|
Raqamli qtisodiyot va tadbirkorlik
|
bet | 30/94 | Sana | 06.01.2024 | Hajmi | 8,19 Mb. | | #131132 |
Bog'liq AXBOROT TEXNOLOGIYALARI MAJMUA (1)Birinchidan, bu texnologiyaga muvofiq tarmoq strukturasi uzellarga ega bo’lib, ularda kompyuterlar — serverlar va mijozlar joylashgan; ular odatda mos ravishda Web-serverlar va Web-mijozlar deb ataladi. 1997 yil boshida Internet da 145166 ta doimiy ishlaydigan Web-server va 646162 ta Web-mijoz bor edi. Bu kompyuterlar butun dunyo bo’yicha, qamma kitalarda va qamma mamlakatlarda joylashgan, shuning uchun tarmoq butun dunyoni urab olib, undan qandaydir virtual shaqar (yoki mamlakat) yaratdi, undagi uy— kompyuterga qo’l uzatsa yetgudekdir.
Ikkinchidan, ko’pchilik kompyuterlardan foydalanuvchilarga odat bo’lgan daraxtsimon ierarxik strukturadan farqli ularoq, WWW tarmoqi o’rgimchak uyasiga o’xshagan strukturaga ega: rang bilan ajratilgan so’zni yoki so’z birikmasini bosib, siz o’zingizga kerak bo’lgan butun dunyo o’rgimchak uyasining uzeliga, tarmoqda mavjud bo’lmagan markazni chetlab o’tgan qolda, etib borasiz.
Uchinchidan va oxirgisi, Internet o’z ildizlari bilan Amerika mudofaa vazirligini ishlab chiqishlariga borib taqalganligi uchun boshlanishda tarmoq bo’yicha aloqaning ishonchliligi va mustaxkamligi hattoki uning bir nechta uzellari ishdan chiqqan sharoitlarda ham ta'minlanishi kelishib olingan. Shuning uchun tarmoq bo’yicha ma'lumot WWW ning bir uzelidan boshqasiga, shu daqiqada bo’sh va ishonchli bo’lgan (fizik o’rgimchak uyasi bo’yicha mumkin bo’lgan qarakatlanishga o’xshashlik aniq qurilmoqda) eng rang –barang yo’llar bilan (hech kim kuzatmagan va ularni kuzatish ehtimoli mumkin bo’lmagan) uzatilishi mumkin.
Web-serverlar ma’lumot sahifalariga ega bo’lib, ular odatda Web-sahifalar deb ataladi.Web-server taqdim etgan ma’lumotlarning xususiyatlari quyidagilardir:
u turli variantlarda taqdim etilishi mumkin — formatlashgan matn, grafik, xatto jonli, ruxli tasvirlar ko’rinishida;
u yangi joriy serverni, joriy sahifani, sahifadagi joriy xatboshini chiqarish uchun bir- biri bilan kesishadigan yuborishlar bilan taominlangan.
Boshqacha aytganda, Web-serverning sahifalari ikkita sinfga bo’linishi mumkin:
o’zicha mazmunli;
gipermatnli aloqani ta’minlash uchun sahifalar — vositachilar.
Kerakli ma’lumotni qidirish yo qidirish vositalarini yoki gipermatnli yuborishlarni ishlatish bilan amalga oshiriladi.Bunday yuborishlar asosida Hyper Text Transfer Protocol (HTTP) — gipermatnni uzatish texnologiyasi bo’yicha gipermatn texnologiyasi yotadi.
|
| |