|
Viloyat tabiiy-iqlim sharoiti. Xorazm viloyatining
|
bet | 1/39 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 1,09 Mb. | | #249285 |
vsvffrgfqwertyKirish.
Avtomobil yo`llari mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etibgina qolmasdan, tarixiy manzillar va zamonaviy davlatlar markazlarini o`zaro bog`lash uchun ham xizmat qiladi. Birinchi navbatda yo`l o`zi nima degan savolga javob berib o`tsak. Yo`l – avtomobillarda yuk va yo`lovchi tashish uchun mo`ljallangan hamda bir qancha konstruktiv qatlamlar va jihozlardan tashkil topgan maydon hisoblanadi. Yo`llarning ko`p turlari mavjud, jumladan, avtomagistrallar, magistrallar, pullik yo`llar, davlatlararo yo`llar va mahalliy yo`llar. Yo`lning asosiy elementlari bo`lib:
qatnov qismi
xavfsizlik tasmasi
yo`l cheti
yo`l yoqasi kabilar xizmat qiladi.
Birinchi yo`llarni hayvonlar paydo qilgan, ya’ni o`zlarining yurishi natijasida, degan fikrni ko`pchilik qabul qilmagan. Ba’zilar esa, birinchi yo`llar ularning izlaridan paydo bo`lgan, deb hisoblaydilar. Dunyodagi eng qadimgi asfalt yo'l Misrda miloddan avvalgi 2600-2200 yillarda qurilgan. Yaqin Sharqdagi Ur shahrida eramizdan avvalgi 4000-yillarga oid tosh yotqizilgan ko'chalar paydo bo'lgan. Miloddan avvalgi 4000 yilga to'g'ri keladigan “korduroy yo'llar” (log'in yo'llari) Angliyaning Glastonberi shahrida topilgan.
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi avtomobil yo‘llari tarmog‘ining umumiy uzunligi 209 501 km dan ko‘proqni tashkil etib. Jumladan:
-umumfoydalanuvda bo‘lgan avtomobil yo‘llar tarmog‘i – 42869 km;
-mintaqaviy avtomobil yo‘llari (ichki xo‘jalik avtomobil yo‘llari, shahar, shahar tipidagi posyolkalar, qishloq va tuman markazlari ko‘chalari) - 141882 km;
-idoraviy inspektorlik yo‘llari tarmog‘i – 24750km ni tashkil etadi;
-xalqaro ahamiyatdagi – 3981km;
-davlat ahamiyatidagi – 14105km;
-mahalliy ahamiyatdagi – 24609km.
Viloyat tabiiy-iqlim sharoiti.
Xorazm viloyatining iqlimi keskin kontinental, oʻrtamiyona sovuq qish va quruq issiq yoz boʻladi. Viloyat choʻl zonasida, Xorazm vohasining gʻarbiy qismida, oʻrtacha 100m balandlikda joylashgan. Qishi moʻtadil sovuq, qor kam yogʻadi, yanvarning oʻrtacha temperaturasi −5°, eng past temperatura −32°. Yozi issiq, quruq, iyulning oʻrtacha temperaturasi 30°, eng yuqori temperatura 47°. Yiliga 78-79 mm yogʻin tushadi, asosan, mart-aprel oylarida yogʻadi. Shimoliy va shimoli-sharqiy shamollar esadi.
|
| |