini (ishorat, surat, video va h.k.) hamkorlikda turlash usuli va amaliyoti. U kontent tashkil qilish maqsadida shakllangan odamlar guruhining tasodifiy hamkorliki negizida asos topadi. Odatda bunday fenomen barcha kirishi mumkin bo’lgan veb-saytlarda vujudga keladi. Folksonomiyaning ishtirokchilari odatda uning iste’molchilari ham bo’lganligi tufayli folksonomiya uslubiyati butun guruhning hamkorlikdagi konseptual modelining natijalariga olib keladi. Natijalarga ta’sir etuvchi folksonomiyaning asosiy mummolariga quyidagilar kiradi:
Ko’psonli shakllarning mavjudligi.
Polisemiya.
Sinonimiya.
Ishlatilayotgan teglarning hususiyati.
Folksonomiya Semantik veb-tarmoqlar rivojlanishining asosiy elementi sifatida qaralishi mumkin. Bunda hamma veb-sahifalar mashinaning hisoblashiga mo’ljallangan meta ma’lumotlarga ega bo’lishlari kerak. Veb-sahifa mualliflari ishning muvofiqlashtirish maqsadida metama’lumot standartlaridan foydalanish tavsiya etiladi, masalan Dublin yadrosidan (Dublin Core).
Semantik veb-tarmoq (Semantic Web)-Internet tarmog’i rivojlanish konsepsiyasining bir qismi bo’lib, uning maqsadi mashina tomonidan WWW dagi axborotni qayta ishlash imkoniyatlarini amalga oshirishdan iborat. Unda asosiy urg’u hozirgi paytda ishlatilayotgan matnlarning tahliliga emas, balki resurslarning hususiyati va mazmunini ifodalovchi metama’lumot bilan ishlash konsepsiyasiga qaratiladi. Semantik veb-tarmoqlarda resurslarning universal identifikatorlari (URI) hamda metama’lumotlar tasvirining ontologiya va tillariga e’tibor qaratiladi.
Ontologiya. Ontologiya - bu konseptual sxema yordamida muayyan bilim sohasini keng, lekin shu bilan birga juda mayda qismlarga ajratib formallashtirishga intilishdir. Odatda bunday sxema ma’lumotlarning iyerarxik strukturasidan iborat bo’lib, u barcha obyektlarning relevant (bog’liq) sinflarini, ularning bog’lanishini va qoidalar(teorema, cheklanishlar)ni o’z ichiga oladi.
Zamonaviy ontologiyalar odatda namuna, tushuncha, atribut (xususiyat) va munosabatlardan iborat bo’ladi. Web ontologiyasini tasvir etish uchun XML asosida qurilgan OWL (Web Ontology Language) deb nomlanadigan maxsus til yaratilgan. OWL tilidan ontologiya sinflarini va ular orasidagi munosabatlarni tasvirlashda foydalanish mumkin. Ushbu til negizida “obyekt-hususiyat” ma’lumotlar modelidagi voqyelikning tasviri yotadi. Bu til nafaqat veb-sahifalarni, balki atrof muhitdagi har qanday obyektlarni tasvirlash Semantik web-servislar
Resurs va ularning metama’lumotlariga semantik to’rning statik qismi deb qaraladigan bo’lsa, semantik veb-servislar uning dinamik qismini tashkil etadi.
Semantik veb-servislar. Bu aniq tasvirlangan semantikani Vebda qidirib topish, kompozisiyalash va bajarish imkonini beruvchi dasturiy mantiqning yakunlangan elementlaridir.Texnik nuqtai nazardan semantik veb-servislar oddiy veb-servislardan nafaqat interfeys, ma’lumot turlarining yoritilishi, balki uning barcha hususiyatlarini ta’rifi bilan farq qiladi.Uning amaliy ahamiyati - avtomatlashgan holda to’g’ri keladigan servis xizmatlarini topib, ular yordamida foydalanuvchi tomondan qo’yilgan muayyan masalani yechishdan iboratdir.

Download 8,19 Mb.
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   94




Download 8,19 Mb.