O’quv bloki yoki didaktik portfel fan bo’yicha quyidagilardan tashkil topadi




Download 8,19 Mb.
bet43/94
Sana06.01.2024
Hajmi8,19 Mb.
#131132
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   94
Bog'liq
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI MAJMUA (1)

O’quv bloki yoki didaktik portfel fan bo’yicha quyidagilardan tashkil topadi:

  1. o’quv rejalar va dasturlar;

  2. darslik va uslubiy qo’llanmalar;

  3. an’anaviy bosma o’qitish vositalari;

  4. kodogrammalar;

  5. diapozitivlar;

  6. o’quv kinofilmlari;

  7. jadvallar;

  8. o’quv mashg’ulotlarini o’tkazish uchun didaktik materiallar;

  9. o’quv jihozlari;

  10. multmediali dars ishlanmalari;

  11. o’rgatuvchi va nazorat qiluvchi dasturiy vositalar;

  12. virtual laboratoriyalar;

  13. elektron ensiklopediya va lug’atlar.

Fanlar bo’yicha didaktik portfel doimiy yangilanib borishi va to’ldirilishi lozim. Uni elektron ko’rinishdagi tayyor mahsulot bilan yohud xususiy mahsulotni yaratish bilan amalga oshirish mumkin. Aytib o’tish joizki, elektron ko’rinishdagi tayyor mahsulot bilan bir qatorda didaktik portfelni ta’lim muassasasida tayyorlangan o’quv mahsulotlar bilan ham to’ldirib borish ahamiyatlidir. Bu esa o’z navbatida birinchidan ta’lim muassasasi imkoniyatlarini ochadi va talabalarga differensiallashgan yondashuv imkonini beradi.
Ushbu loyiha faoliyatida zamonaviy Internet-texnologiyadan foydalanish o’ta muhimdir. Loyiha bilan ishlash jarayonida ayrim talabalar HTML gipermatn tilini o’rganadilar, binobarin loyiha ishlari natijasi Web - sahifa tarzida tuziladi. Mazkur dasturiy vositalar asosida ta’lim muassasasida ma’lum fan yo’nalishlari bo’yicha elektron darsliklar, virtual laboratoriya ishlari tayyorlanadi. Dasturni shunday yozish lozim bo’ladiki, yonma- yon joylashgan kompyuterdagi foydalanuvchilar mutloq bir xil natija olmasligi zarur. Bundan tashqari yaratilgan dasturiy mahsulot o’qituvchiga talaba bajarayotgan har bir ishni kuzatib borish imkoniyatini yaratish zarur. Amaliy ishlarni bajarish jarayonida eksperement natijalarini o’zida joylovchi nazorat fayli tashkil etiladi.
Darsdan so’ng, o’qituvchi ushbu fayllarni ko’zdan kechirishi va tegishli natijalar bilan taqqoslash imkoni bo’lishi lozim. Ushbu turdagi dasturiy mahsulotning amaliy jihatlaridan yana biri uning masofaviy ta’limga moslashgan bo’lishidadir.
Fan sohalari bo’yicha lozim materiallar bilan didaktik portfelni to’ldirish bilan bir qatorda ta’lim muassasasining pedagog-o’qituvchilari haqida umumiy ma’lumotlar- pedagogik staji, ma’lumoti, malaka oshirganligi haqida ma’lumot, yutuqlari, chop qilingan o’quv-uslubiy materiallarini ham kiritish muhim ahamiyatga ega.Oliy ta’lim muassasasida Internet-muhitni yaratishning yana bir e’tiborli jihati shuki, u ham bo’lsa talabalarni psixologik-pedagogik quvvatlashdir.
Axborotlashgan resurslar talabalarni nafaqat anketa yoki psixologik testlar bilan ularning xarakteridagi xususiyatlarni o’rganish, lozim bo’lganda talabalar va ota- onalar uchun psixologik konsultasiya xizmatini tashkil etishga yordam berishi ham lozim. Xizmatni ushbu turiga asosan qandaydir noma’lum sabablarga ko’ra bevosita psixologga to’g’ridan-to’g’ri savol bermaydigan talaba va ota-onalar jalb qilinadi. Ular kompyuter bilan bevosita muloqotda bo’lib o’zi qiziqqan savollarga javob olishlari mumkin.
Masofaviy ta’lim modellari Bu ta’lim turini bir necha modellari mavjud, ular masofaviy ta’lim tashkil qilinishiga sabab bo’lgan vaziyatlari bilan farqlanadi: geografik sabablar (mamlakat maydoni, markazlardan geografik uzoklashgan regionlar mavjudligi), mamlakatni kompyuterlashtirish va informasiyalashtirish darajasi, transport va kommunikasiyalar rivojlanish darajasi, masofaviy ta’lim uchun mutaxasislar mavjudligi, ta’lim soxasida informasion va kommunikasion texnologiyalardan foydalanish darajasi, mamlakatning ta’lim soxasidagi odatlari.

Download 8,19 Mb.
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   94




Download 8,19 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’quv bloki yoki didaktik portfel fan bo’yicha quyidagilardan tashkil topadi

Download 8,19 Mb.