• O‘zgartirish
  • Soxtalashtirish
  • Xatarlarni baholash
  • Raqamli qurilmalarda axborotning dasturiy himoyalari




    Download 5,25 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet31/87
    Sana29.11.2023
    Hajmi5,25 Mb.
    #107440
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   87
    Bog'liq
    Raqamli qurilmalarda axborotning dasturiy himoyalari qo\'llanma

    Tutib olish jarayoni oqibatida g‘arazli shaxslar dasturiy vositalar va 
    axborotlarning turli magnitli tashuvchilariga kirishni qo‘lga kiritadi. Dastur va 
    ma’lumotlardan noqonuniy nusxa olish, kompyuter tarmoqlari aloqa kanallaridan 
    nomualliflik o‘qishlar va hokazo harakatlar tutib olish jarayonlariga misol bola 
    oladi. 
    O‘zgartirish, ushbu jarayonda yovuz niyatli shaxs nafaqat kompyuter tizimi 
    komponentalariga (ma’lumotlar to‘plamlari, dasturlar, texnik elementlari) kirishni 
    qo‘lga kiritadi, balki ular bilan manipulyatsiya (o‘zgartirish, ko‘rinishini 
    o‘zgartirish) ham qiladi. Masalan, o‘zgartirish sifatida g‘arazli shaxsning 
    ma’lumotlar to‘plamidagi ma’lumotlarni o‘zgartirishi, yoki umuman kompyuter 
    tizimi fayllarini o‘zgartirishi, yoki qandaydir qo‘shimcha noqonuniy qayta 
    ishlashni amalga oshirish maqsadida foydalanilayotgan dasturning kodini 
    o‘zgartirishi tushuniladi. 
    Soxtalashtirish jarayoni yordamida g‘arazli shaxslar tizimda hisobga 
    olinmagan vaziyatlarni o‘rganib, undagi kamchiliklarni aniqlab, keyinchalik o‘ziga 
    kerakli harakatlarni bajarish maqsadida tizimga qandaydir soxta jarayonni yoki 
    tizim va boshqa foydalanuvchilarga soxta yozuvlarni yuboradi. 
    Axborot xavfsizligida xavf-xatarlar – himoya obyektiga qarshi qaratilgan 
    harakatlardir. Axborot xavfsizligining xavflarini keltirib chiqarish omillari, ichki 
    va tashqi bo‘lishi mumkin. Demak, shulardan kelib chiqqan holda axborot 
    xavfsizligida xavf-xatarlar uchta asosiy guruhlarga bo‘linadi: 


    96 
     subyekt ta’siridagi xavf-xatarlar (antropogen xavf-xatar); 
     texnik vositalar ta’siridagi xavf-xatarlar (texnogen xavf-xatar); 
     tabiat ofatlari xavf-xatarlari. 
    Xatarlarni baholash xavflarni boshqarish jarayonining bir qismi bo‘lib, 
    belgilangan maqsadlarga erishish yo‘llarini aniqlaydigan, xavfni aniqlash zarurati 
    to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun xavfli hodisalarning oqibatlari va ehtimolini 
    tahlil qiladigan tizimli jarayondir. Xatarlarni baholash – bu identifikatsiyalash, 
    tahlil qilish va qiyosiy xavfni baholashni birlashtirgan jarayonidir. Xavf-xatar 
    butun tashkilot, uning bo‘limlari, alohida loyihalari, faoliyati yoki ma’lum bir 
    xavfli hodisa uchun baholanishi mumkin. Shuning uchun turli vaziyatlarda 
    xatarlarni baholashning turli usullari qo‘llaniladi. 
    Xatarlarni baholash orqali quyidagi imkoniyatlarni amalga oshirish mumkin: 
    ­ yuz berishi mumkin bo‘lgan hodisalar va ularning sabablarini aniqlash; 
    ­ bu hodisalar natijasida kelib chiqadigan oqibatlarni o‘rganish; 
    ­ 
    ularning paydo bo‘lish ehtimolini ko’rish; 
    ­ salbiy ta’sirlarni yoki xavfli vaziyatlarning yuzaga kelishi ehtimolini 
    kamaytirish omillarini o’rganish. 

    Download 5,25 Mb.
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   87




    Download 5,25 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Raqamli qurilmalarda axborotning dasturiy himoyalari

    Download 5,25 Mb.
    Pdf ko'rish