|
Davlat interaktiv xizmatlarini tadbiq etish bosqichlari
|
bet | 9/14 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 448,84 Kb. | | #251933 |
Bog'liq Imomaliyev Bekmurod2.2. Davlat interaktiv xizmatlarini tadbiq etish bosqichlari
2016 yil 18 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan “Elektron hukumat” tizimining rivojlanishi: davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari oldida turgan dolzarb masalalar” mavzusida seminar tashkil etildi.
Joriy yilning iyun oyida kuchga kiradigan O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi qonunining mazmun- mohiyatini keng targ‘ib qilish, keng qamrovli tushuntirish ishlarini olib borish, davlat idoralari oldida turgan vazifalarni belgilab olish maqsadida bugungi kunda qo‘shma rejali chora-tadbirlar asosida ishlar amalga oshirilmoqda.
Seminarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining ma’sul raxbarlari va xodimlari, Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi huzuridagi jamoat ekspert guruhi a’zolari, nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari vaqillari, shuningdek keng doiradagi axborot-kommunikatsiya sohasining mutaxassislari ishtirok etdilar.
2015 yil 9 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi qonunga imzo chekishi jamiyatimizda idoralararo, idoralar va fuqarolar, tadbirkorlar o‘rtasidagi elektron munosabatlarning rivojlanishi, fuqaro manfaatlarining mustahkam himoyalanishi, Internet tarmog‘ida ta’lim-tarbiyaviy, foydali kontentning yaratilishi, axborotlashtirish sohasida katta o‘zgarishlarning keng qamrovli yangi bosqichini boshlab berdi.
“Elektron hukumat to‘g‘risida”gi qonun mamlakatimizda “elektron hukumat” tizimini joriy qilish va rivojlantirish sohasida davlat siyosati aniq ifodalab beruvchi me’yoriy hujjatdir. Uni amalda tatbiq etish davlat organlarining faol ishtirokini talab qiladi. Sababi davlat organlari “elektron hukumat” sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirib, mazkur yo‘nalishdagi dasturlarni ishlab chiqishda faol ishtirok etishlari belgilab berilgan. Davlat idoralarining “elektron hukumat” sohasida axborot tizimlari va axborot resurslarini, shuningdek interaktiv davlat xizmatlarini ishlab chiqishi, ularning uzluksiz ishlashini ta’minlash, aholiga masofadan turib sifatli xizmat ko‘rsatish qonunda belgilangan.
Seminarda xalqaro tajriba va jahon amaliyotida “elektron hukumat”ga oid qonunchilikning amalda tatbiq qilinishi, hujjat mazmun-mohiyatini fuqarolar o‘rtasida targ‘ib qilishning uslubiy va texnik tavsiyalari yuzasidan ma’lumotlar berildi.
Qonunning maqsad hamda vazifalari, asosiy tushunchalari, “elektron hukumat” tizimining asosiy prinsiplari, uning ishini tashkillashtirish, elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishga qo‘yiladigan talablarga oid normalar qayd etilgan. Shuningdek, Qonunda “elektron hukumat” infratuzilmasi, mazkur sohadagi davlat boshqaruvi, davlat organlarining “elektron hukumat” tizimi doirasidagi o‘zaro hamkorligiga oid munosabatlar tartibga solinishi belgilangan.
Qonunning asosiy vazifasi – davlat organlari faoliyatining samaradorligini, tezkorligini va shaffofligini ta’minlash, ularning mas’uliyatini va ijro intizomini kuchaytirish, aholi va tadbirkorlik sub’ektlari bilan axborot almashishni ta’minlashning qo‘shimcha mexanizmlarini yaratish. Shu bois, unda elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishda, shu jumladan, idoralararo elektron hamkorlik doirasida davlat organlarining yuridik va jismoniy shaxslar bilan o‘zaro munosabatlarini tartibga solingan.
Bu esa davlat xokimiyati va boshqaruv organlari tomonidan tegishli normativ-huquqiy xujjatlarni o‘z vaqtida va to‘liq qabul qilish, elektron davlat xizmatlari reglamentlari, axborot tizimlari, axborot resurslari va tarmoqlarini rivojlantirish yuzasidan idoraviy dasturlarni o‘z vaqtida ishlab chiqish va tasdiqlashni, elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi to‘liq axborotlarni aholiga to‘liq taqdim qilish, davlat xokimiyati va boshqaruv organlarining rasmiy saytlari faoliyatini yanada takomillashtirishni, o‘z vaqtida xizmat ko‘rsatishni talab qiladi.
