|
Internet orqali so'zlashuv
|
bet | 40/94 | Sana | 06.01.2024 | Hajmi | 8,19 Mb. | | #131132 |
Bog'liq AXBOROT TEXNOLOGIYALARI MAJMUA (1)Internet orqali so'zlashuv. Internet orqali o'zaro muloqot deganda ikki yoki undan ortiq foydalanuvchilarning bir vaqtni o'zida, bir-birlari bilan internet tarmog'i orqali aloqa o'rnatilishi tushuniladi.Bunday muloqot jarayonida foydalanuvchilarning joylashuv o'rni ahamiyatga ega emas, ya'ni foydalanuvchilar qaerda bo'lishlaridan qat'iy nazar Internet tarmog'i orqali muloqot o'rnata oladilar. Bunday so'zlashuvlarni amalga oshirish uchun maxsus dasturlar bo'lishi talab qilinadi. Bunday dasturlarga Skayp, Meyl Agent, Google Talk, ICQ dasturlari kiradi.
Internet orqali so'zlashuv jarayonida mikrofon va eshitish qurilmasini kompyuterga ulab keltirilgan dasturlar yordamida foydalanuvchilar so'zlashib muloqot qilishlari mumkin. Bunda Internet orqali muloqot jarayoni foynalanuvchiga tezkorligi, arzonligi xamda sifatliligi bilan qulayliklar yaratib beradi.
Internet orqali video muloqot. Internet orqali video muloqot deganda foydalanuvchilar bir birlarini kompyuter ekranida (on-layn tarzda) ko'rib turadilar, ya'ni foydalanuvchilarning harakatli tasvirlari bir-birlariga uzatiladi. Bu video aloqani amalga oshirib beruvchi qurilma web kamera deb nomlanadi. Internet orqali video muloqot jarayonida muloqotda qatnashayotgan barcha foydalanuvchilar bir birining gapini eshitibgina qolmay, balki bir-birlarini ko'rib ham turishadi.
Web kamera va uning ahamiyati. Web kamera alohida qurilma bo'lib, u kompyuter vositasiga ulanadi va Internet tarmog'i orqali muloqotlarda ishlatiladi.
W eb kameradan foydalanish va u orqali muloqot qilish uchun Internet tarmog'i ulangan bo'lishi hamda har bir foydalanuvchi kompyuterida web kamera qurilmasi o'rnatilgan bo'lishi shart. 2-rasm.
Web kamera foydalanuvchilarga juda ham ko'p qulayliklarni yaratib beradi, ya'ni suhbat jarayonida foydalanuvchilar qaerda joylashganligidan qat'iy nazar bir-birlarini ko'rib turadilar. Internet tarmog'i orqali video muloqotlar Skayp, Mail Agent, Google Talk, ICQ dasturlari orqali amalga oshiriladi.
Skayp, Mail Agent, Google Talk, ICQ dasturlari va ular orqali muloqot o'rnatish. Skayp dasturi. Skayp - bu Internet orqali kompyuterlararo so'zlashuv aloqasini ta'minlab beruvchi tizimdir. Skayp tizimi Internet orqali mobil va uy telefonlariga qo'ng'iroq qilish pullik xizmatlarini xam ko'rsatadi. Bundan tashqari skayp tizimi yordamida chat sifatida matn xabarlarini yuborish, videoqo'ng'iroqlarni amalga oshirish hamda konferentsaloqani ham amalga oshirish mumkin. Video qo'ng'iroqlarni amalga oshirishda web kameradan foydalaniladi. 3-rasm.
|
| |