• Bajardi
  • Nazariy ma’lumot
  • Raqamli qurilmalar” fanidan 9-laborotoriya ishi




    Download 0,73 Mb.
    bet1/2
    Sana25.12.2023
    Hajmi0,73 Mb.
    #128179
      1   2
    Bog'liq
    9-lab



    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI

    Raqamli qurilmalar” fanidan


    9-laborotoriya ishi





    Bajardi:Tirkashev.Sh


    Tekshirdi: Indiaminov R

    Mavzu: Turli chastotali va uzluksiz signal generatorini loyihalashtirish
    Ishning maqsadi: Raqamli signallarini shakllantirish sxemasini Logic
    Converter asosida tadqiq etish.
    Nazariy ma’lumot
    Taktli impuls generatori (taktli chastota generatori) raqamli qurilmalar -
    kompyuterlar, EHM lar, elektron soatlar, taymerlar va boshqalarda turli
    jarayonlarni sinxronlashtirish uchun mo'ljallangan. U ma'lum bir chastotaning
    elektr pulslarini (odatda to’gri burchakli shakl) hosil qiladi, bu ko'pincha etalon
    sifatida ishlatiladi - impulslar sonini hisoblashda siz, masalan, vaqt oralig'ini
    o'lchashingiz mumkin.
    MikroEHMlar, turli avtomatlar, ilmiy tajribalarni olib borishni boshqaradi.
    Bu va boshqa qurilmalar, oʻlchov asboblari va tizimlarida uzluksiz (analog)
    elektr signallari bilan ishlaydigan elektr datchiklar ishlatiladi. Datchik va ijro
    organlari (masalan, elektrodvigatellar) ni mikroEHM bilan bogʻlash uchun
    analog signalni shu signal amplitudasiga proporsioanl songa oʻzgartirish va
    aksincha oʻzgartirish talab qilinadi.
    Analog shakldagi ma’lumotni raqamli shaklga oʻzgartirish prinsipini
    richagli tarozilarda oʻlchash jarayoni bilan solishtirish mumkin. Tarozida
    oʻlchashni amalga oshirish uchun uning bir elkasiga noma’lum ogʻirlikdagi yuk
    qoʻyiladi, ikkinchi elkasiga esa, toshlar. Toshlar (masalan 1 g ogʻirlikdagi)
    tarozi muvozanat qolga kelguncha qoʻyilib boriladi. Toshlar soni yukning
    grammlardagi vazniga toʻgʻri keladi. 1 g. Ogʻirlikdagi toshlar bilan oʻlchanganda
    analog kattalik 0,5 g. xatolik, 10 g.li toshlar bilan oʻlchanganda esa 5 g. xatolik
    bilan oʻlchanadi. Bu xatolik kvantlash xatoligi deb ataladi.
    Oʻlchash algoritmiga mos ravishda richagli tarozi rolini ikki kirishli
    solishtirish sxemasi (komparator) bajaradi. Tarozining bir elkasiga oʻzgarmas
    kattalikdagi oʻlchanayotgan kuchlanish oʻrnatiladi, ikkinchi elkasiga raqamli
    datchik nazorati ostida pogʻonasimon ortib borayotgan kuchlanish beriladi.
    Kuchlanishning har bir pogʻonasi tarozi elkasiga qoʻshimcha tosh qoʻyish amaliga
    mos keladi. Olingan ma’lumot esa tarozilar muvozanatga kelgach qayd etiladi.
    Solishtirish jarayoni maxsus signal yordamida startstop trigger
    sxemasining ishga tushirilishi bilan boshlanadi. Triggerli sxema pogʻonasimon
    ortib boruvchi kuchlanish generatori va ikkilik hisoblagichni boshqaruvchi
    toʻgʻri burchakli impulslar shakllantiradi. Bu generator pogʻonpsimon kuchlanish
    ishlab chiharadi, hisoblagich esa hisobni noldan boshlaydi.
    Pogʻonasimon kulchanish kirish bilan tenglashsa, uni komparator qayd etadi,
    startstop trigger dastlabki holatiga qaytadi va toʻgʻri burchakli signallarning
    kelishi qoʻshimcha mantiqiy element yordamida blokirovka qilinadi.
    Bunday sodda oʻzgartirish sxemasi yordamida analog kattalik raqamli
    shaklga ancha uzoq vaqt davomida oʻzgartiriladi, chunki pogʻonasimon
    kuchlanish ketma-ket kiritiladi.
    Oʻzgartirish vaqtini qisqartirish maqsadida pogʻonasimon kuchlanish
    generatori raqamli-analog oʻzgartirgich bilan almashtiriladi. Shuning uchun analograqamli oʻzgartirgich (AROʻ) sxemasiga raqamli-analog oʻzgartirgich (RAOʻ)
    sxemasi bilan tanishib boʻlgach qaytamiz.
    Kompyuterlar va komunikatsiya vositalari zamonaviy axborot
    texnalogiyalarining asosi bo‘lib, ular insonlarni yaqinlashtiradi. Axborot bir joydan
    ikkinchi joyga tezkor etib boradi, yangiliklar tez tarqaladi. Kompyuter yordamida
    aloqa qilish uchun foydalanuvchiga modem zarur bo‘ladi.
    Uzatilayotgan ma’lumot tovush, matn yoki videotasvir iborat bo‘lishi
    mumkun.
    Ma’lumotlar ikki turdagi signallar yordamida uzatilishi mumkin: analogli va
    raqamli. Analogli signallar uzluksiz uzatiladi. Raqamli esa diskret shaklida.
    Analog signallar (uzluksiz to‘lqinlar). Kommunikatsiyaning eskirgan
    vositalari: telefon, radio va televideniya analogli signallar bilan ishlashga
    mo‘jallangan. Analog signal tashuvchi to‘lqin deb ataluvchi uzluksiz elektrlik
    signallardan tashkil topgan to‘lqindan iborat. Analogli tashuvchi to‘lqinlarning ikki
    asosiy ko‘rsatkichi chastota va amplitudadan iborat:
    Chastota –to‘lqin tebranishlarning vaqt birligida (sekund) necha marta
    to‘liq takrorlanishini bildiruvchi son.
    Amplituda – berilgan vaqt oralig‘ida to‘lqinning maksimal balandligi.
    Analogli signal deb - analog signal amplitudasining maksimal va minimal
    oralig‘da cheksiz qiymatlar sonini qabul qilinishga aytiladi.



    Download 0,73 Mb.
      1   2




    Download 0,73 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Raqamli qurilmalar” fanidan 9-laborotoriya ishi

    Download 0,73 Mb.