|
Raqamli qtisodiyot va tadbirkorlik
| bet | 39/94 | Sana | 06.01.2024 | Hajmi | 8,19 Mb. | | #131132 |
Bog'liq AXBOROT TEXNOLOGIYALARI MAJMUA (1)Xabarlarning turlari. Xabarlar turli ko'rinishda bo'lishi mumkin masalan: matn, grafik, rasm, ovoz va video ma'lumotlar. Yuborilishi rehalashtirilayotgan ma'lumotlarning hahmi bo'yicha ham chegaralanish mavhud. Har bir pochta provayderi o'zining siyosatiga ega bo' lib bitta xabarning 2, 5, 10Mb hahmgacha bo' lgan xabarlarni yuborishni ta'minlaydi. Agarda bu hahm oshib ketsa katta hahmdagi xabarlarni Rar yoki Zip dasturlari yordamida arxivlab yuborish tavsiya etiladi.
Elektron pochta adresi adresatning «pochta qutisi»ga bo’lgan yo’lni aniqlab beruvchi yozuv bo’lib, u @ belgisi bilan ajratilgan ikki qismdan iborat bo’ladi. Masalan, bobomurodoy@gmail.com elektron pochtaning gmail.com xizmatidagi bobomurodov ning «pochta yashigi»dir.Adresatsiyasi ierarxik-yo’nalishli tuzilishga ega bo’lib, elektron pochta adresi o’ngdan chapga tartibida qo’iladi. Ierarxik degan so’z adresni aniqlashda adreslar tizimning yuqori bosqichidan quyisiga bir biri bilan bog’liq ravishda aniqlaniladi. Masalan, .com domeniga javobgar xizmat gmail.com domeniga qanday qilib murojaat qilishni bilishi kerak. O’z navbatida gmail.com domeni xizmati o’z ichidagi adreslarni bilishi kerak, ya’ni, u qanday qilib bobomurodov ning pochta qutisiga murojaat qilishni bilishi shart. Yo’nalishli degani adres ma’lumot jo’natilishining oxirgi punktini emas, balki marshrutini bildirishini anglatadi.Pochta qo'yilmalari (vlojenie) elektron pochta ma’lumotlari bilan birgalikda istalgan fayllarni uzatish mexanizmidir. Elektron pochta fayllarni uzatish uchun mo’ljallanmagan. Shuning uchun ham fayllarni jo’natish uchun ular maxsus programmalar yordamida matnli ma’lumotga aylantiriladilar va undan so’ng bu kod elektron pochta ma’lumotiga qo’yiladi (yopishtiriladi). Ular bir nechta bo’lishi ham mumkin. Qabul qiluvchi ularni pochta ma’lumotidan ajratib oladi va aloxida fayl ko’rinishida saqlab qo’yadi.
Bloglar va viki - saytdagi materialga izoh berish va ma'lumot qoldirish.
Blog - bu tarkibi matn, tasvir va multimedia ma'lumotlaridan iborat bo'lgan doimiy ravishda qo'shilib turiladigan ma'lumotlar yoki izohlardan iborat bo'lgan sayt. Bloglar odatda u yoki bu material web sahifasi tarkibida mavjud bo'lib, materialga berilgan izohlarni o'zida mujassamlaydi.
Viki - bu saytning o'zi tomonidan taqdim etiladigan uskunalar yordamida uning tuzilmasini va tarkibini foydalanuvchilar o'zgartira olish imkoniga ega bo'lgan web sayt.
Chat tushunchasi. Internetda chatdan foydalanish va muloqot qilish. CHat deganda real vaqt tizimida Internet tarmog'i orqali xabarlarni tezkor almashish vositalari va ushbu muloqotni ta'minlab beruvchi dasturiy ta'minot tushuniladi. Forumlarga nisbatan chat tizimida muloqot qilish va xabarlar almashish real vaqt tizimida sodir bo'ladi.
Chat - bu bir vaqtning o'zida bir necha foydalanuvchining Internet orqali muloqotidir. Bunda foydalanuvchilar odatda matn yozishish orqali yangiliklar bilan almashishadi, yoki biror mavzuni muhokama qilishadi, yoki gaplashishadi. CHat tizimida barcha foydalanuvchilar o'zaro yozuv ko'rinishidagi xabarlarni almashish orqali muloqot qiladi.
|
| |