Amaliy mashg'ulot topshirig'i.
1.Ovoz yozuvchi va unga ishlov beruvchi dasturda ishlash haqida ma'lumot bering.
2.Windows OT muhitida ishlovchi video-fayllarga ishlov beruvchi dasturlar interfeysini izohlang.
3. Android muhitida ovozli video-fayllarni yozishni izohlab bering.
4. iOs muhitida ovozli video-fayllarni yozishni izohlab bering.
11-Amaliy mashg'ulot.
Mavzu: Web-hujjatlarni yaratishning onlayn va oflayn vositalari bilan ishlash.
Ishdan maqsad: Talabalarga Web-hujjatlarni yaratishning onlayn va offlayn vositalari bilan ishlash, WordPress CMS yordamida saytlar yaratish. WordPress da shablonlarni sozlash haqida ma'lumotlar berish, hamda talabalar olgan nazariy bilimlarini amaliyotda qo’llashi uchun bilim, ko’nikma va malaka hosil qilishdan iborat.
Nazriy ma'lumot.
Forum tushunchasi. Internet tarmog‘ida forumlar web-sayt ko‘rinishida bo‘ladi va Web-forum deb ataladi. Web-forum — web- sayt tashrif buyuruvchilarining o‘zaro muloqotini tashkil etish uchun mo‘ljallangan web- sayt sahifalari va uskunalari majmuyi. Qisqacha aytganda, forum bu web-saytning tashrif buyuruvchilari muloqot o‘rnatadigan maydonchasi. Bunda ixtiyoriy foydalanuvchi forum web-saytiga tashrif buyurib, o‘zini qiziqtirgan mavzuni o‘rtaga tashlashi va web-saytning boshqa tashrif buyuruvchilari bilan muhokama qilishlari mumkin. Forum muloqotning yana bir oddiy turi bo‘lib, unda ixtiyoriy vaqtda ixtiyoriy joydan qatnashish ham mumkin. Bunda biron-bir mavzu tanlanadi va u muhokamaga qo‘yiladi. Qatnashuvchilar muzokara bilan tanishib, o‘z fikrlarini jo‘natishlari mumkin. Bu usulda muhokamada qatnashayotganlarni ko‘rmaysiz, faqat ularning fikrlari bilan tanishib chiqish mumkin. Forumda turli-tuman reja muhokama qilinadi. Bunda biror mavzuni tanlab, ularning muhokamasida ishtirok etish mumkin. Milliy va xalqaro Internet forumlari. Internet forumlari alohida yo‘nalishlarga ixtisoslashgan yoki umumiy bo‘lishi mumkin. Ixtisoslashgan Internet forumlariga tibbiyot, dasturlash texnologiyalari, dizayn va moda, kompyuter o‘yinlari va transport vositalariga bag‘ishlangan forumlar misol bo‘ladi. Ixtisoslashgan forumlarda faqat mo‘ljallangan sohaga oid reja muhokama qilinadi, umumiy forumlarda esa ixtiyoriy mavzuni o‘rtaga tashlash mumkin. Xalqaro forumlar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
• Medicinform.ru forumi — tibbiyot sohasiga ixtisoslashgan bo‘lib, kasalliklar va ularni davolash, dori vositalar va ularni to‘g‘ri qo‘llash hamda tibbiyot bo‘yicha yuridik maslahat olish mumkin.
• Progz.ru forumi — dasturlash texnologiyalaridan foydalanish, kompyuter dasturiy vositalarini ishlab chiqish va dasturlash bilan bog‘liq yuzaga kelgan muammolarni muhokama qilishga mo‘ljallangan.
• Avtomobili.by forumi — avtomobil ishqibozlari forumi bo‘lib, unda avtomobil brendlari, rusumlari va turlari hamda ularni ta’mirlash, xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilish mumkin.
• Stopforum.ru forumi — kompyuter o‘yinlari forumidir. Bunda o‘yinlarning turlari, ularni o‘ynash sirlari va yuzaga kelgan muammolar muhokama qilinadi.
• Wild Design.ru forumida dizayn, moda va tasviriy san’at ixlosmandlari va ijodkorlari fikr almashishadi. Bundan tashqari, ijodkorlar asarlaridan bahramand bo‘lish mumkin.
