• Annotatsiya
  • Kalit so’zlar
  • Raqamli ta’lim muhitida pedagoglarni samarali ishlashi uchun kompetensiyalarni




    Download 22,26 Kb.
    Sana15.05.2024
    Hajmi22,26 Kb.
    #236421

    Raqamli ta’lim muhitida pedagoglarni samarali ishlashi uchun kompetensiyalarni shakllantirish

    Ilhom Ismatovich Raxmatov ilhomrahmatov61@gmail.com Buxoro davlat universiteti Shodiya lhomovna Raxmatova Osiyo xalqaro universiteti




    Annotatsiya: Maqolada raqamli kompetensiyalar to’g’risida fikr yuritilgan bo’lib uni rivojlantirish yo’nalishlari ko’rsatilgan. O’qituvchini yangi raqamli kompetensiyalariga qanday bo’lishi jahon pedagogikasi misolida bayon qilingan. Raqamlashtirish kompyuterlashtirishni joriy qilinishi, hayotni va jamiyatni barcha sohalariga ham o’z ta’sirini ko’rsatmoqda. Raqamli ta’limda shubhasiz ta’lim tub o’zgarishlarga uchraydi. Shundan kelib chiqib pedagoglarni tayyorlash kasbiy tayyorgarlik integratsiyalashadi. Bunda pedagoglar yanada sifat jihatdan yangi kasbiy kompetensiyalarga ega bo’ladi. Chunki ta’limni raqamlashtirilganida ularni pedagogik faoliyati samaradorligi oshishi kerak.
    Kalit so’zlar: raqamlashtirish, ta’limni raqamlashtirish, ta’lim muhiti, malaka kompetensiyasi, pedagog, pedagogning raqamli kompetensiyalari


    Formation of competencies for the effective use of teaching in the digital educational environment

    Ilkhom Ismatovich Rakhmatov Bukhara State University Rakhmatova Shodiya Ilhomovna International University Asia




