|
Raqamli texnologiyalar konvergensiyasi
|
bet | 7/14 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 448,84 Kb. | | #251933 |
Bog'liq Imomaliyev BekmurodOldingi tahrirga qarang.
2024-yil 1-martdan boshlab B2 va undan yuqori xorijiy til bilish darajasiga ega bo‘lgan fuqarolar tomonidan tizim boshqaruvi, ma’lumotlar bazasi va “bulutli” platformani boshqarish, axborot xavfsizligini ta’minlash va boshqa talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarda xalqaro IT-sertifikatlarni olish xarajatlarining 100 foiz qismini qoplash tizimi joriy etiladi;
(9-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-fevraldagi PQ-51-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2024-y., 07/24/51/0084-son)
v) bitiruvchisi IT-xizmatlarni eksport qiluvchi IT-park rezidenti bo‘lgan kompaniyalarga ishga joylashgan nodavlat o‘quv markazlariga har bir bitiruvchi uchun Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 75 baravarigacha, nogironligi bo‘lgan yoshlar uchun esa 105 baravarigacha bir martalik subsidiya ajratish yo‘lga qo‘yiladi;
g) 2024-yil 1-apreldan boshlab maxsus axborot platformasi orqali davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining raqamlashtirishga mas’ul o‘rinbosarlari va xodimlari raqamlashtirish sohasidagi qoidalar va qonunchilik talablari bo‘yicha “hayot davomida ta’lim olish” tamoyili asosida o‘qitiladi.
Belgilansinki, aholini sifatli raqamli infratuzilma bilan ta’minlash maqsadida barcha aholi yashash maskanlari 2024-yil yakuniga qadar keng polosali mobil aloqa va keng polosali ma’lumotlar uzatish tarmoqlari bilan to‘liq qamrab olinadi.
Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi 2023-yil 1-oktabrdan boshlab davlat organlari va tashkilotlari tomonidan joriy etilgan raqamli texnologiyalar bo‘yicha loyihalar samaradorligi, ko‘rsatiladigan raqamli xizmat va servislar texnik faoliyatining sifati hamda barqarorligi ustidan raqamli nazoratni o‘rnatsin.
Raqamli nazorat doirasida davlat organlari va tashkilotlarida raqamli texnologiyalar sohasidagi loyihalarning maqsadliligi, joriy etish darajasi, foydalanish holati, raqamli xizmatlar va servislar ishidagi uzilish, to‘xtalish va texnik-avariyalar, aloqa markazlari (ishonch telefonlari, Call-markazlar, dispetcherlik aloqa) xizmatlarining bog‘lanish va samarali texnik faoliyat ko‘rsatish kabi sifat ko‘rsatkichlari baholanadi.
Belgilansinki, Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasiga aloqa, axborotlashtirish va raqamli iqtisodiyot sohasidagi qonunchilik talablari buzilishlarini bartaraf etish yuzasidan respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va davlat tashkilotlariga ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritish vakolati beriladi.
Raqamli texnologiyalar vazirligi uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib raqamli texnologiyalar vaziri Sh.X. Shermatov belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Davlat notarial idoralari faoliyatida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish va aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-fevraldagi 106-son “Bitimlarni notarial tasdiqlash tartibini idoralararo elektron hamkorlikni qo‘llagan holda takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi rasmiy saytida xabar berildi.
Foto: Depositphotos
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining notarial harakatlarni amalga oshirish bilan bog‘liq jarayonlarni avtomatlashtirish, ko‘chmas mulk va avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlanganligi yoki xatlanganligi bo‘yicha yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirish, shuningdek notarial harakatlarni amalga oshirishda idoralararo elektron hamkorlik yo‘li bilan davlat xizmatlari ko‘rsatishni nazarda tutuvchi “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimini amalga kiritish haqidagi taklifiga rozilik berildi.
Shuningdek, mazkur qaror bilan Ko‘chmas mulkni oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish bitimlarini idoralararo elektron hamkorlikni qo‘llagan holda notarial tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Davlat notarial idoralari notariuslari tomonidan idoralararo elektron hamkorlikni qo‘llagan holda ko‘chmas mulkning oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish bitimlarini tasdiqlash:
Toshkent shahrida – 2017-yil 1-iyuldan boshlab;
O‘zbekiston Respublikasining barcha hududida – 2018-yil 1-iyuldan boshlab amalga oshirilishi belgilandi.
Qayd etish lozimki, qonun hujjatlariga muvofiq ko‘chmas mulklarning oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish bitimlarini notarial tasdiqlashda jismoniy va yuridik shaxslar soliqlar, kommunal xizmatlar va elektr energiyadan qarzdorlik yo‘qligi haqidagi ma’lumotnomalarni, shuningdek, kadastr xizmatining bino va inshootlarning tegishliligi haqidagi ma’lumotlarni taqdim etishi lozim. Ushbu ma’lumotlarni yig‘ish uchun turli tashkilotlarga borgan holda fuqarolar ko‘p vaqt sarflaydi. Bunda ushbu ma’lumotnomalarni olish uchun kommunal xizmat ko‘rsatuvchi va boshqa tashkilotlarga shaxsni tasdiqlovchi hujjat, ko‘chmas mulkka bo‘lgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjat, uy hujjatidan ko‘chirma, kvartira ichidagi issiqlik ta’minoti tizimining tekshirish dalolatnomasi va boshqa shu kabilar taqdim etilishi lozim.
Hukumatning mazkur qarori bilan soliqlar, kommunal xizmatlar va elektr energiya bo‘yicha qarzdorlik yo‘qligi, bino va inshootlarning tegishliligi haqidagi ma’lumotlarni fuqarolar tomonidan qog‘oz ko‘rinishida yig‘ish amaliyotiga chek qo‘yildi. Buning o‘rniga esa ushbu ma’lumotlarni notariuslar idoralararo elektron hamkorlik tizimi orqali aniq vaqt rejimida mustaqil olishi belgilandi.
Bundan tashqari, Adliya vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun to‘lanadigan davlat boji va boshqa to‘lovlarni elektron tarzda amalga oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali bitimlar loyihalarini tayyorlash, notarial harakatlar haqida tushuntirishlar olish va notarius qabuliga oldindan yozilish uchun murojaat qilish mexanizmi joriy qilish kabi topshiriqlar berildi.
|
| |