|
Ko’chmas mulk sohasida innovatsion yondashuvlar
|
bet | 13/14 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 448,84 Kb. | | #251933 |
Bog'liq Imomaliyev Bekmurod3.2. Ko’chmas mulk sohasida innovatsion yondashuvlar
Bugun dunyoning rivojlanish tendensiyalariga e'tibor qaratadigan bo'lsak, ilmiy-nazariy qarashlar innovatsion g'oyalar, ilg'or texnologiyalar yordamida sanoat, ishlab chiqarish tarmoqlariga faol integratsiya qilinganini ko'rish mumkin. Shu ma'noda, yangilanayotgan O'zbekistonda taraqqiyot sari dadil qadamlar tashlanar ekan, ilm-fan ravnaqini yangi bosqichga ko'tarish, ilmiy ishlanmalar va tashabbuslarni ishlab chiqarishga tatbiq qilishga alohida e'tibor qaratilayotgani ayni muddao. Bu borada ilg'or mamlakatlar tajribasidan o'tgan o'ziga xos yondashuv — innovatsion hududlarning tashkil etilayotgani kelgusida o'z samarasini beradi.
Shu yilning 7 aprel kuni Sirdaryo viloyati markazi — Guliston shahrida xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo'lib o'tdi. Unda Prezident Shavkat Mirziyoev ishtirok etib, Sirdaryo viloyatini sanoat, tadbirkorlik, qishloq xo'jaligi, ta'lim va tibbiyot bo'yicha “ilg'or innovatsiyalar hududi”ga aylantirish bo'yicha topshiriqlar berdi.
Bugungi kunda mazkur topshiriqlar ijrosini ta'minlash borasida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ayni jarayonda davlatimiz rahbarining 2022 yil 6 iyuldagi “2022 — 2026 yillarda O'zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini tasdiqlash to'g'risidagi” Farmoni muhim dasturilamal bo'lmoqda. Ushbu hujjatda innovatsion hududlarda to'plangan tajribani boshqa joylarga bosqichma-bosqich joriy qilish orqali mamlakat markazidan boshlab eng olis manzillargacha “tubdan yangilovchi” innovatsiyalarning kirib borishini ta'minlash ko'zda tutilgan.
Farmonda innovatsion rivojlantirish hududlarida 2022 — 2026 yillarda kichik innovatsion ishlab chiqarishni tashkil etish uchun tayyor “1000 ta innovatsion loyiha” takliflar portfelini shakllantirish va bosqichma-bosqich amalga oshirish, shuningdek, muvaffaqiyatli kichik innovatsion ishlab chiqarish tashkilotlarini respublikaning boshqa geografik hududlariga transfer qilish singari yo'nalishlarda ustuvor vazifalar belgilandi.
O'ziga xoslik, maqsad va vazifalar
Xo'sh, innovatsion hududlar o'zi nima? Ular boshqa geografik va ma'muriy birliklardan qay jihati bilan farqlanadi? Bunday zonalarni tashkil etishdan qanday maqsad-muddaolar ko'zlanadi?
Avvalo, bu — boshqa yuridik sub'ektga nisbatan alohida huquqiy maqomga ega cheklangan hududdir. Bunday zonalar tashkil etish orqali davlatning umumiy yoki alohida hududlarini zamonaviy mezonlar asosida rivojlanishining strategik masalalari hal etiladi. Xususan, tashqi savdo, ijtimoiy-iqtisodiy, mintaqaviy, ilmiy-texnikaviy muammolarni hal qilish imkoniyati kengayib boradi.
Shuning uchun ham bu kabi hududlar birinchi navbatda yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini rivojlantirish yoki yangi texnologiyalarni amalda qo'llash maqsadida tashkil etilishi maqsadga muvofiqdir.
Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) 24 iyul kuni har yilgi «Global innovatsion reyting»ni e'lon qildi.
Ushbu reytingga Markaziy Osiyodan uch mamlakati kirdi va quyidagi o‘rinlarni egalladi:
Qozog‘iston - 79-o‘rin;
Qirg‘iziston - 90-pog‘onada;
Tojikiston - 100.
Umumiy reytingda 129 ta mamlakat nomi qayd etilgan. O‘zbekiston ushbu reytingga kiritilmadi.
O‘z navbatida, Qozog‘iston o‘rtacha daromad darajasiga ega davlatlar guruhiga kiradi va uning ko‘rsatkichlari ushbu rivojlanish darajasi uchun kutilgan natijalardan pastdir.
