|
Raqamli texnologiyalar konvergensiyasi
|
bet | 12/14 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 448,84 Kb. | | #251933 |
Bog'liq Imomaliyev BekmurodOldingi tahrirga qarang.
2024-yil 1-fevralga qadar Davlat budjeti xarajatlarining barqaror rivojlanish milliy maqsadlariga muvofiqligi va iqlim o‘zgarishiga ta’sirini ko‘rsatib borish (markirovkalash) mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha Hukumat qarori loyihasi kiritilishini ta’minlasin.
(9-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-dekabrdagi PF-205-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2023-y., 06/23/205/0934-son)
“O‘zbekiston — 2030” strategiyasining barqaror iqtisodiy o‘sish orqali aholi farovonligini ta’minlash yo‘nalishi bo‘yicha:
2023-yilga mo‘ljallangan amaliy tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq;
2023-2024-yillarga mo‘ljallangan maqsadli ko‘rsatkichlar 2a-ilovaga muvofiq;
2023-yilda ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ro‘yxati 2b-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
“O‘zbekiston — 2030” strategiyasining suv resurslarini tejash va atrof-muhitni muhofaza qilish yo‘nalishi doirasida:
2023-yil 1-noyabrdan boshlab:
ijobiy ekologik ekspertiza xulosasini olmagan obyektlarga nisbatan moliyalashtirish, kreditlash va boshqa moliya operatsiyalarini to‘xtatib turish mexanizmi joriy etilsin;
ekologik huquqbuzarlik sodir etganlarga nisbatan zararni qoplash bilan bir qatorda, zarar yetkazilgan tabiat obyektini tiklash va uning muayyan muddat davomida muhofaza qilinishini ta’minlash majburiyati yuklansin;
suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish maqsadida 2024-yil 1-yanvardan boshlab:
respublikaning uzoq muddatli suv balansi prognozini yuritish, shu jumladan uni har yili yangilash va suv resurslarini tejash dasturlarini qabul qilish amaliyoti yo‘lga qo‘yilsin;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatining, keyinchalik esa, bosqichma-bosqich respublikaning barcha hududlarining qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilariga suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish uchun kreditlar 10 foiz stavkada (foiz stavkalarini subsidiyalash hisobiga) ajratilishi ta’minlansin;
v) atmosferaga zararli tashlanmalar hajmini kamaytirish maqsadida xalqaro “karbon market” tizimi doirasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar tomonidan barpo etiladigan yashil maydonlarni tashkil qilish xarajatlarini qisman jalb qilingan grant mablag‘lari hisobidan kompensatsiya qilish amaliyoti yo‘lga qo‘yilsin.Bunda, barpo etilgan yashil maydonlar (yaylovlarni ozuqabop ekinlar bilan, qishloq xo‘jaligi yerlarini daraxtlar bilan qoplash) bo‘yicha kompensatsiyalar issiqxona gazlarini zararsizlantirish darajasiga mutanosib ravishda ajratiladi.
“O‘zbekiston — 2030” strategiyasining suv resurslarini tejash va atrof-muhitni muhofaza qilish yo‘nalishi bo‘yicha:
2023-yilga mo‘ljallangan amaliy tadbirlar rejasi 3-ilovaga muvofiq;
2023-2024-yillarga mo‘ljallangan maqsadli ko‘rsatkichlar 3a-ilovaga muvofiq;
2023-yilda ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ro‘yxati 3b-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
“O‘zbekiston — 2030” strategiyasining qonun ustuvorligini ta’minlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish yo‘nalishi doirasida:a) davlat xizmatlarini ko‘rsatishda aholiga yanada qulayliklar yaratish va ortiqcha sansalorliklarga barham berish maqsadida:
2024-yil 1-yanvardan boshlab aholiga yo‘l harakati xavfsizligi sohasida davlat xizmatlarini ko‘rsatishda, shu jumladan avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda avtomototransport vositasining oldi-sotdi shartnomalari va boshqa notarial tasdiqlangan bitimlarni “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimidan olish amaliyoti yo‘lga qo‘yilsin va ariza beruvchilardan mazkur hujjatlarni talab qilish taqiqlansin;
2024-yil 1-martdan boshlab notarial idoraga kelmasdan, shu jumladan chet eldan turib mol-mulkdan foydalanish bilan bog‘liq bitimlarni (mulk huquqini boshqa shaxsga o‘tkazishdan tashqari) elektron raqamli imzodan foydalanib, videokonferensaloqa orqali rasmiylashtirish tartibi yo‘lga qo‘yilsin;
b) 2024-yil 1-yanvardan boshlab bosqichma-bosqich barcha shahar va tumanlarda “Mahalla budjeti” tizimi joriy etilsin.
