Davlat interaktiv xizmatlari va ularning turlari




Download 448,84 Kb.
bet5/14
Sana24.05.2024
Hajmi448,84 Kb.
#251933
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Imomaliyev Bekmurod

1.2. Davlat interaktiv xizmatlari va ularning turlari
“Elektron hukumat” tizimining muhim belgisi – oflayn xizmatlar o‘rniga onlayn xizmatlarning joriy qilinishi. Ma’lum bir hujjat uchun yana boshqa o‘nlab idoradan hujjat to‘plashga chek qo‘yilishidir. Qanday qilib? Davlat idoralarining ma’lumotlar bazasi va axborot tizimlarini integratsiya qilish, ularni o‘zaro bog‘lash orqali. Ayniqsa, biznes jarayonlarini qayta injenering qilish orqali qisqartirish kerak. Odamlarga onlayn tarzda ariza topshirish va xizmatlarni olish, ma’lumotlar, ariza topshirish va hokazo xizmatlardan masofadan turib foydalanish imkoniyatini yaratish axborotlashgan jamiyat omillaridir.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 23 avgustdagi 181-son qarori bilan «Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda interaktiv davlat xizmatlari to'g'risida nizom» va «Bazaviy interaktiv davlat xizmatlari reestri» tasdiqlangan. Ushbu Nizom davlat va xo'jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda xizmatlarni ko'rsatish tartibi va shartlarini belgilaydi.
Ushbu Nizomga muvofiq Qo'mita zimmasiga Bazaviy interaktiv davlat xizmatlari reestrini yuritish, shuningdek zaruratga ko'ra vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasiga Bazaviy interaktiv davlat xizmatlari reestriga o'zgarishlar kiritish bo'yicha umumlashtirilgan taklif kiritish vazifasi yuklatilgan.
Bugungi kunda Bazaviy interaktiv davlat xizmatlari reestri 197 turdagi xizmatlardan tashkil topgan. Davlat organlari tomonidan veb-saytlar orqali 617 ta interaktiv xizmat turlari ko'rsatilmoqda
Davlat organlarining axborot tizimlari va ma’lumotlar bazasini to‘ldirish, ularni integratsiyalash va tartibga solish mamlakatda “elektron hukumat” tizimini joriy qilish va rivojlantirishning navbatdagi muhim bosqichi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 14 fevraldagi PF-1920-son Farmoni bilan tasdiqlangan “Obod turmush yili” Davlat dasturiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatishni hisobga olgan holda Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012 yil 30 dekabrdagi 378-son qaroriga asosan, Internet tarmog‘ining my.gov.uz manzilida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali test rejimida ishga tushirildi. Bugungi kunda Yagona portal orqali aholiga interaktiv xizmatlar ko‘rsatilmoqda. Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 30 dekabrdagi 378-son Qaroriga muvofiq, davlat organlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yuboriladigan aholi murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatiladigan davlat interaktiv xizmatlari sonini ko‘paytirish yuzasidan loyihalarni amalga oshirmoqdalar.
Shuningdek, “elektron hukumat” tizimini joriy qilishning istiqbolli rejalari doirasida 2014-2016 yillarda idoralararo integratsiyalashgan platformani yaratish loyihasi amalga oshiriladi. Bu platforma barcha davlat organlari axborot tizimlarini birlashtiradi, aholiga ma’lumot olish, ariza topshirish va boshqa xizmatlardan foydalanish bo‘yicha idoralar o‘rtasida ma’lumot almashishga xizmat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish choralari to‘g‘risida” 2013 yil 27 iyundagi 1989-son qarorining qabul qilinishi mamlakatda axborot texnologiyalarini rivojlantirish, “elektron hukumat” tizimini joriy qilishda alohida muhim ahamiyatga ega. Mazkur qaror bilan 2013-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish bo‘yicha Kompleks dastur tasdiqlangan. Uning tarkibida “2013-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasida telekommunikatsiya texnologiyalari, aloqa tarmoqlari va infratuzilmasini rivojlantirish dasturi”, “Elektron hukumat” tizimining axborot tizimlari kompleksi va ma’lumotlar bazalarini yaratish bo‘yicha loyihalar va chora-tadbirlar ro‘yxati” tasdiqlangan. Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi qoshida ushbu tizimlarni joriy etish bo‘yicha umumiy texnik siyosatni olib borish uchun Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish hamda Axborot xavfsizligini ta’minlash markazlari ishga tushirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 31 dekabrdagi 355-son Qarorida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari veb-saytlari bir qator muhim talablar belgilab berildi. Xususan, mazkur hujjatda davlat idoralari onlayn-so‘rovlar, bloglar, forumlar yordamida jamoatchilik fikrini o‘rganish vositalaridan foydalanishlari va davlat organi faoliyatiga tegishli masalalarni muhokama qilishlari belgilab beriladi. Elektron boshqaruvning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri – interaktivlik yordamida aholi fikr-mulohazalarining o‘rganilishi, jamoatchilik bilan aloqalarning mustahkamlanishi hukumatning fuqarolar bilan munosabatida ijobiy rol o‘ynaydi. Fuqarolar murojaatlariga e’tiborni kuchaytirish, ular bilan savol-javoblarni yo‘lga qo‘yish, forumlar orqali muhokamalar tashkil etish kabi choralarga ahamiyatning qaratilishi – “elektron hukumat” tizimini yurgizuvchi bosh omil.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturini bajarish, shuningdek elektron hukumat markaziy ma’lumotlar bazasi va axborot tizimlari komplekslari bilan integratsiyalash O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifatini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasi rivojlanishini shartli ravishda 2 bosqichga bo‘lish mumkin.

