Raqamli qtisodiyot va tadbirkorlik




Download 8,19 Mb.
bet67/94
Sana06.01.2024
Hajmi8,19 Mb.
#131132
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   94
Bog'liq
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI MAJMUA (1)

14-Amaliy mashg'ulot.


Mavzu: LMS maqsad va tuzilmasi.


Ishdan maqsad: Talabalarning LMS tizimining imkoniyatlari va ulardan foydalanish qoidalari haqidagi bilim, malaka va ko'nikmalarini shakllantirish.


Nazariy ma'lumot

LMS/LCMS tizimlari elektron ta’limni (masofaviy ta’lim jarayonini) tashkil etishning asosiy funksiyalarini o`z ichiga oladi. Bunday funksiyalar qatoriga o`quvchilarning (o`qituvchilarning, kurs yaratuvchi pedagoglarni va boshqalarni) ro`yxatga olish, foydalanuvchilarni o`quv kurslardan chetlashtirish, o`quvchilarning mustaqil ta’lim olish muhitini yaratish, o`quvchi va o`qituvchilarning o`zaro individual yoki guruh bo`lib, hamkorlikda ishlashini (Web2 elementlarini ishlatish orqali) tashkil etish, guruhlar yaratish va ularni boshqarish, oraliq, joriy va yakuniy nazoratlarni tashkillashtirish va elektron nazorat turlarini yaratish (elektron nazorat turlariga yopiq turdagi test, ochiq turdagi nazorat, moslikni topishga oid, ketma- ketlikni to`g`ri joylashtirish, bo`sh qoldirilgan joyni to`ldirish va boshqa turlari kiradi), har xil turdagi ijtimoiy so`rovlarni tashkillashtirish, o`quvchilarning bilim darajasini monitoring qilish, sertifikatlar (diplomlar) berish imkoniyati, elektron axborot resurslarini (elektron kutubxonalar) tashkillashtirish, elektron o`quv resurslarini eksport/import qilish imkoniyatlari, tizim foydalanuvchilarining (o`quvchilar, o`qituvchilar (tyutorlar), kurs yaratuvchi pedagoglarning) tizimga qachon, qancha vaqt davomida o`quv kontentlar bilan tanishganligi, qaysi IP-manzil orqali kirganligini (bu esa qaysi davlatdan tizimga kirganligini aniqlashga yordam beradi), brauzer va qaysi operatsion tizim orqali kirganligi, tizimda mavjud foydalanuvchilarning faolligini maxsus grafiklar orqali monitoring qilish imkoniyati, o`qituvchi (tyutor yoki elektron kurs yaratuvchi pedagoglar) tomonidan elektron o`quv-resurslarini yaratishi, Authoring toolslarda SCORM, TinCan yoki boshqa standartlar asosida yaratilgan elektron o`quv resurslarini yuklashi, o`quvchilarning boshqa o`quvchilar/o`qituvchilar bilan (Chat, Forum, videokonferensiya, umumiy elektron doskalar yoki tizimning ichki/tashqi xabarlar almashish moduli orqali) muloqotini tashkillashtirish, o`quv jarayonida bo`ladigan yangiliklarni barcha foydalanuvchilarga ommaviy xabar yuborib turuvchi modullarning mavjudligi, iqtisodiy va marketingga oid operatsiyalarni boshqarish va boshqa imkoniyatlarni sanab o`tish mumkin. Quyida masofaviy ta’lim jarayonini tashkillashtirish imkoniyatini beruvchi erkin va ochiq kodli LMS dasturiy majmualarning nomlari va ularning asosiy imkoniyatlari bo`yicha ma’lumotlarni bayon qilamiz. Atutor — Ochiq kodli ta’lim jarayonini boshqaruvchi LMS tizimi hisoblanadi. Tizimda mavjud o`qitish modullari: Forums, Materials, Messenger, Chat, Exercises, Group work, Student tracking va boshqa modullari mavjud. Tizim bir necha standartlarni qo`llab-quvvatlaganligi sababli, internet orqali jismoniy nuqsonga ega bo`lgan o`quvchi-talabalar tizim orqali o`quv resurslardan foydalanishlari mumkin. Xususan, ko`zi ojiz talabalar maxsus


