• 12-Amaliy mashgulot. Mavzu: Internet tarmogi xizmatlari (Google va boshqa xizmatlar). Ishdan maqsad
  • Nazariy malumot. E—mail
  • Internet orqali so ‘zlashuv
  • Internet orqali video muloqot.
  • Skype dasturi.
  • Mail Agent dasturi
  • Google Talk dasturi.
  • Amaliyot mashg'uloltining topshirig’i




    Download 8,19 Mb.
    bet62/94
    Sana06.01.2024
    Hajmi8,19 Mb.
    #131132
    1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   94
    Bog'liq
    AXBOROT TEXNOLOGIYALARI MAJMUA (1)

    Amaliyot mashg'uloltining topshirig’i:
    1. Onlayn tarjima (Google tarjima) bilan ishlashni bajaring.
    2. Of layn tarjima dasturi (m-n Dragon) bilan ishlash tasnifini keltiring.
    3.Onlayn lug‘at bab.la bilan ishlash tasnifini keltiring.
    4. Onlayn lug‘at Wordreference bilan ishlash tasnifini keltiring.
    5. Onlayn lug‘at Macmillan bilan ishlash tasnifini keltiring.
    6. O‘rganuvchi vosita Ankiweb bilan ishlash tasnifini keltiring.
    7. O‘rganuvchi vosita Memrise bilan ishlash tasnifini keltiring.
    8. Onlayn Chet tilidagi muhokamalar bilan ishlashni tushuntiring.
    9. Video koferensiyalar bilan ishlash tasnifini keltiring.
    10.Til o‘rganuvchi forumi blog ijtimoiy tarmog'i bilan ishlash tasnifini keltiring.
    11. Til o'rganuvchi forumi wiki ijtimoiy tarmog'i bilan ishlash tasnifini keltiring.
    12. Til o'rganuvchi forumi factbook ijtimoiy tarmog'i bilan ishlash tasnifini keltiring.
    13. Til o'rganuvchi forumi twiter ijtimoiy tarmog'i bilan ishlash tasnifini keltiring.
    14. Qidiruv tizimlari, ta’lim portali tushunchalarini izohlang.
    15. Pedagoglar hamkorligi qanday yo’lga qo’yiladi?


    12-Amaliy mashg'ulot.


    Mavzu: Internet tarmog'i xizmatlari (Google va boshqa xizmatlar).


    Ishdan maqsad: Talabalarga Internet tarmog‘i xizmatlari, elektron pochta, video muloqot va fazoviy texnologiyalar (Google apps va Microsoft) ulardan samarali foydalanish va ularning imkoniyatlari haqida ma'lumotlar berish, hamda talabalar olgan nazariy bilimlarini amaliyotda qo’llashi uchun bilim, ko’nikma va malaka hosil qilishdan iborat.


    Nazariy ma'lumot.

    E—mail bu ma‘lum elektron manzilta axborotni elektron usulda uzatish vositasidir. Elektron aloqa tushunchasi oddiy aloqa tushunchasiga o‘xshashdir. Haqiqatdan ham E—mail orqali xat jo‘natishda, siz oddiy xatdagidek satrlarni to‘ldirasiz, ya‘ni, yuboriladigan manzil yoziladi (faqat barcha nomlar va manzillar elektron holda bo‘ladi). Siz xatni «nusxalash» orqali bir necha manzillarga jo‘natishingiz, hatto xatga faylni «qo‘shib» yuborishingiz mumkin va hokazo.


