168
Kompyuter tarmoqlari va ma’lumot tashuvchi qurilmalarini fizik himoyalash
bo‘yicha tadbirlarni yollangan himoya tashkilotlar xodimlariga yuklash mumkin
emas. Fizik choralar orasida ma’lumotlar tashuvchi qurilmalar mavjud bo‘lgan
bino va inshootlarga muhofazalangan kirish tizimi, tashrif buyuruvchilar kirishini
nazorat qilishni tashkil qilish, turli kirish darajalarini o‘rnatish ham ko‘zda tutilgan
bo‘lishi lozim. Fizik himoya choralariga muhim ahamiyatga ega bo‘lgan
ma’lumotlarni Internet tarmog‘i bilan ulanmagan kompyuterlar disklariga ko‘chirib
nusxalash ham kiritilishi zarur. Shartli ravishda nafaqat parollar o‘rnatish, balki
ularni tez-tez almashtirib turish lozim.
Texnik choralar
Kompyuter tarmog‘ining butun perimetrini himoyalash kompleks tizimini
maxsus dasturiy mahsulotlar ta’minlashi zarur, masalan, Professional tizimlarni
joriy qilishni moliyaviy ahvoli imkon bermaydigan ta’lim muassasalari ruxsat
berilgan va tavsiya qilinadigan dasturiy himoya vositalaridan, masalan,
antiviruslardan foydalanishi zarur. Xavfsizlikka tahdid solayotgan xavflarni
aniqlovchi va ularni bartaraf etish uchun tegishli choralarni ko‘ruvchi DLP-tizimlar
va SIEM-tizimlar.
Antiviruslardan foydalanish
Muayyan saytlarga kirishini cheklovchi dasturiy ta’minotlar (kontent-filtrlar)