web-ilovalar orqali tizimga bog`langan holda o`quv kontentdagi so`zlarni audio formatga o`tkazgan holda tinglashi mumkin.
Chamilo – tizimi ham boshqa LMS tizimlari singari IMS(IMS Content Packaging, IMS QTI) va SCORM standartlarini qo`llab-quvvatlaydi. Tizim kross- platformali hisoblanib, barcha operatsion tizimlarda ishlaydi. GPLv3 litsenziyasi asosida ish yuritadi. Bu tizimda kurslarni tashkillashtirishda sessiya nomli qo`shimcha moduli mavjud bo`lib, ma’lum kurslar yakuni bo`yicha lokal imtihon aratish imkonini beradi. Shuningdek, hisobot bo`limi orqali esa kurslar, imtihonlar va foydalanuvchilarning holati bo`yicha hisobot yaratiladi. Chamilo tizimida modullarning imkoniyatlari yildan-yilga takomillashib bormoqda. Xususan, hozirgi kunga kelib qolgan LMS tizimlarida mavjud modullarga qo`shimcha bo`lgan ochiq muloqot va videokonferensiya tashkil etish hamda taqdimot yaratish imkoniyatlari modullari ishlab chiqildi.
OLAT (Online Learning And Training) – tizimni ishlab chiqarish 1999-yil Syurix universitetida yaratila boshlangan, 2004-yildan boshlab dastur kodi ochiq kodlikka o`tdi. Hozirga kelib, tizimdan 50 000 ga yaqin foydaluvchi va 50 ga yaqin tashkilot foydalanib kelmoqda. Boshqa LMS lar singari IMS (IMS Content Packaging, IMS QTI) va SCORM standartlarni qo`llab-quvvatlaydi. OLAT dasturiy majmuasida mavjud o`quv modullari quyida keltirilgan: Content managing, Forums, File discussions, Quizzes with different kinds of questions,Wikis, Blogs, Podcast, Surveys, Chat va boshqa modullari mavjud. Apache License 2.0 asosida foydalanish mumkin. OLAT tizimini ishlatish uchun talab etiladigan dasturiy majmualar: Java SDK, Tomcat Servlet Engine, ma’lumotlar omboridan MySQL yoki PostgreSQL. OLAT dasturiy majmuasida foydalanuvchilar (administrator, o`qituvchi, o`quvchi) rollaridan foydalanishlari mumkin.
Dokoes – Clarolinening 1.4.2 versiyasidan ajralib chiqqan yangi dasturiy majmua hisoblanadi. Dokoes Claroline platformasini ishlab chiqqan dastlabki ishchi guruh bir necha a’zolarining ish mahsuli bo`lib, ular ta’lim muassasalari uchun yaratilgan Claroline tizimidan farqli ravishda, davlat korxonalarining ishchi xodimlariga moslashtirishni maqsad qilishdi va amalga oshirishdi. Dokoes dasturiy majmuasining 2 turdagi versiyalari ishlab chiqarilgan, ular Dokoes Free – bepul va Dokoes Pro – bepul bo`lmagan, qo`shimcha modullarga ega bo`lgan dasturiy paketlaridir. Lekin Dokoes Free versiyasi yordamida ta’lim jarayonini tashkillashtirish uchun kerak bo`ladigan barcha o`quv modullari mavjud. Tizimning mavjud o`quv elementlaridan va o`qitish modullaridan ta’lim muassasalarida ham foydalanish mumkin. Hozirgi vaqtda LMS larining ko`pchiligi ijtimoiy tarmoqlardagi mavjud g`oya asosida o`zlarining ishchi muhitlarini shunday tarmoqlarga moslashtirmoqda. Shunga ko`ra, bu tizimda ham ijtimoiy tarmoq elementlari keng kiritilgan. Yuqorida keltirilgan LMS tizimlari singari Dokoes dasturiy majmuasi ham SCORM standartini qo`llab-quvvatlaydi. Bu esa ushbu standartni qo`llab- quvvatlaydigan boshqa LMS tizimlariga o`quv kurslarini eksport/import qilish imkoniyatini beradi.
Sakai – dunyoning ko`pgina ta’lim muassasalarida keng foydalanib kelinayotgan navbatdagi ochiq kodli GNU GPL litsenziyasi asosida erkin tarqatiluvchi dasturiy majmua hisoblanadi. Boshqa LMS tizimlaridan farqi shundaki, tizim to`liq JAVA tilida yozilgan. Shu sababli tizim kross-platformali hisoblanadi. Sakai dastur majmuasining o`zida ma’lumotlar ombori mavjud bo`lib, agar foydalanuvchilar soni kam bo`lsa, tizimning ichki ma’lumotlar omboridan foydalanish mumkin. Agar foydalanuvchilar soni ko`p bo`lsa, u holda MySQL yoki Oracle ma’lumotlar omborida ishlashi mumkin. Sakai dastur majmuasida ta’lim
jarayonini boshqarish imkoniyatini beruvchi quyidagi umumiy modullar mavjud:
 Announcements (E’lonlar) – tizim foydalanuvchilariga tegishli e’lonlarni yetkazish uchun xizmat qiladi;
 Drop Box (Fayllar almashinuvi) – talabalar/o`qituvchilar vao`qituvchilar/talabalar o`rtasida (shaxsiy) hujjatlar almashinuvini ta’minlashga xizmat qiladi;
 Email Archive (Elektron pochta arxivi) – bu modul orqali tizimdagi foydalanuvchilarning pochta xabarlari tizimning arxiv pochtasida saqlanadi;
 Resources (Resurslar) – tizim ichidagi foydalanuvchilar o`zlarining o`quv resurslarini saqlashlari va ularni jamoaga e’lon qilish imkoniyati;
 Chat Room – on-line ravishda tizim ichidagi foydalanuvchilar o`rtasida aloqani o`rnatish muhiti;
 Forums – biror-bir mavzu bo`yicha diskussiya mavzularini ochish mumkin. On-line muloqotdagi chatdan farqli ravishda bu modul orqali off-line ravishda muammoli vaziyatlarni tahlil qilish mumkin;
 Message Center (Xabarlar markazi) – tizim foydalanuvchilari o`rtasida ichki xabarlar almashish moduli;
 News/RSS - RSS dinamik yangiliklarini o`zingizning kompyuteringizga eksport qilish imkoniyati;
 Poll tool (So`rovlar o`tkazish) – tizim ichida har xil so`rovlar o`tkazish imkoniyati;
 Presentation (Prezentatsiya) – bir vaqtning ichida bir nechta foydalanuvchilar uchun fayllarni taqdimot qilish imkoniyatini beruvchi modul;
 Profile/Roster – tizimda mavjud foydalanuvchilarning shaxsiy profillari bilan ishlash moduli;
 Repository Search – tizim ichidagi ma’lumotlarni qidirish mod



Download 8,19 Mb.
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   94




Download 8,19 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Raqamli qtisodiyot va tadbirkorlik

Download 8,19 Mb.