Qirg‘iziston ham o‘rtacha daromadli davlatlar guruhiga kiradi va uning ko‘rsatkichlari rivojlanishning ushbu darajasi uchun kutilgan natijalarga mos keladi.
azirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini 2024-2025 yillarda amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi»gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan O‘zbekistonning innovatsion rivojlanish strategiyasini 2024-2025 yillarda amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» tasdiqlandi. U quyidagilarni nazarda tutadi:
● innovatsion infratuzilma sub’yektlari tarmog‘ini shakllantirish orqali startap tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash hamda yirik hajmli ishlab chiqarishni tashkil etish;
● innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning institutsional mexanizmlarini takomillashtirish orqali innovatsion faol tashkilotlar ulushini oshirish;
● kichik tadbirkorlikning innovatsion faolligini oshirish orqali hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy jadal rivojlantirishni ta’minlash;
● yangi turdagi mahsulotlar va innovatsion texnologiyalarni yaratishning g‘oyadan yakuniy iste’molchigacha bo‘lgan kompleks tizimini ta’minlash orqali innovatsiyalarga bo‘lgan talabni rag‘batlantirish;
● yaratilgan kapitalni «tubdan yangilovchi» innovatsiyalarga qayta yo‘naltirish tizimini shakllantirish;
● ta’limning barcha bosqichlarida yaratuvchanlik, innovatsion tadbirkorlik va ratsionalizatorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish orqali innovatsion faoliyat boshqaruvida inson kapitalini yanada rivojlantirish.
Vazirliklar va idoralar rahbarlari «Yo‘l xaritasi»da belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda shaxsan mas’ul hisoblanadi.
XULOSA.
Mazkur tadqiqot ishida ko'chmas mulk sohasida davlat interaktiv xizmatlarini loyihalashtirish, ularning joriy etilishi va samaradorligini oshirish masalalari ko'rib chiqildi. Tadqiqot davomida olib borilgan tahlillar va natijalar quyidagi muhim xulosalarni chiqarishga imkon berdi:
Ko'chmas mulk sohasida davlat xizmatlarining ahamiyati:
Ko'chmas mulk sohasida davlat xizmatlari fuqarolar va tadbirkorlik sub'ektlari uchun katta ahamiyatga ega bo'lib, ularning huquqlarini himoya qilish, iqtisodiy faoliyatni rag'batlantirish va davlat daromadlarini oshirishda muhim rol o'ynaydi. Ushbu xizmatlar huquqiy aniqlikni ta'minlaydi, iqtisodiy rivojlanishni qo'llab-quvvatlaydi va shaharsozlik jarayonlarini boshqarishda muhim ahamiyatga ega.
Interaktiv xizmatlarning ahamiyati va rivojlanishi:
Davlat interaktiv xizmatlari ko'chmas mulk sohasida xizmat ko'rsatish jarayonlarini tezlashtirish, shaffoflikni oshirish va fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida joriy etilmoqda. Zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish xizmatlarning samaradorligini oshirishga imkon beradi. Interaktiv xizmatlarning huquqiy asoslari va texnologik infratuzilmasi tahlil qilinib, ularning joriy holati va rivojlanish tendentsiyalari o'rganildi.
Interaktiv xizmatlarni yaratish va tadbiq etish texnologiyalari:
Interaktiv xizmatlarni yaratishda zamonaviy axborot texnologiyalari, shu jumladan, internet-platformalar, mobil ilovalar va elektron hukumat tizimlari qo'llaniladi. Xizmatlarni tadbiq etish jarayoni bir nechta bosqichlarni o'z ichiga oladi, jumladan, loyiha rejalashtirish, dasturiy ta'minot ishlab chiqish, xavfsizlikni ta'minlash va foydalanuvchilarga o'qitish. Ko'chmas mulk sohasida axborot xavfsizligini ta'minlash ham muhim masalalardan biri hisoblanadi.
Interaktiv xizmatlarning samaradorligini oshirish yo'llari:
Interaktiv xizmatlarning samaradorligini oshirish uchun innovatsion yondashuvlar qo'llanishi, davlat va xususiy sektor o'rtasidagi hamkorlikning kuchaytirilishi, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimining takomillashtirilishi zarur. Shuningdek, fuqarolar va tadbirkorlik sub'ektlarini davlat interaktiv xizmatlaridan foydalanishga rag'batlantirish, xalqaro tajribalarni o'rganish va qo'llash ham katta ahamiyatga ega.
Takomillashtirish bo'yicha tavsiyalar:
Ko'chmas mulk sohasida davlat interaktiv xizmatlarini takomillashtirish uchun xizmatlarning foydalanuvchilar uchun qulayligini oshirish, xizmatlar turlarini kengaytirish, xizmat ko'rsatish jarayonlarini soddalashtirish va avtomatlashtirish zarur. Bundan tashqari, xizmatlarning sifati va samaradorligini doimiy ravishda monitoring qilish va takomillashtirish, fuqarolar va tadbirkorlarning fikr-mulohazalarini inobatga olish muhim hisoblanadi.
Umumiy xulosa:
Ko'chmas mulk sohasida davlat interaktiv xizmatlarini joriy etish va rivojlantirish iqtisodiy rivojlanish, huquqiy aniqlik va fuqarolarning farovonligi uchun katta ahamiyatga ega. Ushbu sohada zamonaviy texnologiyalarni qo'llash, samaradorlikni oshirish va xalqaro tajribalarni o'rganish orqali davlat xizmatlarining sifatini yuksaltirish va fuqarolar hayotini yengillashtirish mumkin. Shu sababli, ko'chmas mulk sohasida davlat interaktiv xizmatlarini doimiy ravishda takomillashtirish va rivojlantirish davlat boshqaruvining ustuvor yo'nalishlaridan biri bo'lishi lozim.
|
| |