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi va O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasi aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimining sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarilishiga asos bo‘ldi, deb yozadi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi bosh ilmiy xodimi Muhammadjon Babadjanov.
Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasi rivojlanishini shartli ravishda 2 bosqichga bo‘lish mumkin, bunda birinchi bosqich 1991 yildan 2017 yilgacha bo‘lgan davrni, ikkinchi bosqich esa 2017 yildan hozirgi kungacha davrni o‘z ichiga oladi.
Birinchi bosqichda davlat xizmatlarini ko‘rsatish darajasi ko‘p jihatdan fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlarining talablariga javob bermas edi, sohada yuqori darajadagi byurokratiya saqlanib turdi va umuman olganda mazkur holatlar aholining davlat boshqaruvi tizimiga bo‘lgan ishonchining oshishiga hissa qo‘shmadi.
Davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasi rivojlanishining ikkinchi bosqichida esa amalga oshirilayotgan islohotlar tufayli ulkan o‘zgarishlar yuz berdi, davlat xizmatlarini ko‘rsatishning butun tizimi takomillashtirildi, idoralararo elektron hamkorlik izchil yo‘lga qo‘yildi, ortiqcha byurokratik taomillar va hujjatlar talab qilish holatlari keskin kamaytirildi.
2017 yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi (respublika bo‘ylab 205 ta davlat xizmatlari markazlari va 115 ta chekka hududlardagi filiallar) faoliyat ko‘rsata boshladi, bunga qadar esa davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini rivojlantirish bo‘yicha yagona davlat organi tashkil qilinmagan edi.
Davlat xizmatlari agentligi tashkil etilgan kundan boshlab jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari ko‘rsatish, ortiqcha ma’muriy tartib-taomillarga barham berish, idoralararo elektron hamkorlikni rivojlantirish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishga kirishdi.
Xususan, agar 1991 yildan 2016 yilgacha bo‘lgan davrda 16 turdagi davlat xizmatlari faqat tadbirkorlik sub’yektlari uchun ko‘rsatilgan bo‘lsa, 2017 yildan 2020 yilgacha davrda yuridik va jismoniy shaxslarning 157 turdagi davlat xizmatlaridan foydalanishlari uchun shart-sharoitlar yaratildi, ya’ni “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari turlari 10 barobarga oshirildi, bu esa “yagona darcha” tamoyili asosida ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari soni jadal sur’atlar bilan oshib borayotganligini bildiradi.
1991 yildan 2016 yilgacha bo‘lgan davr bilan taqqoslaganda, mazkur davrda davlat xizmatlaridan foydalanish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar soni 167 tani tashkil etgan bo‘lsa, 2017 yildan 2020 yilgacha bo‘lgan davrda ular ikki marta kamaytirildi va ularning soni 79 tani tashkil etdi.
Foydalanuvchilarning davlat xizmatlaridan qoniqishiga ta’sir ko‘rsatadigan muhim omillardan biri bu xizmatni ko‘rsatishga ketadigan vaqt hisoblanadi. 2017 yildan 2020 yilgacha bo‘lgan davrni oldingi davr bilan taqqoslaganda, davlat xizmatlarini ko‘rsatish muddatlari 45 foizga qisqartirilganini ko‘rishimiz mumkin.
Shu bilan birga, ayni paytda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali 279 turdagi elektron davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan (shundan 70 tasi avtomatik rejimda, 209 tasi esa yarim avtomatik rejimda). 2021 yilning birinchi yarmida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali 2,3 milliondan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatilib, foydalanuvchilarning 18 milliard so‘mdan ortiq mablag‘lari iqtisod qilishga erishildi.
Shu bilan birga, davlat xizmatlaridan foydalanish uchun davlat idoralariga murojaat qilayotgan aholi va tadbirkorlik sub’yektlari sonining oshib borishi davlat xizmatlari sifatini monitoring qilish va baholashning samarali tizimini, shu jumladan real vaqt rejimida masofaviy monitoring orqali hamda jamoatchilik fikrini o‘rganish orqali joriy etishni talab qilmoqda.
Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining farmoyishiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning Akseleratoriga aholining davlat xizmatlaridan qoniqish darajasini o‘lchash bo‘yicha tizimni shakllantirish vazifasi yuklatildi.
Topshiriqni o‘z vaqtida va samarali bajarilishini ta’minlash maqsadida Akselerator tomonidan vazirlik va idoralarning mutaxassislaridan iborat guruh tuzilib, xorijiy davlatlar – Kanada, Rossiya, Qozog‘iston va Birlashgan Arab Amirliklari tajribasini o‘rganildi.



Download 448,84 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Download 448,84 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Davlat interaktiv xizmatlari va ularning turlari

Download 448,84 Kb.