Elektron hukumat togrisida qonunini yuklash
“Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi faoliyati
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi qoshidagi “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi hukumat qaroriga asosan (16-sentyabr 2013-yilning № 250 VMQ) tashkil etilgan bo‘lib, asosiy vazifalari quyida keltirilgan:
Jumladan, jahon tendensiyalari va xorijiy davlatlar tajribasining tahlil va tadqiqoti asosida “Elektron hukumat” tizimini keyinchalik rivojlantirish va takomillashtirishni strategik yo‘nalishlarini ishlab chiqish;
• “Elektron hukumat” tizimi loyihalarini amalga oshirishning me’yoriy-metodik ta’minlanishini tashkil qilish, davlat organlarida foydalanilayotgan axborot tizimlari, axborot resurslari va ma’lumotlar bazalarini ishlab chiqish va integrasiyalashda kelishilgan loyihalashtirish mexanizmini ko‘zda tutadigan “Elektron hukumat” tizimini shakllantirishda yagona texnologik yondashuvni ta’minlash;
• Davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan, innovatsion biznes jarayonlarini boshqarish mexanizmlarini joriy qilish, takomillashtirish va optimizatsiyalash bo‘yicha takliflar tayyorlash, davlat organlarining funksional va operatsion jarayonlari faoliyatini tizimli qayta tashkillantirish;
• “Elektron hukumat” tizimini samarali tatbiq qilish uchun yo‘naltirilgan tahlilni o‘tkazish va amaldagi me’yoriy- huquqiy bazalarni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
“Elektron hukumat” tizimi miqyosida davlat organlari faoliyatidagi axborot kommunikatsiya texnologiyalarining samaradorligini baholash tizimini joriy etish, tizimli monitoring o‘tkazish, axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish holatini baholash, shu jumladan, axborot texnologiyalari va resurslari samaradorligini joriy etilganligini o‘rganish;
“Elektron hukumat” tizimi loyihalarini amalga oshirish doirasida yo‘naltirilgan indikatorlar va ko‘rsatkichlarni aniqlash, Interaktiv davlat xizmatlarini samarali taqsimlanishi va foydalanishining asosiy ko'rsatkichlarini aniqlash metodikasini ishlab chiqarish;
O‘zbekistonda Elektron hukumatni joriy qilishning yakuniy maqsadi, quyidagilardan iborat: hamda u mukammal davlat boshqaruvi elektron apparatini yaratish hisoblanadi: interaktiv xizmatlarini taqdim etilish imkoniyatlarininh kengligi; hukumat organlari faoliyati hisobotlarining berib borilishi va oydinligi; xizmatlardan oson foydalanish imnkoniyatlari va yakka tartibligi; siyosiy jarayonlarda fuqarolarning faol ishtiroki va xabardorligi; erkin axborot almashuvi; aholi va tadbirkorlik faoliyati uchun davlat xizmatlarini taqdim etishda qulay sharoitlar yaratish; fuqarolarni o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirilishini qo'llab-quvvatlash; barcha saylovchilarni boshqaruv jarayonlarda va davlat boshqaruvida ishtirok etish imkoniyatlarini oshirishdan iborat.
MARKAZ TUZILMASI
KADRLAR SALOHIYATI
“Elektron hukumat” ni rivojlantirish markazi o‘z tuzilmasiga ko‘ra 7 ta departamentdan tashkil topgan bo‘lib, ular o‘z vazifasiga va bir qancha bo‘limlariga egadir.
Strategik rivojlantirish va prognozlash departamenti ushbu tizim rivojlanishida halqaro an’analarga mos asosiy yo‘nalishlarni aniqlash va “Elektron hukumat” tizimini istiqboldagi rivojlanish rejalarini ishlab chiqish hamda tizimni mustahkamlash uchun maxsus tadqiqotlar olib borish, faktlarni yig‘ish va tahlil qilish bilan shug‘ullanadi;
Operatsion va funktsional jarayonlarni maqbullashtirish departamenti mavjud jarayonlarni tahlil qilish va davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari faoliyati bilan bog‘liq operatsion va funktsional tizimli takliflarni ishlab chiqish, “Elektron hukumat” tizimi doirasida fuqarolarga va tadbirkorlik sub’ektlariga taklif etiladigan davlat xizmatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni tayyorlash, shuningdek, interaktiv davlat xizmatlarini taklif etish va ulardan foydlanish samaradorligining eng muhim ko‘rsatkichlarini aniqlash uslublarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi;
AKTni joriy etish holatini tahlil qilish va baholash departamenti vazifasiga davlat va xo‘jalik boshqaruv organlarida AKTni joriy etish holatini tahlil qilish va baholash, joylardagi mahalliy hokimiyatlarda hamda mintaqalarda AKT holati bo‘yicha monitoring o‘tkazish kiradi.
“Elektron hukumat” axborot tizimlarini rivojlantirish departamenti vazifasiga ko‘ra elektron xukumat va axborot tizimlari arxitekturasini rivojlantiradi, shuningdek axborot tizimlarini ekspertizadan o‘tkazadi.
“Elektron hukumat” tizimining axborot resurslarini rivojlantirish departamenti vazifasiga elektron hukumatning markazlashgan ma’lumotlar bazasini, idoraviy axborot resurslari va interaktiv xizmatlarning yagona portalini rivojojlantirish kabilar kiradi.
Hududlarda “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish departamenti kompyuterlashtirish markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish va foydalanuvchilarni qo‘llab-quvvatlash markazlarini rivojlantirish kabi vazifalarni amalga oshiradi.
Boshqa departamentlar bilan bir qatorda, markazda shuniningdek, ixtisoslashtirilgan tarkibiy bo‘linmalar faoliyatini muvofiqlashtirish departamenti ham faoliyat ko‘rsatib, u o‘z vazifasiga ko‘ra davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining maxsus bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish kiradi. Yuqorida qayd etilgan departamentlardan tashqari Markaz tarkibida elektron hukumat loyihalarining amalga oshirilishini moliyaviy-iqtisodiy tahlil qilish, halqaro va ma’muriy xo‘jalik kabi boshqa bo‘limlar ham faoliyat olib boradi.
|
| |