• 5330500 - “ Kompyuter injiniringi (Kompyuter injiniringi) ” va 5350100- “Telekommunikatsiya texnologiyalari” yonalishi talabalari uchun
  • (2021 y «__» ___________№ __ bayonnoma
  • 1-LABORATORIYA ISHI Mavzu: ELECTRONICS WORKBENCH AMALIY DASTURIY PAKETINI ORGANISH Ishdan maqsad
  • Raqamli qurilmalarni loyihalashga kirish” fanidan laboratoriya ishlarini bajarish bo'yicha uslubiy qo'llanma 5330500




    Download 10,03 Mb.
    bet1/32
    Sana20.02.2024
    Hajmi10,03 Mb.
    #159348
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
    Bog'liq
    Рақамли қурилмаларни лойиҳалаш (Амалий)


    O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI ALOQA, AXBOROTLASHTIRISH VA TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI DAVLAT QO'MITASI
    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
    SAMARQAND FILIALI

    Raqamli qurilmalarni loyihalashga kirish”




    fanidan laboratoriya ishlarini bajarish bo'yicha uslubiy qo'llanma

    5330500 - Kompyuter injiniringi (Kompyuter injiniringi) va
    5350100- “Telekommunikatsiya texnologiyalari” yo'nalishi
    talabalari uchun


    SAMARQAND - 2021

    Mualiflar: A.Abdukarimov, S.T.Kubayev, A.C.Narkulov. /ТAТU Samarqand filiali, 82 bet, Samarqand, 2021.

    Ushbu uslubiy qo'llanma 5330500 - “Kompyuter injiniringi (Kompyuter injiniringi)” va 5350100 - “Telekommunikatsiya texnologiyalari” yo'nalishida tahsil oluvchi talabalarga mo'ljallangan bo'lib, uning asosiy maqsadi talabalarni “Raqamli qurilmalarni loyihalashga kirish” kursi bo'yicha laboratoriya ishlarini bajarishning asosiy talablari bilan tanishtirish va ularga rioya qilgan holda bajarishni o'rgatish.


    ТAТU Samarqand filiali o'quv metodik Kengashi qaroriga muvofiq chop etildi




    (2021 y «__» ___________№__ bayonnoma).
    Тaqrizchilar: Fizika-matematika fanlari doktori, dotsent R.Sh.Indiaminov

    Texnika fanlari nomzodi, dotsent Q.A.Bekmurodov






    MUNDARIJA







    Kirish

    3

    1-laboratoriya

    Electronics Workbench amaliy dasturiy paketini






    ishi

    o'rganish

    5

    2-laboratoriya

    Kombinatsion HAM, YOKI mantiqiy elementlarini




    ishi

    o'rganish va loyihalashtirish

    12

    3-laboratoriya

    Kombinatsion HAM-EMAS, YOKI-EMAS mantiqiy




    ishi

    elementlarini o'rganish va loyihalashtirish

    18

    4-laboratoriya

    Kombinatsion ISTISNO-YOKI mantiqiy elementini




    ishi

    o'rganish va loyihalashtirish

    22

    5-laboratoriya

    Mantiqiy elementlardan foydalanib R-S triggerini




    ishi

    loyihalashtirish va tadqiqot qilish

    24

    6-laboratoriya

    J-K triggerini loyihalashtirish va tadqiqot qilish

    30

    ishi







    7-laboratoriya

    D- triggerini loyihalashtirish va tadqiqot qilish

    35

    ishi







    8-laboratoriya

    Kombinatsion yarim jamlovchi qurilmani loyihalashtirish




    ishi

    va ish tartibini o'rganish

    39

    9-laboratoriya

    Kombinatsion jamlovchi qurilmani loyihalashtirish va ish




    ishi

    tartibini o'rganish

    43

    10-laboratoriya

    Shifrator qurilmasini loyihalashtirish va ish tartibini




    ishi

    o'rganish

    50

    11-laboratoriya

    Deshifrator qurilmasini loyihalashtirish va ish tartibini




    ishi

    o'rganish

    57

    12-laboratoriya

    Asinxron hisoblagichni loyihalashtirish

    61

    ishi







    13-laboratoriya

    Raqamli signal generatorini loyihalashtirish

    65

    ishi







    14-laboratoriya

    Registr sxemasini loyihalashtirish va ishlash tamoyilini




    ishi

    o'rganish

    71

    15-laboratoriya

    Kod o'zgartiruvchilarni loyihalashtirish

    76

    ishi










    Foydalanilgan adabiyoтlar

    79



    KIRISH

    Mazkur qo'llanma 5330500 - “Kompyuter injiniringi(Kompyuter injiniringi)” va 5350100- “Telekommunikatsiya texnologiyalari” yo'nalishidagi talabalar uchun “Raqamli qurilmalarni loyihalashga kirish” fanidan rejalashtirilgan 8ta laboratoriya ishlarini bajarish bo'yicha uslubiy qo'llanma sifatida xizmat qiladi. Har bir laboratoriya ishi 4 soatga mo'ljallangan bo'lib, ulardan 2 soati amaliy mashg'ulotlarni bajarish va rasmiylashtirishga hamda 2 soati laboratoriya ishlarini himoya qilishga mo’ljallangan.


