• 17-Mavzu: SMART-o’qitishni rivojlanish tendensiyalari. (2 soat) Reja
  • Raqamli qtisodiyot va tadbirkorlik




    Download 8,19 Mb.
    bet48/94
    Sana06.01.2024
    Hajmi8,19 Mb.
    #131132
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   94
    Bog'liq
    AXBOROT TEXNOLOGIYALARI MAJMUA (1)

    Nazorat savollari:
    1. Masofaviy ta’lim nima va uning imkoniyatlarini izohlang.
    2. Masofaviy ta’lim va uni tashkil etish asoslari deganda nimani tushunasiz?
    3. Masofaviy o‘qitishning nazariy va didaktik asoslari.
    4. Masofaviy o‘qitishning nazariy va didaktik asoslariga nimalar kiradI?
    5. Masofaviy ta’lim modellarini asoslab bering.
    6. Birlamchi model kimlar uchun yaratiladi?
    7. Ikkilamchi model kimlar uchun yaratiladi?
    8. Aralash model kimlar uchun yaratiladi?
    9. Konsorsium nima ishni bajarishni taklif qiladi?
    10. Uzoqlashgan auditoriyalar nima ishlarni bajaradi?
    11. MOODLE tizimining yaratilishi haqida ma’lumot bering.
    12. Moodle da necha tipli interaktiv o’quv materiallari ko’rib chiqilgan?
    13. Moodle tiplarining har biri ko’plab imkoniyat va xususiyatlarga ega.


    17-Mavzu: SMART-o’qitishni rivojlanish tendensiyalari. (2 soat)


    Reja:



      1. Smart texnologiyasi haqida.

      2. Smart tendensiyalari.

      3. Smart ta’lim texnologiyasi

    Axborot asrining kirib kelish davri haqida so‘z borganda, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT), ularni real o‘quv jarayoniga qo‘llash, zamonaviy axborot infrastruktu­rasini yaratish, mutlaq yangi multimedia o‘quv dasturlarini yaratish va ta’limga tatbiq etish bosqichlari asta-sekin nihoyasiga yetib bormoqda. Shu o‘rinda, tabiiy bir savol paydo bo‘ladi: orttirilgan bilim va tajribalarni qanday baholash mumkin, keyingi qo‘yiladigan qa­dam qanday bo‘lmog‘i kerak?! Masalan, an’anaviy o‘quv jarayonlarining AKT qo‘llash bilan bog‘liq muammolari, jumladan: dunyo internet tarmoqlarida tobora taraqqiy etib borayotgan turli ko‘ri­nishdagi noformal ta’lim birlashmalari, «real» ta’lim maskanlarini «virtual» lari bilan almashinuvi, masofaviy ta’lim va boshqalar.


    AKT rivojlanishining zamonaviy bosqichida nafaqat klassik ta’lim texnologiyalari, balki elektron ta’lim (e-learning) ham qanoatlantira olmaydigan ehtiyojlar kuzatiladi. Ayni vaqtda e-learning tizimidan Smart (ingl. — aqilli, mushohadali, harakatchan) e-lear­ning hamda Smart Education (aqilli ta’lim) ga o‘tish jarayoni bormoqda. Bu konsepsiya ta’lim sohasining barcha jarayonlarini, shuningdek, bu jarayonda qo‘llaniluvchi barcha usul va texnolo­giyalarni kompleks modernizatsiyasini mujassamlashtiradi. Smart konsepsiyasi ta’lim kesimida o‘zi bilan birga, «aqilli taxta», «aqilli ekran», ixtiyoriy nuqtadan Internetga chiqish kabi texnologiyalarni shakllantiradi. Ushbu texnologiyalarning har biri kontentni ishlab chiqish jarayonini yangidan qurish, yetkazib berish va aktuallashtirish imkonini beradi. Natijada ta’lim olishni nafaqat sinfda, balki uyda, ish joyida, jamoat joylarida, dam olish joylarida ham amalga oshirish mumkin bo‘ladi. Bunda ta’lim jarayonini baholovchi aso­siy element sifatida faol ta’lim beruvchi kontent maydonga chiqadi. Uning asosida vaqt va fazo tushunchalari to‘sig‘idan holi qiluvchi yagona repozitor yaratiladi .

    Download 8,19 Mb.
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   94




    Download 8,19 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Raqamli qtisodiyot va tadbirkorlik

    Download 8,19 Mb.