II BOB KO’CHMAS MULK SOHASIDA DAVLAT INTERAKTIV XIZMATLARINI YARATISH VA TADBIQ ETISH TEXNOLOGIYALARI




Download 448,84 Kb.
bet8/14
Sana24.05.2024
Hajmi448,84 Kb.
#251933
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
Imomaliyev Bekmurod

II BOB KO’CHMAS MULK SOHASIDA DAVLAT INTERAKTIV XIZMATLARINI YARATISH VA TADBIQ ETISH TEXNOLOGIYALARI...


2.1. Ko’chmas mulk sohasida interaktiv xizmatlarni yaratish texnologiyalari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 26-martdagi PF-6196-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, ichki ishlar organlarining faoliyatiga raqamli va axborot texnologiyalarini faol joriy etish, aholiga elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifatini oshirish, byurokratik to‘siq va g‘ovlarga yo‘l qo‘ymaslik hamda idoralararo elektron hamkorlikni kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2022-yil 1-martdan boshlab shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra:
quyidagi xizmatlar O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron shaklda ko‘rsatiladi:
O‘zbekiston Respublikasiga chet davlat fuqarosini taklif qilish;
chet davlat hududida O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini tasdiqlash bo‘yicha tegishli hujjatlar va ma’lumotnomalar olish;
sudlanganlik (sudlanmaganlik) haqidagi ma’lumotlar olish;
avtotransport vositalarida taqiq mavjudligini tekshirish;
jazoni ijro etish muassasalari va manzil koloniyalarda saqlanayotganlarni ularning yaqin qarindoshlari bilan uchrashuv vaqtini belgilash.
haydovchining yo‘l-patrul xizmati inspektoriga taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlari yonida bo‘lmagan taqdirda mazkur hujjatlar maxsus planshet qurilmasi yordamida identifikatsiya ID-kartasi orqali tekshiriladi.
Bunda, identifikatsiya ID-kartaga ega fuqarolarga tegishli transport vositasi haydovchisidan yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi, transport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazganlik to‘g‘risidagi, transport vositasiga egalik qilish, egasi yo‘qligida undan foydalanish yoki uni tasarruf etish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisini talab qilish amaliyoti bekor qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Sug‘urta to‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasi 2022-yil 1-fevralga qadar:
sug‘urta tashkilotlari tomonidan sug‘urta shartnomalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning yagona axborot tizimiga to‘liq kiritilishini ta’minlasin;
yangi sug‘urta polisini yagona axborot tizimiga ma’lumotlarni to‘liq kiritmasdan turib shakllantirish imkoniyatini cheklasin.
Quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari tizimiga axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi (keyingi o‘rinlarda — chora-tadbirlar dasturi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
ichki ishlar organlari faoliyatiga zamonaviy raqamli va axborot texnologiyalarini joriy etishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash;
ichki ishlar organlaridagi raqamli infratuzilmasini rivojlantirish, mavjud tizimlarni modernizatsiya qilish, idoraviy axborot tizimlari va ma’lumot bazalarini o‘zaro integratsiya qilish;
axborot va kiberxavfsizlikni ta’minlash, ma’lumotlarni xavfsiz uzatish uchun korporativ tarmoqni yaratish hamda ma’lumotlarni qayta ishlash va saqlash markazini rivojlantirish;
ichki ishlar organlari tomonidan ko‘rsatiladigan davlat xizmatlarini elektron shaklga o‘tkazish, mobil texnologiyalarni qo‘llagan holda aholi bilan elektron hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
ichki ishlar organlarida qog‘oz ko‘rinishidagi ish yurituvidan bosqichma-bosqich to‘liq voz kechish hamda himoyalangan elektron hujjat aylanishi tizimini joriy etish.
Belgilansinki, chora-tadbirlar dasturidagi loyihalar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga ajratiladigan Davlat budjeti mablag‘lari, vazirlikning budjetdan tashqari mablag‘lari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining ichki ishlar organlari xodimlari uchun zamonaviy raqamli va axborot texnologiyalarini joriy qilish bo‘yicha shartnoma asosida malaka oshirish o‘quv kurslarini tashkil etuvchi oliy ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlarni 2-ilovaga muvofiq ro‘yxat asosida biriktirish haqidagi taklifiga rozilik berilsin.
Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq ichki ishlar organlari xodimlarini zamonaviy raqamli va axborot texnologiyalarini joriy qilish bo‘yicha o‘qitish dasturlari va o‘quv grafiklari har yili 1-avgustga qadar ichki ishlar boshqarmalari kesimida tasdiqlanadi.
Ichki ishlar organlarida raqamli va axborot texnologiyalarini keng joriy etish uchun mas’ul etib Ichki ishlar vazirligi huzuridagi “Innovatsiya loyihalari va aholiga servis xizmatlari ko‘rsatish markazi” davlat unitar korxonasi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) belgilansin.
Markazga quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklatilsin:
ichki ishlar organlari faoliyatiga raqamli axborot texnologiyalarini joriy etishda yagona texnologik yondashuvni ta’minlash;
ichki ishlar organlarining raqamli infratuzilmani ishlab chiqish, joriy etish va qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalarining o‘zaro integratsiyasini ta’minlash;
ichki ishlar organlari tomonidan ko‘rsatiladigan davlat xizmatlarini bosqichma-bosqich to‘liq elektron shaklga o‘tkazish;
ichki ishlar organlarining telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish va texnik qo‘llab-quvvatlash;
ichki ishlar organlarining biznes jarayon va IT-reinjiniringini rivojlantirish va ushbu yo‘nalishda xalqaro tajribani tatbiq etish.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bir oy muddatda Markazga yuklatilayotgan qo‘shimcha vazifalarni hisobga olib, uning yangilangan ustavi, tuzilmasi va shtat jadvali tasdiqlanishi hamda axborot texnologiyalari yo‘nalishidagi malakali kadrlar bilan to‘ldirilishini ta’minlasin.
Davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan elektron hamkorlik orqali axborot almashinuvini samarali tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi axborot tizimlarini vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning axborot tizimlari hamda ma’lumotlar bazalari bilan integratsiya qilish bo‘yicha reja-jadval 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari N.S. Turaxodjayev ichki ishlar organlarida raqamli texnologiyalarni joriy etish hamda ushbu qarorda nazarda tutilgan loyiha va tadbirlar sifatli va to‘liq bajarilishini ta’minlash uchun shaxsan mas’ul etib belgilansin.
Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlata qo‘mitasi “Ko‘chmas mulkni ro‘yxatga olish va kadastr tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori loyihasini muhokamaga qo‘ydi.