    Har bir ish quyidagi qismlardan iborat bo'lishi kerak:



    • ishning maqsadi;




    • nazariy qism;




    • topshiriq variantlari;




    • hisobot mazmuniga talablar;




    • nazorat savollari.

    Тalaba har bir ish yakuni bo'yicha hisobot tayyorlashi va nazorat savollariga javob berishi kerak.


    Hisobot o'z ichiga quyidagi bo'limlarni olishi kerak:



    • variant mavzusining nomi;




    • ishning maqsadi;




    • nazariy qism;




    • sxema;




    • foydalanuvchi interfeysi;




    • dastur kodi.

    Ikkita ishni o'z vaqtida bajarmagan va himoya qilmagan talabalar keyingi laboratoriya ishlarni bajarishga ruxsat berilmaydi.




    1-LABORATORIYA ISHI
    Mavzu: ELECTRONICS WORKBENCH AMALIY DASTURIY PAKETINI O'RGANISH
    Ishdan maqsad: Kombinatsion mantiqiy sxemalarda loyihalashtirish loyihalashtirish Electronics Workbench amaliy dasturiy paketi bilan ishlash ko’nikmasini hosil qilash.


    1. Nazariy qism

    Raqamli qurilmalarni loyihalashtirishda mantiqiy elementlarning o'rni juda muhim. Ular boshqaruv tizimini ma’lum ketma-ketlikdagi oddiy mantiqiy amallar (operatsiyalar) ko'rinishida ifodalash mumkin. Mantiqiy amallarni bajarish uchun mo'ljallangan elementlarga mantiqiy elementlar deyiladi.


    Mantiqiy amallarni bajarishga mo'ljallangan mantiqiy elementlar turli xildagi elektr sxemalarida har xil texnik vositalar: rele-kontaktli elektrik elementlar, kontaktsiz elementlar asboblar va boshqalar ishtirokida tuziladi.
    Mantiqiy elementlar boshqaruv ob’ektining holatini unga kelayotgan signallar ko'rinishiga qarab, berilgan mantiqiy shartlar asosida diskret (saqlab) o'zgartira oladigan moslamalar hisoblanadi. Sistema funksiyasini belgilab beradigan bunday shartlar mantiqiy boshqaruv algoritmi deyiladi. Mantiqiy elementlardan foydalanilgan har qanday holatda ob’ektning holati uning ijrochi organlarini ulash yoki o'chirish yo'li bilan diskret o'zgaradi. Ya’ni har qanday mantiqiy element aniq bir mantiqiy amalni bajarish barobarida faqatgina ikkita holatda bo'lishi mumkin: “nol” - agarda ob’ekt tarmoqqa ulanmagan bo'lsa (signal yo'q), “bir” - agar ob’ekt tarmoqqa ulangan bo'lsa (signal bor).
    Raqamli texnikada ikkita holatga ega bo’lgan, nol va bir yoki “rost” va “yolg’on” so’zlari bilan ifodalanadigan sxemalar qo’llaniladi. Biror sonlarni qayta ishlash yoki eslab qolish talab qilinsa, ular bir va nollarning ma'lum kombinatsiyasi ko’rinishida ifodalanadi. U holda raqamli qurilmalar ishini ta'riflash uchun maxsus matematik apparat lozim bo’ladi. Bunday matematik apparat Bul algebrasi yoki Bul – mantiqi deb ataladi.
    Elektroniks WorkBench ilovasi dasturi elektr va mantiqiy element zanjirlarning imitatsiyasini ifodalaydi.
    Foydalanuvchining interfeysi menyu tizimi, vositalar paneli va ish hududidan iboratdir.
    Menyu tizimi quyidagi komponentlaridan iborat: faylar bilan ishlash menyusi (File), tahrir menyusi (Edit), zanjirlar bilan ishlash menyusi (Circut), sxemalar analizi menyusi (Analysis), oynalar bilan ishlash menyusi (Window), ma’lumot fayli bilan ishlash menyusi ( Help).
    Vositalar paneli «tez tugmachalar» dan: sxemani yoqish yoki o’chirish tugmalari, radioelektron analog va raqamli qismlarining yig’masi, indikatorlari, boshqaruv moslamalaridan iborat.



    Download 10,03 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




    Download 10,03 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Raqamli qurilmalarni loyihalashga kirish” fanidan laboratoriya ishlarini bajarish bo'yicha uslubiy qo'llanma 5330500

    Download 10,03 Mb.