|
III BOB KO’CHMAS MULK SOHASIDA DAVLAT INTERAKTIV XIZMATLARINI TAKOMILLASHTIRISH
|
bet | 11/14 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 448,84 Kb. | | #251933 |
Bog'liq Imomaliyev BekmurodIII BOB KO’CHMAS MULK SOHASIDA DAVLAT INTERAKTIV XIZMATLARINI TAKOMILLASHTIRISH
3.1. Interaktiv xizmatlarning samaradorligini oshirish yo’llari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-158-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, “O‘zbekiston — 2030” strategiyasining “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida:
“O‘zbekiston — 2030” strategiyasida quyidagi ustuvor yo‘nalishlar belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin:
har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun munosib sharoitlar yaratish;
barqaror iqtisodiy o‘sish orqali aholi farovonligini ta’minlash;
suv resurslarini tejash va atrof-muhitni muhofaza qilish;
qonun ustuvorligini ta’minlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish;
“xavfsiz va tinchliksevar davlat” tamoyiliga asoslangan siyosatni izchil davom ettirish.2. “O‘zbekiston — 2030” strategiyasining har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun munosib sharoitlar yaratish yo‘nalishi doirasida:
2024-yil 1-yanvardan boshlab:
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilariga oqsil, vitamin va minerallar bilan boyitilgan sut, yod bilan to‘yintirilgan non mahsulotlari berilishi yo‘lga qo‘yilsin;
Xorazm viloyatining Qo‘shko‘pir va Xonqa tumanlarida eksperiment tariqasida, barcha boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ta’lim planshetlari bilan ta’minlansin, kelgusida mazkur tajriba respublikaning barcha hududlarida bosqichma-bosqich joriy etilsin;
banklarning nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun milliy valyutada ajratiladigan, qiymati 20 milliard so‘mgacha bo‘lgan kreditlar bo‘yicha, foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshadigan, lekin uning 1,5 baravaridan ko‘p bo‘lmagan qismini qoplash uchun Davlat budjeti hisobidan kompensatsiya taqdim etish amaliyoti yo‘lga qo‘yilsin;
2023/2024 o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining kasb-hunar egasi bo‘lish istagidagi 10-sinf o‘quvchilari uchun tegishli hududlarda talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarlarga o‘rgatish kurslari joriy etilsin.
Bunda, dastlabki bosqichda ushbu tartib zarur kadrlar salohiyati va moddiy-texnika bazasiga ega bo‘lgan hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan belgilangan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida joriy etilsin;
v) 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab Prezident maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablar umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun “tayanch maktab” etib belgilansin.
Bunda, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘qituvchilari “tayanch maktablar” tomonidan yangi ta’lim dasturlari, dars o‘tishning ilg‘or metodikalari va o‘quvchi bilimini baholashning zamonaviy usullariga o‘rgatiladi.
Belgilansinki, 2024-yil 1-yanvardan boshlab:
onkogematologik kasalliklarga chalingan bolalar uchun Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazi hamda Bolalar milliy tibbiyot markazida gemotopoetik suyak ko‘migi o‘zak hujayralari transplantatsiyasi amaliyoti joriy etiladi;
virusli gepatitning “S” turi bilan kasallangan bemorlarni hamda gemotopoetik suyak ko‘migi o‘zak hujayralari transplantatsiyasi muolajasiga muhtoj onkologik kasalliklarga chalingan bolalarni to‘liq Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan davolash yo‘lga qo‘yiladi.
Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
2023-yil 1-oktabrdan boshlab og‘ir hayotiy vaziyatga tushgan yoki tushish xavfi yuqori bo‘lgan har bir oila bo‘yicha alohida “ijtimoiy xizmat ishi”ni yuritish tartibi amaliyotga joriy etiladi. Bunda, ushbu oilalarda sharoitni yaxshilash, ularga davolash, dori vositalari bilan ta’minlash, farzandlarini maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlariga joylashtirish, moddiy yordam berish kabi ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish nazarda tutiladi;
2024-yil 1-yanvardan boshlab:
Toshkent shahrining tibbiyot muassasalarida davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy xizmatlar hajmi va dori vositalari ro‘yxatini amaliyotga kiritishni nazarda tutuvchi davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlari bosqichma-bosqich joriy etiladi;
nogironligi bo‘lgan shaxslarni protez-ortopediya buyumlari, reabilitatsiya hamda dori vositalari bilan ta’minlash ishlari “vaucher” tizimi asosida bosqichma-bosqich tashkil etiladi. Bunda, nogironligi bo‘lgan shaxslarga tovar va xizmatlarni o‘zlari tanlagan yetkazib beruvchidan xarid qilish imkoniyati yaratiladi va ularning xarajatlari Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.
Xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularga o‘z salohiyatini to‘laqonli ro‘yobga chiqarishi uchun qo‘shimcha shart-sharoitlarni yaratish maqsadida 2024-yil 1-yanvardan boshlab og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarni qayta kasbga tayyorlash xarajatlarini davlat tomonidan qoplab berish tartibi joriy etilsin.
“O‘zbekiston — 2030” strategiyasining har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun munosib sharoitlar yaratish yo‘nalishi bo‘yicha:
2023-yilga mo‘ljallangan amaliy tadbirlar rejasi 1-ilovaga muvofiq;
2023-2024-yillarga mo‘ljallangan maqsadli ko‘rsatkichlar 1a-ilovaga muvofiq;
2023-yilda ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ro‘yxati 1b-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
“O‘zbekiston — 2030” strategiyasining barqaror iqtisodiy o‘sish orqali aholi farovonligini ta’minlash yo‘nalishi doirasida:
2023-yil 1-oktabrdan boshlab tadbirkorlik subyektlariga miqdori 10 million so‘mdan yuqori bo‘lgan soliqqa oid huquqbuzarliklar uchun, agar tadbirkorlik subyekti huquqbuzarlikni inkor etsa, moliyaviy sanksiyalarni faqatgina sud tartibida qo‘llash amaliyoti yo‘lga qo‘yilsin;
2024-yil 1-yanvardan boshlab:
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarga hosilni sug‘urtalashda sug‘urta mukofotining 50 foizi miqdorida subsidiya berish tartibi joriy etilsin;
“Izlanish va rivojlanish” (R&D) markazlari uchun ular tashkil etilgan kundan boshlab 3 yil muddatga mol-mulk solig‘i va yer solig‘i bo‘yicha hisoblangan summa miqdorining 1 foizini to‘lash, ularning xodimlari uchun ijtimoiy soliq stavkasini 1 foiz miqdorida hisoblash tartibi joriy etilsin;
davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan tashkilotlar tomonidan har yili amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari qiymatining kamida 5 foizini obligatsiyalar chiqarish orqali moliyalashtirish tartibi joriy etilsin.
2024-yil 1-yanvardan boshlab jismoniy va yuridik shaxslarga qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘liq qaytarib berish tizimi quyidagilar hisobidan kengaytirilsin:
xorijiy turistlarga — O‘zbekiston xalqaro aeroportlarida O‘zbekiston hududida sotib olingan va “Tax free” tizimi bo‘yicha rasmiylashtirilgan mahsulotlar uchun;
tur-operatorlarga — xorijiy kontragentlar bilan shartnomalar doirasida ko‘rsatilgan eksport xizmatlari uchun.
Iqtisodiyot va moliya vazirligining quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflari ma’qullansin:
O‘zbekistonda davlat-xususiy sheriklik loyihalarini ishlab chiqish jamg‘armasini tashkil etish va uning asosiy vazifalari sifatida energetika, kommunal xo‘jalik, transport, ekologiya, sog‘liqni saqlash, ta’lim va boshqa ustuvor sohalarda davlat-xususiy sheriklik loyihalari hujjatlarini sifatli ishlab chiqishni belgilash;
davlat-xususiy sheriklik loyihalaridan kelib chiquvchi davlatning to‘g‘ridan-to‘g‘ri va shartli majburiyatlarini monitoring qilish, boshqarish va tArtibga solish tizimini amaliyotga tatbiq etish;
Davlat budjeti loyihasini shakllantirish va ijrosi bo‘yicha hisobotlarda budjet xarajatlarining barqaror rivojlanish milliy maqsadlariga muvofiqligi va iqlim o‘zgarishiga ta’sirini ko‘rsatib borish (markirovkalash) mexanizmlarini joriy etish.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi (J. Qo‘chqorov):
ikki hafta muddatda:
xalqaro moliya institutlarini jalb qilgan holda O‘zbekistonda davlat-xususiy sheriklik loyihalarini ishlab chiqish jamg‘armasi faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi;davlat-xususiy sheriklik loyihalaridan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan davlatning majburiyatlarini boshqarish va tartibga solish mexanizmlarini belgilovchi Hukumat qarori loyihasi;
|
| |