Raqamli qtisodiyot va tadbirkorlik




Download 8,19 Mb.
bet31/94
Sana06.01.2024
Hajmi8,19 Mb.
#131132
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   94
Bog'liq
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI MAJMUA (1)

Brauzerlar.WWW tizimi bilan ishlashda foydalanuvchilar bu tizim klient-dasturlari, ya'ni brauzerlar bilan ishlaydi. Brauzer (ingl. browse - ko’rib chiqmoq, varaqlamoq) - foydalanuvchi va www tizimi orasida dialog amalga oshiradigan dastur, www-sahifalarini uqiydi, www-serverlari va boshqa Internet resurslari bilan ishlaydi. Brauzerlar xar qanday serverlar bilan ularning protokollarini ishlatgan holda ishlay oladi. Serverdan olingan ma'lumotni brauzer ekranga oddiy va qulay ko’rinishda chiqaradi. Odatda bir protokoldan boshqasiga o’tish ko’zga ko’rinmaydi.
Brauzer grafik yoki matnli bo’lishi mumkin. Brauzerlar hujjatlarni interpretasiya qila olishlari uchun ular html tiliga asoslanib maxsus ishlanishlari kerak. Html tilining asosida matnning mantiqiy bo’linishi yotadi, va bu fakt sarlavxalarni katta yoki kichikroq shriftda yozishini nazorat qiladi. Grafik brauzer esa sarlavxalarni kursiv yoki qalin shriftda chiqarishi mumkin. Birinchi grafik brauzer bu AQSHning superkompyuter ilovalarining milliy markazida (NCSA) ishlangan Mosaic edi. 1994 yilda Netscape Communications korporasiyasi ochildi, uning asoschilari esa Mosaicning yaratuvchilari bo’lgan. Keyinchalik grafik brauzerning yangi savdo versiyasi Netscape chiqdi. Netscape Navigator 2.0 Java-applet va JavaScript tillarini qo’llay olardi. 1996 yilda Netscape dunyoni zabt etdi.
1996 yil boshida bozorda Microsoft Internet Explorer 2.0 brauzeri, yozida esa Microsoft Internet Explorer 3.0 paydo bo’ldi. Internet Explorer 3.0 Netscapening barcha kengaytmalarini qo’llab u bilan bir pogonaga chiqib oldi. Keyinchalik Microsoft Internet Explorer 4.0, Microsoft Internet Explorer 5.0, Microsoft Internet Explorer 6.0 versiyalar chiqdi. Hozirgi paytda bozorda xilma - xil (matnlilari ham) brauzerlar borligiga qaramasdan ko’pchilik Netscape va Microsoft brauzerlaridan foydalanadi. Microsoft Internet Explorer. Microsoft Internet Explorer xozirgi kunda internetdagi eng mashxur brauzer xisoblanadi. Dastur menyulari sahifalaming ko’rinishi va brauzer parametrlarini sozlash buyruqlarini o’z ichiga oladi.
Файл - Fayllar(web-hujjatlar) bilan ishlash buyruqlari.
Правка - Matn parsalari, qidirish va almashtirish buyruqlarini taklif qiladi.
Вид - Veb-sahifaning ko’rinishi va kodirovka turini tanlash uchun xizmat qiladi. Избранное - foydalanuvchi tanlagan Internet-manzillarni saqlab turadi.
Сервис - Internet Explorerning qo’shimcha parametrlarini sozlashga imkon beradi. Справка - Internet Explorerda ishlash haqida kerakli ma'lumotni saqlaydi.
Internet Explorer asboblar paneli tarmoq hujjatlari bilan ishlash uchun yaratilgan. Asboblar panelini chaqirish uchun menyuni oching: Вид\Панели инструментов Обычные кнопки.
Manzil qatori http:/ywww. microsoft.com/ isapiAedir.dll? Prd=ie8

Adres maydonida Internet-manzilni kiritib Переход tugmasini yoki [Enter] tugmasini bosing. Manzil qatorini chaqirish uchun quyidagi menyu komandasini bajaring: Вид\Панели инструментов\Адресная строка. Web-sahifa dasturning Ishchi sohasida aks ettiriladi.
Web-sahifalarni ko’rish. Intrenetda xaqiqiy ish faqat Interenetda ulangandan keyin boshlanadi. Bu holda Internet Explorer yuklanib o’zining Web-sahifasini asosiy sifatida yuklaydi. Brauzerning oynasida bitta sahifa ochiladi. Odatda web-sahifalarni navbat bilan kerakli ma'lumotni qidirib ko’rishadi. Web- sahifalar matnli ma'lumot va import qilingan ob'ektlardan tashkil topadigan hujjatlardir. Xozirgi paytda web- sahifalarning ko’pi ko’p illyustrasiyalarni o’z ichiga oladi. Ya'ni illyustrasiya sifatida rasm, tovush, videorolik va boshqa kattagina xajmli multimedia-ob'ektlari qo’shiladi.

Download 8,19 Mb.
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   94




Download 8,19 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Raqamli qtisodiyot va tadbirkorlik

Download 8,19 Mb.