Bunda, tuman va shahar budjetlariga tushadigan soliq tushumlarining bir qismi mahallalarning ijtimoiy-iktisodiy muammolarini hal qilish jamg‘armalariga yo‘naltirilishi belgilansin;
v) tashabbusli budjet amaliyotini va mahallalarning moliyaviy mustaqilligini yanada kengaytirish maqsadida 2024-yilda jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan loyihalarni moliyalashtirish uchun Davlat budjetidan 10 trillion so‘m, shundan “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari uchun kamida 4 trillion so‘m yo‘naltirilsin;
g) 2024-yil yakuniga qadar qonunda belgilangan asoslarda tezkor-qidiruv va tergov harakatlariga sanksiya berish masalasini alohida sudyalar — tergov sudyalari tomonidan ko‘rib chiqish tartibi joriy etilsin;
d) tadbirkorlik sohasida javobgarlikni yanada liberallashtirish maqsadida 2024-yil 1-yanvardan boshlab:
birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxsni, agar u sud maslahatxonaga kirguniga qadar soliqlar va yig‘imlar, shu jumladan penyalar va boshqa moliyaviy sanksiyalar tarzida davlatga yetkazilgan zararning o‘rnini to‘liq qoplasa, javobgarlikdan ozod qilish;
tadbirkorlik subyektlariga nisbatan qo‘zg‘atilgan har bir jinoyat ishi bo‘yicha tergov hamda sud jarayonida tegishli mansabdor shaxs jinoyat ishi materiallarini ish yurituviga qabul qilgan vaqtdan boshlab tadbirkorni himoya qilishga Biznes-ombudsman, Savdo-sanoat palatasi, shuningdek, tadbirkorlik subyekti a’zo hisoblangan boshqa tashkilotni jamoat himoyachisi sifatida jalb etishi (xabar qilish) tartibi joriy etilsin;
e) 2024-yil 1-yanvardan boshlab aholi punktlarida barcha yangi qurilayotgan ikki va undan ortiq polosali avtomobil yo‘llarida piyodalar o‘tish yo‘laklarini svetoforlar bilan to‘liq jihozlash majburiy etib belgilansin.
“O‘zbekiston — 2030” strategiyasining qonun ustuvorligini ta’minlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish yo‘nalishi bo‘yicha:
2023-yilga mo‘ljallangan amaliy tadbirlar rejasi 4-ilovaga muvofiq;2023-2024-yillarga mo‘ljallangan maqsadli ko‘rsatkichlar 4a-ilovaga muvofiq;
2023-yilda ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ro‘yxati 4b-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
“O‘zbekiston — 2030” strategiyasining “xavfsiz va tinchliksevar davlat” tamoyiliga asoslangan siyosatini izchil davom ettirish yo‘nalishi doirasida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda joriy yilning noyabr oyida Toshkent shahrida Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining uchrashuvi yuqori saviyada o‘tkazilishini ta’minlasin.
“O‘zbekiston — 2030” strategiyasining “xavfsiz va tinchliksevar davlat” tamoyiliga asoslangan siyosatni izchil davom ettirish yo‘nalishi bo‘yicha:
2023-yilga mo‘ljallangan amaliy tadbirlar rejasi 5-ilovaga muvofiq;
2023-2024-yillarga mo‘ljallangan maqsadli ko‘rsatkichlar 5a-ilovaga muvofiq;
2023-yilda ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ro‘yxati 5b-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.17. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev), O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev) va O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (A. Ko‘chimov) ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda muntazam ravishda:
“O‘zbekiston — 2030” strategiyasini 2023-yilda amalga oshirish natijalarining ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan Internet jahon axborot tarmog‘ida va ijtimoiy tarmoqlarda keng sharhlab borilishini hamda uning mazmun-mohiyati jamoatchilikka tushuntirilishini;
“O‘zbekiston — 2030” strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan barcha tadbirlarning ijrosi va natijalari to‘g‘risidagi xolis va to‘liq ma’lumot aholiga tezlik bilan yetkazilishini ta’minlasin.
18. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib vazirlik va idoralar rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.
|
| |