Uforum.uz — milliy forumi. Uforum.uz — milliy forum hisoblanib, u respublikamizning axborot texnologiyalari, ta’lim, madaniyat, moliya, sog‘liqni saqlash sohalarida hamda davlat sektori va elektron hukumat tuzilmasida ro‘y berayotgan masalalar muhokamasini o‘z ichiga oladi. Forumlarda ishtirok etish tartibi:
• forumdan ro‘yxatdan o‘tish. Forum qoidalariga va O‘zbekiston Respublikasi Qonunlariga rioya qilish shart;
• forumdan ro‘yxatdan o‘tishda rasmiy shaxslar login uchun o‘zlarining haqiqiy ma’lumotlarini ism-sharifi, shuningdek, ish joyi va lavozimi ham majburiy shartlarga kiradi;
• ma’lumotlarni kiritish bilan birga foydalanuvchi profil uchun avatar sifatida surat ham taqdim etishi lozim;
• ma’lumotlarini oshkor qilishni istamagan foydalanuvchilar esa o‘zlari ma’qul deb topgan niklarni tanlashlari mumkin;
• senzuraga oid so‘zlashuv, haqorat, fleym, offtop, spam va reklama taqiqlanadi;
• insonlar shaxsiyatiga tegadigan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga zid muhokamalar, resurslarga ishoralar, fayllar va tasvirlar nashr qilish taqiqlanadi;
• O‘zbekiston Respublikasi Qonunlariga muvofiq tarzda faoliyat olib bormaydigan saytlarga ishorat joylash yoki shunday ma’lumotlarga ega bo‘lgan saytlardan ma’lumot joylash taqiqlanadi.
Bloglar va viki-saytdagi materialga izoh berish hamda m a’lumot qoldirish.
Blog — bu tarkibi matn, tasvir va multimedia ma’lumotlaridan iborat bo‘lgan doimiy ravishda qo‘shilib turiladigan ma’lumotlar yoki izohlardan iborat bo‘lgan sayt. Bloglar, odatda, u yoki bu material web-sahifasi tarkibida mavjud bo‘lib, materialga berilgan izohlarni o‘zida mujassamlaydi.
Viki — bu saytning o‘zi tomonidan taqdim etiladigan uskunalar yordamida uning tuzilmasini va tarkibini foydalanuvchilar o‘zgartira olish imkoniga ega bo‘lgan web-sayt.
Chat tushunchasi. Internetda chatdan foydalanish va muloqot qilish. Chat deganda real vaqt tizimida Internet tarmog‘i orqali xabarlarni tezkor almashish vositalari va ushbu muloqotni ta’minlab beruvchi dasturiy ta’minot tushuniladi. Forumlarga nisbatan chat tizimida muloqot qilish va xabarlar almashish real vaqt tizimida sodir bo‘ladi. Chat — bu bir vaqtning o‘zida bir necha foydalanuvchining Internet orqali muloqotidir. Bunda foydalanuvchilar, odatda, matn yozishish orqali yangiliklar bilan almashishadi yoki biror mavzuni muhokama qilishadi, gaplashishadi. Chat tizimida barcha foydalanuvchilar o‘zaro yozuv ko‘rinishidagi xabarlarni almashish orqali muloqot qiladi.
Internet konferensiyalar. Internet konferensiyalar — bu muayyan muammoni hal qilayotgan guruh ishtirokchilarining Internet tarmog‘i orqali o‘zaro axborot almashinish jarayonidir. Tabiiyki, bu texnologiyadan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar doirasi cheklangan bo‘ladi. Kompyuter konferensiyasi ishtirokchilari soni audio va videokonferensiyalar ishtirokchilari sonidan ko‘p bo‘lishi mumkin. Adabiyotlarda telekonferensiya atamasini ko‘p uchratish mumkin. Telekonferensiya o‘z ichiga konferensiyalarning uch turini: audio, video va kompyuter konferensiyalarini oladi. Audiokonferensiyalar. Ular tashkilot yoki firmaning hududiy jihatdan uzoqda joylashgan xodimlari yoki bo‘linmalari o‘rtasida kommunikatsiyalarni saqlab turish uchun audioaloqadan foydalanadi. Audiokonferensiyalarni o‘tkazishning eng oddiy texnika vositasi so‘zlashuvda ikkitadan ko‘p ishtirokchi qatnashuvini ta’minlaydigan qo‘shimcha qurilmalar bilan jihozlangan telefon aloqasi hisoblanadi. etmaydi, faqat uning ishtirokchilari o‘rtasida ikki tomonlama audioaloqadan foydalanishni ko‘zda tutadi. Audiokonferensiyalardan foydalanish qarorlar qabul qilish jarayonini yengillashtiradi, u arzon hamda qulay.
Videokonferensiyalar. Ular ham audiokonferensiyalar qanday maqsadlarga m o‘ljallangan b o ‘lsa, shunday maqsadlarga mo‘ljallangan, lekin bunda videoapparatura qo‘llaniladi. Ularni o‘tkazish ham kompyuter bo‘lishini talab etadi. Videokonferensiya jarayonida bir-biridan ancha uzoq masofada bo‘lgan uning ishtirokchilari televizor ekranida o‘zlari va boshqa ishtirokchilarni ko‘rib turishadi. Televizion tasvir bilan bir vaqtda ovoz ham eshitilib turadi. Videokonferensiyalar transport va xizmat safari xarajatlarini ancha qisqartirish imkonini bersa ham, aksariyat tashkilot yoki firmalar ularni faqat shu sababga ko‘ra qo‘llamaydilar. Bu firmalar bunday konferensiyalarda muammoni hal qilishga hududiy jihatdan ofisdan ancha uzoqda joylashgan ko‘p sonli menejerllar va boshqa xodimlarni ham jalb etish imkoniyatini ko‘radilar.