    Abstract: The article reflects on digital competence and shows the directions of its development. The introduction of digitalization has an impact on all spheres of life and society. In digital education, education will undergo fundamental changes. Accordingly, teacher training will be integrated with professional training. At the same time, teachers will be qualitatively new. They will have professional training. competencies. Because digitalization of education should increase the efficiency of their teaching activities.
    Keywords: digitalization, digitalization of education, educational environment, professional competence, teacher, digital competencies of a teacher Butun dunyoda hozir katta e’tibor ostida turgan tushunchalar bular “raqamli savodxonlik, “raqamli ta’lim”, “raqamli ta’lim muhiti”, “raqamli didaktika” bo’lib hisoblanadi. Hozirgi vaqtda raqamlashtirish inson faoliyatining barcha sohalarini ishonch bilan tezkor egallab bormoqda. Jamiyat oldida endi ana shu raqamli kasbiy kompetensiyalarga ega bo’lgan mutaxassislarni tarbiyalash vazifasi turibdi.
    O’zbekistonda ham Prezident Sh.M.Mirziyoyev raqamli iqtisodiyot,raqamli ta’lim, raqamli aqlli shaharlar qurishminglab dasturchilar tayyorlash to’g’risida qarorlar va farmoyishlar chiqardilar. Raqamli iqtisodiyot raqamli turizm va raqamli ta’lim sohasida qator mutaxassislar tayyorlash ta’lim dasturiga kiritilgan. Davlat xizmatlarini yo’lga quyib butun aholiga raqamli ta’lim berish ularda raqamli murojat ko’nikmalarini, telefon va kompyuterlardan foydalanish ko’nikmalarini shakllantirish yo’lga qo’yilmoqda.
    Ensiklopediyalarda, informatizatsiya deganda inson hayoti va jamiyatning barcha sohalarida informatsion texnologiyalardan foydalanish tushuniladi deyilgan. Informatizatsiyalashtirish ta’lim sohasida ma’lumotlarni to’plash ishlov berish saqlash va texnik vositalardan foydalanib o’quvchi va o’rganuvchilarga uzatib ularning tafakkurlari va intelektual qobiliyatlariga takomillashtirish nazarda tutiladi.
    Iqtisod sohasida malakali kompetensiyali xodimlarni tayyorlash hozirgi davrning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. Bu davlatimizning ta’lim sohasidagi nufuzli yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Raqamli ta’lim tizimini yaratish HEMIS dasturi oliy ta’limda ta’limni raqamlashtirishning yorqin namunasi bo’lib hisoblanadi. Ta’limni barcha turlarini raqamlashtirishni shu darajaga yetkazish kerakki u aholining barcha qatlamiga ta’lim olishga imkon yaratib bersin. Ta’limni raqamlashtirishni shu darajaga yetkazish kerakki barcha ta’lim tashkilotlari va boshqaruv tizimidagi xodimlar undan foydalana olsinlar.
    Oliy ta’limda HEMIS, o’rta maxsus ta’limda … o’rta ta’limda elektron kundalik va hokazolar yo’lga tizimli qo’yilishi kerak.
    Raqamli ta’lim va raqamli iqsodiyotda har bir ishtirokchining kompotensiyalari bo’lishi kerak. Bu degani har bir fuqaroning shaxsiy kompotensiyalari electron muhitda shakllantiriladi. Uning ko’nikma, malaka, bilim, kompotensiyalari to’plagan tajribasi, turli yutuqlari ko’rinib turadi. Bu fuqaroni mehnat bozorida raqobatbardoshligini ko’rsatadi. Insonni mehnat bozorida raqobatbardoshligini ko’rsatadi. Inson mehnat bozorida raqobatbardoshligini oshirish maqsadida yetishmaydigan kompetensiyalarini shakllantiradi va malakasini oshiradi.
    Masalan hozirgi magistratura va maqsadli doktorantida chet tilini bilish darajasini belgilovchi ma’lum sertifikat va guvohnomalarni bo’lmasligi ularni kompetensiyasini oshirishga va malakasini takomillashtirishga turtki beradi. Iqtisodni raqamlashtirish to’g’risidagi davlat siyosati, ta’lim o’rta maxsus ta’lim sohasigacha raqamlashtirilgan sohada ishlay oladigan kompetensiyali xodimlarni pedagoglarni tayyorlash masalasini qo’yadi.
    Yangi informatsion va komunikatsion texnologiyalar. raqamlashtirilgan muhitda to’g’ri yo’nalishini olishda pedagoglarga qo’shimcha bilimlar, malakalar zarur bo’ldi. Raqamli ta’lim va raqamli ta’lim muassasida faoliyat yuritish uchun raqamli kompetensiyalarga ega bo’lishi kerak.
    Pedagoglarning raqamli kompetensiyalari Yevropa modeli Digital Competenct of Educator (Dig Comp Edu) 22 da kompetensiyalar o’rsatilgan. Shulardan 6 ta yo’nalishda raqamli kompetensiyalarni shakllantirish ko’rsatib o’tilgan. Ularni har birini qarab chiqamiz.