Hujjatda qayd etilishicha, so‘nggi yillarda mamlakatda ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatga olishni takomillashtirish, davlat kadastrlarini yuritish, geofazoviy axborotni shakllantirish bo‘yicha bir qator tub o‘zgarishlar amalga oshirildi. Aholi va tadbirkorlar uchun ro‘yxatga olishning huquqiy bazasi yaratildi va tartib-taomillari soddalashtirildi.
Shu bilan birga, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, davlat kadastrlarini yuritish tizimini o‘rganish natijalari bir qator kamchiliklarni aniqlab berdiki, ular mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga, prognozlash va biznesni rivojlantirish uchun to‘g‘ri boshqaruv qarorlarini qabul qilishga to‘sqinlik qiladi.
Bundan tashqari, mavjud imkoniyatlar va salohiyatdan yetarlicha foydalanmaslik, shuningdek, quyidagi ko‘rsatilgan tizimli muammolarning mavjudligi ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, davlat kadastrlarini tizimli yuritish, ko‘chmas mulkning kadastr bahosini shakllantirish tizimini yanada takomillashtirishga to‘sqinlik qilmoqda, xususan:
birinchi – ko‘chmas mulk obyektlarini ro‘yxatga olish yuzasidan olib borilayotgan islohotlarning amaliyotga yetarlicha joriy etilmaganligi oqibatida “Biznes yuritish” yillik hisobotining tegishli indikatorlari bo‘yicha mamlakat reytingi past o‘rinlarda qolmoqda;
ikkinchi – yaratilgan axborot tizimlariga qaramay, vakolatli vazirliklar va idoralar tomonidan har bir davlat kadastri bo‘yicha geoaxborot ma’lumotlar bazalari shakllantirilmagan;
uchinchi – ko‘chmas mulk obyektlari bo‘yicha davlat kadastr hisobga olish va ularga bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatga olish bilan to‘liq qamrab olinmagan;
to‘rtinchi – ko‘chmas mulkni davlat kadastr hisobiga olish va unga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi ma’muriy boshqaruv tizimi murakkab tuzilmaga ega;
beshinchi – tarmoqda davlat-xususiy sheriklik elementlari joriy etilmagan;
oltinchi – tarmoqni moliyaviy rivojlantirish, davlat kadastr ma’lumotlari monetizatsiyasining maqsadli parametrlari yo‘q, bu kadastr va geofazoviy axborot tizimini modernizatsiya qilish va doimiy qo‘llab-quvvatlashga to‘sqinlik qiladi;
yettinchi – ma’lumotlarni saqlash va shakllantirish usullarining eskirganligi, ularning ortiqcha yopiqligi geofazoviy ma’lumotlar tarmog‘ini rivojlantirishga to‘sqinlik qiladi;
sakkizinchi – xaritalarni raqamlash to‘liq shakllantirilmagan, kadastr arxivlari hali-hanuz qog‘oz tashuvchilarda qolib ketmoqda;
to‘qqizinchi – manzilli reyestrning mavjud emasligi davlat xizmatlarini, shu jumladan, interaktiv tarzda taqdim etishga jiddiy to‘sqinlik qilmoqda.
Ushbu holatlar hamda to‘planib qolgan tizimli muammolar ko‘chmas mulk obyektlarining davlat kadastr hisobi va ularga bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatga olish, davlat kadastrlarini yuritish, geofazoviy axborotni yaratish va foydalanish sohasidagi faoliyatning tashkiliy-huquqiy asoslarini tubdan isloh qilishni taqozo etadi.
2017–2021-yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ma’muriy islohot konsepsiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq, shuningdek, geofazoviy axborotni yaratish va undan foydalanish, davlat kadastrlarini yuritish va ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish maqsadida:
Loyiha ko‘ra quyidagilar negizida Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi qoshida Kadastr va geofazoviy axborot agentligi tashkil etiladi:
Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi tarkibidagi Davlat kadastrlari milliy markazi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonalari.

Download 448,84 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Download 448,84 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II BOB KO’CHMAS MULK SOHASIDA DAVLAT INTERAKTIV XIZMATLARINI YARATISH VA TADBIQ ETISH TEXNOLOGIYALARI

Download 448,84 Kb.