• Odatda meshaplar Amazon, eBay, Flickr, Google, Microsoft, Yahoo va YouTube larning dasturiy interfeysarini ishlatadi.
  • Raqamli qtisodiyot va tadbirkorlik




    Download 8,19 Mb.
    bet34/94
    Sana06.01.2024
    Hajmi8,19 Mb.
    #131132
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   94
    Bog'liq
    AXBOROT TEXNOLOGIYALARI MAJMUA (1)

    Meshap ( Mashup ) - yagona integrasiyalashgan instrumentlar doirasida bir nechta manbalardan olingan ma’lumotlarni birlashtiruvchi gibrid veb-ilova. Meshap kontentni odatda tashqaridan ochiq interfeyslar, veb-servislar, veb-manbalardan (masalan, RSS yoki Atom) yoki boshqa dasturlar tomonidan generasiyalashtiriladigan hujjatlarni tahlil etish orqali oladi.
    Odatda meshaplar Amazon, eBay, Flickr, Google, Microsoft, Yahoo va YouTube larning dasturiy interfeysarini ishlatadi.
    Meshap arxitekturasi 3 qismdan iborat: kontent provayderi - ma’lumotlar manbai; meshapning o’zi - unga tegishli bo’lmagan manbalardin foydalangan holda yangi imkoniyatlarni beruvchi veb-ilova;
    kliyent - meshapning veb-sahifasini aks ettiruvchi veb-brauzer.
    Turli meshaplar RSS, veb-servislar, pochta xabarlari generasiya qilishi mumkin. Microsoft kompaniyasi foydalanuvchilarga maxsus Microsoft Popfly saytini taqdim qiladi. Bu sayt foydalanuvchilarga veb-sahifalarni yaratish, dastur kodi fragmentlarini (qayta ishlatish uchun) va Microsoft Silverlight ko’magida ishlaydigan ilovalarni ishlab chiqish paketi yordamida meshaplarni yaratish imkonini beradi.
    Saytda Microsoft Silverlight ga asoslangan to’rtta instrument mavjud:
    O’yinlar ishlab chiquvchilar;
    Meshaplarni ishlab chiquvchilar;
    Veb-sahifa ishlab chiquvchilar
    Popfly Space - foydalanuvchilar uchun tayyor meshap va veb-sahifalarni joylashtirish mumkin bo’lgan makon. Ijtitmoiy tarmoqlar uchun ilovalar
    “Ijtimoiy Veb” (Social Web) tushunchasi WWW tarmog’i yordamida foydalanuvchilarning bir-biri bilan muloqoti va ularning hamkorligi tushuniladi. Foydalanuvchilarning birlashishiga ularning turlicha qiziqishlari asos bo’lib xizmat qiladi.
    Ijtimoiy dasturiy ta’minot - bu foydalanuvchilarning hamkorligini va ma’lumot almashishiga imkoniyat beruvchi keng miqyosdagi dasturlar tizimi. Bu kompyuter vositaligidagi ijtimoiy hamkorlik usuli ayniqsa MySpace, Facebook, Odnoklassniki, v kontakte.ru ijtimoiy saytlar, Flickr va YouTube media saytlar, eBay tijorat saytlari kabi ijtimoiy saytlarning paydo bo’lishidan keyin ommalashib ketdi.
    Bunday ilovalarning ko’pi umumiy xususiyatlarga ega: ochiq API, servisga yo’naltirilgan dizayn, masofadan turib ma’lumotlarni kiritish imkoniyati va h.k.z. Bunday ilovalarni Veb 2.0. tizimiga mansub deb qaralishi qabul qilingan.
    Ijtimoiy dasturiy ta’minot ichida ikki guruh instrumentlarini ajratish mumkin: kommunikasion va interaktiv:
    Kommunikativ instrumentlar matn, audio va video formatdagi ma’lumotlarni yozib olish, saqlash va taqdim qilish uchun ishlatiladi.
    Interaktiv instrumentlar asosiy urg’uni foydalanuvchilar orasidagi aloqaga va ular orasidagi muloqot mexanizmiga beradi.
    Kommunikativ instrumentlar asinxron bo’ladi, interaktiv instrumentlar esa sinxron bo’lib, real vaqt rejimida foydalanuvchilarning hamkorligini ta’minlaydi (m-n, Internet- telefoniya, videochatlar va boshqalar).
    Ijtimoiy dasturiy ta’minotga dasturiy tizimlarni misol qilib keltirish mumkin:
    Tezkor ma’lumotlar bilan almashish tizimi ( IM - Instant messaging ) tarmoq orqali boshqa foydalanuvchilar bilan real vaqtda muloqotda bo’lish imkoniyatini beradi (nisbatan muhofaza qilingan rejimda). Ularning omaboplari - Skype, ICQ, Yahoo! Messenger, MSN Messenger, AOL Instant Messenger, Miranda IM. Biznesga yo’naltirilgan tizimlar - IBM Lotus Sametime, Microsoft Messenger, Jabber.

    Download 8,19 Mb.
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   94




    Download 8,19 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Raqamli qtisodiyot va tadbirkorlik

    Download 8,19 Mb.