    Birinchi yo’nalish - samarali kasbiy hamkorlik uchun - raqamli kasbiy ta’lim muhitini yaratish.
    Ikkinchi yo’nalish - raqamli ta’lim resurslarini izlash, yaratish va hamkorlikda ishlash shartlarini shakllantirish.
    Uchinchi yo’nalish - raqamli asboblar jihozlarni qurollarni ta’lim samarali jarayonida qo’llash.
    To’rtinchi yo’nalish-samarali baholash maqsadida raqamli usullardan foydalanish strategiyasi.
    Beshinchi yo’nalish-raqamli usullar bilan o’rganuvchilarning ta’lim olish imkoniyatlarini yanada kengaytirish.
    Oltinchi yo’nalish - o’quvchilarning raqamli kompetensiyalarini rivojlanishini pedagog tomonidan nazorat qilish va kuzatish.
    Ikkinchi uchunchi to’rtinchi va beshinchi yo’nalishlar raqamli ta’lim modulining o’zgarishini tashkil qiladi.
    Ular zamonaviy pedagog qanday kompetetsiyalari ega bo’lishi kerakligini chuqur tahlil qilib bergan. Shu orqali o’qituvchi ta’lim muhitida samarali innovatsion faoliyatida raqamli usullardan foydalanishi ko’rsatilgan.
    Birinchi yo’nalish raqamli texnologiyalar orqali o’zaro hamkorlikning barcha subektlarni o’quvchilar, hamkasblar va ota-onalarni qamrab oladi. Shu bilan birga bu yo’nalish o’qituvchining refleksiv qobiliyati, o’z pedagogik faoliyatini raqamli texnologiyalar asosida tahlil qilish va raqamli resurs hamda usullardan foydalanib o’zini kasbiy mahoratini oshiradi.
    Ikkinchi yo’nalishdagi kompetensiyalar pedagogni raqamli resurslarni tanlab olish qobiliyatini shakllantiradi, o’quvchilarga zarur ma’lumotni topishga adaptatsiya qildiradi, o’zini raqamli bazasini tashkil qiladi va xamkasblari xavfsiz foydalanishlariga sharoit yaratadi. Bu bazadan o’quvchilari va ularni ota-onalari foydalanishlari mumkin.
    Uchinchi yo’nalishdagi kompetensiya ta’lim jarayoni bilan uzviy bog’liq bo’ladi. U o’qituvchini ta’lim jarayonidagi tashkilotchi sifatidagi kompetensiyalari bilan bog’liq bo’lib o’quvchilarni guruh bo’lib va avtokom shug’ullanishlariga imkon yaratib ularni rivojlanishiga xizmat qiladi.
    To’rtinchi yo’nalish bu baholash jarayoni bilan bog’liq bo’lib uni tarkibida shakllangan va umumiy baholashni amalga oshirish mujassamlashgan bo’ladi. Pedagog o’quvchilarning faolligi va bilimini tanqidiy obyektiv, tahlil qilib baholay olishi kerak.
    O’z vaqtida qayta aloqani o’rnatishda raqamli texnologiyalardan foydalanishi lozim. Beshinchi yo’nalish o’qituvchini raqamli resurslarga kira olishi kerak, shunday qobiliyatga ega bo’lishi kerak. Shu bilan birga ta’limga differensiallashgan va individual, shaxsiy yondashuvni tarbiyalashi kerak bu bilan o’quvchilarni ham raqamli texnologiyalarga jalb qilishi kerak. O’quvchilarda tug’iladigan raqamli ta’lim muammolarini hal qilishi kerak. O’quvchilarni Raqamli ta’limda o’zini ko’rsatishga yo’l ochib berishi kerak.
    Oltinchi yo’nalish pedagogning information va mediasavodxonligi bilan bog’liq. Pedagog kasbiy hamkorlikda o’zini informatsiyani yig’ish, raqamli ta’lim muhitida o’quvchilarni oldidagi muammolarni yuqori saviyada hal qila olishi kerak. Raqamli texnologiyalarda o’quvchilarni samarali o’qishi va ta’lim olishini ta’minlashi lozim.
    Yuqorida keltirilgan kompetensiyalar pedagogga o’zini ko’rsatishi va faoliyatini takomillashtirishi uchun sharoit yaratib beradi.
    G.V.Potemkinaning fikriga ko’ra pedagogning raqamli kompetensiyalari ta’limning raqamli didaktik imkoniyatlari va resurslaridan foydalanish imkonini ham beradi.Raqamli didaktikani rivojlanishi uchun didaktik loyixalar va birgalikdagi ta’lim olish va yangi bilimlarni o’zlashtirishni ko’zda tutadi.[1]
    Hozirgi pedagoglarda raqamli mihitda ishlash bilan birga to’plagan ma’lumotlarni interfaol ishlash ko’nikmalariga ham ega bo’lishi kerak.
    Qilingan tahlillar asosida shunday xulosaga kelish mumkin. O’qituvchilarning oldida hozir yangi kompetensiyalarni rivojlantirish vazifasi turibdi. Bu mas’uliyatli va sharafli vazifa. Jamiyatni va iqtisodni rivojlantirish uchun ta’limni sifat jihatdan yangi pog’onaga ko’tarib raqamli ta’lim kompetensiyalariga ega bo’lishi kerak. Ayniqsa texnik va texnologik fanlarni o’qitishda bu juda muhim va ma’suliyatli hisoblanadi.
    Download 22,26 Kb.




    Download 22,26 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Raqamli ta’lim muhitida pedagoglarni samarali ishlashi uchun kompetensiyalarni

    Download 22,26 Kb.