Web-portal tushunchasi. Web-portal (ing. «portal» — darvoza so‘zidan olingan) — bu Internet foydalanuvchisiga turli interaktiv xizmatlarni (pochta, izlash, yangiliklar, forumlar va h.k) ko‘rsatuvchi yirik web-sayt. Portallar gorizontal (ko‘p pejani qamrovchi) va vertikal (ma’lum mavzuga bag‘ishlangan, masalan, avtomobil portali, yangiliklar portali), xalqaro va mintaqaviy (masalan, uznet yoki runetga tegishli bo‘lgan), shuningdek, ommaviy va korporativ bo‘lishi mumkin. Internet tarmog‘ida mavjud bo‘lgan saytlarni bir necha xil toifalarga ajratish mumkin:
1. Ta’lim saytlari. Bu turdagi saytlarga ta’lim muassasalari, ilmiy- tadqiqot muassasalari va masofaviy ta’lim saytlari kiradi, masalan, edu.uz, eduportal.uz
2. Reklama saytlari. Bu turdagi saytlarga, asosan, reklama agentliklari va reklamalarni joriy qilish saytlari kiradi.
3. Tijorat saytlari. Bu turdagi saytlarga Internet do‘konlar, Internet to‘lov tizimlari va Internet konvertatsiya tizimlari saytlari kiradi, masalan, websum.uz, webmoney.ru, egold.com
4. Ko‘ngilochar saytlar. Bu turdagi saytlarga kompyuter o‘yinlariga, fotogalereyalarga, sayohat va turizmga, musiqa va kinonamoyishlarga bag‘ishlangan saytlarni kiritish mumkin, masalan, mp3.uz, melody.uz, cinema.uz
5. Ijtimoiy tarmoqlar saytlari. Bu turdagi saytlarga tanishish, do‘stlarni qidirish, anketalarni joylashtirish va o‘zaro muloqot o‘rnatishga bag‘ishlangan saytlarni kiritish mumkin, masalan, sinfdosh.uz, ud.uz, odnok1assniki.ru
6. Korxona va tashkilotlar saytlari. Bu turdagi saytlarga davlat korxonalari, xo‘jalik va boshqaruv organlari saytlari kiritiladi. Yangi saytni tashkil qilishdagi tashkiliy masalalardan bin bu domen nomini tanlash va uni ro‘yxatga olishdir. Ushbu jarayon O‘zbekistonda ham nomarkazlashgan tartibda tashkil etilgandir. Ya’ni Internetning UZ hududida taqsimlangan ro‘yxatga olish tizimi amal qiladi. Unga ko‘ra, uch darajali o‘zaro aloqalar modeli tashkil etilgan.
UZ domenining administratori. UZ domenining asosiy ro‘yxati (reyestr)ni boshqaruvchi davlat tomonidan vakolatlangan tashkilot bo‘lib, u UZ domenining rivojlanish yo‘nalishlarini ham belgilaydi. Milliy axborot resurslarining rivojlanishi va jahon axborot hamjamiyatiga kirib borishni hisobga olgan holda Internet tarmog‘i milliy segmentni rivojlantirish dolzarb masala hisoblanadi. 2000-yil 27-martda Internet manzillari va nomlarini belgilash Korporatsiyasi (ICANN) tomonidan imzolangan ccTLDuz ga homiylik qilish kelishuviga ko‘ra, O‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligining UZINFOCOM Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi O‘zbekistonning yuqori darajali UZ (ccTLDuz) domen zonasining ma’muri etib belgilangan. Milliy axborot resurslarini rivojlantirish bo‘yicha hukumat qarorlari va chora-tadbirlar rejasini amalga oshirish natijasida UZ milliy domen hududidagi domen nomlarining soni yildan yilga ortmoqda. Jumladan, 2015-yil 4-dekabr holatiga ko‘ra, UZ milliy domen hududidagi domen nomlarining soni 25060 tani tashkil etadi, yil boshiga nisbatan bo‘lgan o‘sish 124 % ga teng. Ro‘yxatga oluvchi UZ domenlarini ro‘yxatga oluvchi yuridik shaxs bo‘lib, UZ domenining ma’muriyati bilan o‘zaro shartnoma asosida domenlarni ro‘yxatga olish va domen nomi haqidagi zarur ma’lumotlarni asosiy ro‘yxat (reyestr)ga kiritilishini ta’minlovchi xizmatni amalga oshiradi. Domen nomining ma’muriyati (sayt egasi) — yuridik yoki jismoniy shaxs bo‘lib, domen uning nomiga ro‘yxatga olinadi. Demak, mazkur uchlikdagi har bir a’zo o‘z vazifasi va o‘z vakolatlariga egadir. Ta’kidlash kerakki, bizning UZ milliy Internet hududimizning tarkibi ko‘p jihatdan bularning eng so‘nggisi, ya’ni domen nomining ma’muriyatiga bog‘liq. Negaki, aynan sayt egalari mamlakat axborot makonining mazmuni va tarkibini yaratadi.
|