166
26-MAVZU. AXBOROT TIZIMLARI VA KOMPYUTER
TARMOQLARIDA AXBOROTLARNI HIMOYA QILISH
Reja:
1. Axborot tizimlari va kompyuter tarmoqlarida axborotlarni himoya qilish.
2. Tarmoq haqida ma'lumot olish uchun
xavfsizlik skanerlaridan
foydalanish.
3. Tarmoq skanerlari
Kalit so‘zlar: Insoniy, dasturiy, apparatli, ma’limotlarga tajovuz, himoya
choralari, ma’naviy-estetik usul, fizik choralar, DLP-tizimlar.
Butun jahon axborot makonining yaratilishi komputerlarning ommaviy
ishlatilishi hamda computer tizimlarining rivojlanishi axborotlarni himoyalashning
kompleks muammolarini keltirib chiqaradi. Bu tizimlarda
ishonchli himoyani
tashkil etish katta moddiy va moliyaviy xarajatlarni murakkab tadqiqotlarni talab
etadi.
Shuningdek, axborotlarning qimmatligiga qarab himoya xarajatlarining
optimal maqsadga muvofiq darajasini ishlab chiqish zarurati tug‘iladi.
Yuqori
darajada axborot xavfsizligini ta‘minlovchi xarajatlarni hisoblash mumkin bo‘lgan
tajovuzlarni to‘liq o‘rganish, har birining xavflilik darajasini aniqlashni taqozo
etadi.
Insoniy: Ma’lumotlar vaqtinchalik tashuvchilarga
nusxalash yoki elektron
pochta orqali jo‘natish yo‘li bilan o‘g‘irlanishi mumkin.
Dasturiy: Ma’lumotlarni o‘g‘irlashda maxsus dasturiy ta’minotlardan
foydalaniladi
Apparatli: U maxsus texnik vositalardan foydalanish yoki telefon kanallari
orqali elektromagnit nurlarining o‘g‘irlanishi bilan bog‘liq.