    Elektron xatni jo‘natishdagi ishlar ham oddiy xatni jo‘natishga o‘xshaydi. Siz aloqa serveri (odatda ‘st offise protocol) bilan bog‘lanib, xatni «aloqa bo‘limiga olib borasiz». Keyin aloqa serveri xatni manzillar serveriga uzatadi, u erdan manzili ko‘rsatilgan kishi xatni «olib ketishi» mumkin.
    Elektron aloqa orqali ixtiyoriy ma‘lumotlar: matn, chizma, sxema, diagramma, rasm, jadval, musiqa va boshqalarni uzatish mumkin. Ma‘lumotlar ko‘rsatilgan manzilga bir zumda etkaziladi. Ma‘lumot oluvchi bo‘lmagan vaqtda aloqa qutisiga ma‘lumotni qayta-qayta uzatish va saqlash imkoniyati mavjud.
    Elektron pochtadan foydalanishga oid maslahatlar:
    ❖ Хatni printerda chop qilish uchun Fayl menyusida Pechat komandasini kiriting.
    ❖ Хatni alohida faylga yozib qo‘yish uchun Fayl menyusining Soxranitg‘ kak yoki
    Soxranitg‘ komandalaridan foydalaning.
    ❖ Keraksiz xatlarni Udalitg‘ komandasi yordamida yoki Delete tugmachasi yordamida
    o‘chiring.
    ❖ Хatlarni tartiblash mumkin, buning uchun Soobopyeniye va Peremestitp v komandalaridan foydalanishingiz mumkin. Jild Fayl. Papka, Sozdatp menyulari yordamida ochiladi.
    ❖ Хatni topish uchun Pravka menyusining Nayti soobo‘yeniye komandasidan foydalanishingiz mumkin.
    ❖ Savatdagi xatlarni baozan o‘chirishni unutmang.
    ❖ Katta xajmdagi ilovalarni arxivatorlar yordamida kichraytirib jo‘nating.
    ❖ Хatlarni alfavit, kelgan vaqti. Mazmuni va ilovasiga qarab tartiblashingiz mumkin.
    Bu Vid. Sortirovatp komandalari yordamida amalga oshiriladi.
    ❖ Хattga imzo kiritib qo‘yishingiz mumkin. Buning uchun Opsiyalar menyusida Podpisp punktini topib, unda imzoni ko‘rsatishingiz mumkin. Masalan. Ismingiz. Familiyangiz, lavozimingiz, ishxona nomi va manzilini. Тelefon. Faks nomerlarini berishingiz mumkin. Bu sizning ishingizni yengillashtiradi. Har gal bu ma`lumotni yozishga vaqtingizni sarflamaysiz. Bu vaqtni tejaydi va ishni qulaylashtiradi.
    Internet orqali so ‘zlashuv. Internet orqali o‘zaro muloqot deganda ikki yoki undan ortiq foydalanuvchilar bir vaqtning o‘zida bir- birlari bilan aloqa o‘rnatishi tushuniladi. Bunday muloqot jarayonida foydalanuvchilarning joylashuv o‘rni ahamiyatga ega emas, ya’ni ular qayerda bo‘lishidan qat’i nazar, Internet tarmog‘i orqali muloqot o‘rnata oladilar. Bunday so‘zlashuvlarni amalga oshirish uchun maxsus dasturlar bo‘lishi talab qilinadi. Bunday dasturlarga Skype, Mail Agent, Google Talk, ICQ kiradi. Internet orqali so‘zlashuv jarayonida mikrofon va eshitish qurilmasini kompyuterga ulab keltirilgan dasturlar yordamida foydalanuvchilar so‘zlashib muloqot qilishlari mumkin. Bunda Internet orqali muloqot jarayoni foydalanuvchiga tezkorligi, arzonligi hamda sifatliligi bilan qulayliklar yaratib beradi.
    Internet orqali video muloqot. Internet orqali video muloqot deganda foydalanuvchilar bir-birini kompyuter ekranida (onlayn tarzda) ko‘rib turishadi, ya’ni foydalanuvchilarning harakatli tasviri uzatiladi. Bu video aloqani amalga oshirib beruvchi qurilma web- kamera deb nomlanadi. Internet orqali video muloqot jarayonida muloqotda qatnashayotgan barcha foydalanuvchilar bir-birining gapini eshitib qolmay, balki ko‘rib ham turishadi.Web-kamera va uning ahamiyati. Web-kamera alohida qurilma bo‘lib, u kompyuter vositasiga ulanadi va Internet tarmog‘i orqali muloqotda ishlatiladi. Web-kameradan foydalanish va u orqali muloqot qilish uchun Internet tarmog‘i ulangan bo‘lishi hamda har bir foydalanuvchi kompyuterida web-kamera qurilmasi o‘rnatilgan bo‘lishi shart. Web-kamera foydalanuvchilarga ko‘p qulaylik yaratib beradi, ya’ni suhbat jarayonida foydalanuvchilar qayerda joylashganligidan qat’i nazar, bir-birlarini ko‘rib turishadi. Internet tarmog‘i orqali video muloqotlar Skype, Mail Agent, Google Talk, ICQ dasturlari orqali amalga oshiriladi.
    Skype dasturi. Skype — bu Internet orqali kompyuterlararo so‘zlashuv aloqasini ta’minlab beruvchi tizimdir. Skype tizimi Internet orqali mobil va uy telefonlariga qo‘ng‘iroq qilishda pulli xizmat ham ko‘rsatadi. Bundan tashqari, bu tizim yordamida chat sifatida matn xabarlarini yuborish, video qo‘ng‘iroqlar hamda konferens aloqani ham amalga oshirish mumkin. Video qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirishda web-kameradan foydalaniladi.
    Mail Agent dasturi. Mail.ru Agent — Mail.ru kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan, Internet orqali tezkor xabarlarni almashish dasturi. Mail.ru dasturi tezkor xabarlarni almashishdan tashqari, Internet orqali telefon qurilmalari yordamida so‘zlashish, video qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish, tekin SMS xabarlarni jo‘natish hamda elektron pochtaga kelib tushgan xatlar to‘g‘risida ogohlantirish imkoniyatini ham taqdim etadi.
    Google Talk dasturi. Google Talk dasturi Google kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan tezkor real vaqt tizimida xabarlarni almashish dasturi hisoblanadi. Google Talk dasturi matn ko‘rinishidagi xabarlarni almashish va tovushli o‘zlashish imkoniyatini taqdim etadi. Bundan tashqari, Google Talk dasturi Gmail elektron pochta tizimining xizmatchi dasturi bo‘lib, pochta qutisini boshqarish vazifasini ham bajaradi. Google Talk dasturidan foydalanish uchun Gmail tizimida elektron pochta qutisiga ega bo‘lish kerak.
    ICQ — hozirgi kunda eng ommabop bo‘lgan Internet muloqot dasturi hisoblanadi. Bu dasturning foydalanuvchilar soni 38 mln. dan oshib ketgan. Bu dasturda har bir foydalanuvchi shaxsiy raqamiga ega bo‘ladi. Qidiruvni amalga oshiradigan vaqtda ham ICQ raqamidan foydalaniladi. Foydalanuvchilar Internetga ulangan kompyuterda ushbu dasturni ishga tushiradi, shundan so‘ng dastur avtomatik ravishda ICQ xizmati serveri bilan bog‘lanadi. Bog‘lanish amalga oshirilgandan so‘ng xabarlar almashish mumkin.

    Download 8,19 Mb.
    1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   94




    Download 8,19 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Amaliyot mashg'uloltining topshirig’i

    Download 8,19 Mb.