99
ma’lumotlarni yig‘ishni rejalashtirish;
xavf ma’lumotlarini yig‘ish;
xatarlarni ustuvorlashtirish.
13.2-rasm. Microsoft metodologiyasi asosida xavfni baholash bosqichlari.
2. Qarorlarni qo‘llab-quvvatlash bosqichi:
xatarlarni kamaytirish uchun funksional talablarni aniqlash;
nazorat qilish uchun mumkin bo‘lgan yechimlarni tanlash;
yechimni tekshirish va tavsiya etilgan
boshqaruv elementlarining
funksional talablarga muvofiqligini tekshirish;
xavflarni kamaytirishni baholash – xavf-xatarlarga ta’sir qilish yoki
yuzaga kelish ehtimolini kamaytirishni baholash;
qaror qabul qilish xarajatlarini baholash –
xavfni zararsizlantirish
bo‘yicha qarorlar bilan bog‘liq to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bilvosita xarajatlarni
baholash;
xavfni kamaytirish strategiyasini tanlash - xarajat/foyda tahlili orqali
xavfni kamaytirishning eng tejamkor yechimini aniqlash.