Interaktiv xizmatlarni yaratishda foydalaniladigan axborot texnologiyalari




Download 448,84 Kb.
bet10/14
Sana24.05.2024
Hajmi448,84 Kb.
#251933
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Imomaliyev Bekmurod

2.3. Interaktiv xizmatlarni yaratishda foydalaniladigan axborot texnologiyalari

Quyidagilar Bo‘limning asosiy vazifalari hisoblanadi:


AKTni rivojlantirish bo‘yicha kompleks idoraviy dasturlarni joriy etish, ma’lumotlarni saqlash, qayta ishlash va axborotlashtirish sohasidagi siyosatini olib boradi;
axborot tizimlari va resurslarini keng joriy etishni nazarda tutuvchi idoraviy raqamli transformatsiya dasturlarini ishlab chiqish va o‘z vaqtida amalga oshirilishini nazorat qilish;
elektron davlat xizmatlarini mobil qurilmalar va elektron hamkorlikning boshqa shakllari orqali ko‘rsatishni yanada kengaytirish orqali jismoniy va yuridik shaxslarga to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotsiz elektron xizmat ko‘rsatish hamda innovatsiyalarni joriy etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
elektron hukumat doirasida Qo‘mita hamda boshqa vazirlik va idoralar o‘rtasida elektron axborot almashinuvini tashkil etish;
Qo‘mitaning hamda uning hududiy organlarida raqamli infratuzilmasining axborot xavfsizligini shuningdek, elektron ma’lumotlar va hujjatlarning himoyasini ta’minlash.
xalqaro hamkorlik tashkilotlari loyihalarini jalb qilgan holda, Qo‘mita tizimida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish;
Qo‘mitaga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqib, Bo‘limga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalar ham yuklatilishi mumkin.
Bo‘limga yuklatilgan topshiriqlarni so‘zsiz bajarilishini ta’minlash choralarini ko‘rish, belgilangan ko‘rsatkichlarga erishish uchun xodimlarning shaxsiy mas’uliyatini oshirish.
Bo‘lim o‘ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) Axborot tizimlari va resurslarini keng joriy etishni nazarda tutuvchi idoraviy raqamli transformatsiya dasturlarini ishlab chiqish va o‘z vaqtida amalga oshirilishini nazorat qilish borasida:
Qo‘mitaning markaziy apparati va uning hududiy boshqarmalari faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanishni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
Qo‘mitaning markaziy apparati va uning hududiy boshqarmalarida foydalaniladigan ma’lumotlari bilan ishlaydigan axborot tizimlarni yaratish uchun yoziladigan texnik topshiriqlarni ishlab chiqilishni tashkil qilish va ularni amaliyotga to‘liq joriy etishni nazoratga olish;
Qo‘mitaning markaziy apparati va uning hududiy boshqarmalari faoliyatini axborot tizimlar bilan ta’minlash bo‘yicha Qo‘mitaning tuzilmalari ishlarini muvofiqlashtiradi;
Qo‘mitaning markaziy apparati va uning hududiy boshqarmalarida axborot tizimlarni joriy etilishini nazorat qiladi;
Qo‘mitaning tegishli tarkibiy bo‘linmalari bilan birgalikda, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari, axborot havfsizligi vositalari, dasturiy mahsulotlar, ish va xizmatlar olish yuzasidan Raxbariyatga takliflar kiritadi;
Ochiq ma’lumotlar ro‘yxatini yangilash va rasmiy veb-saytda hamda ochiq ma’lumotlar portalida joylashtirib borish;
Xodimlarning ishchi kompyuterlarini dasturiy va texnik qo‘llab-quvvatlash hamda ish faoliyatini doimiy ta’minlash;
Qo‘mitaning xodimlarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi ma’lumotlar bilan doimiy ravishda tanishtirib borish, seminar-treninglar tashkil etish;
Bo‘lim xodimlarini kamida 100 foizlik ustama haq bilan ta’minlashni tashkillashtirish;
b) Elektron davlat xizmatlarini mobil qurilmalar va elektron hamkorlikning boshqa shakllari orqali ko‘rsatishni yanada kengaytirish orqali jismoniy va yuridik shaxslarga to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotsiz elektron xizmat ko‘rsatish hamda innovatsiyalarni joriy etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish sohasida:
Qo‘mita markaziy apparatining tegishli tuzilmalari bilan birgalikda Qo‘mita va uning hududiy boshqarmalari tomonidan ko‘rsatiladigan davlat xizmatlarini elektron shaklga o‘tkazish ishlarini muvofiqlashtiradi;
Qo‘mita va uning hududiy boshqarmalari tomonidan ko‘rsatiladigan elektron davlat xizmatlarni yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga integratsiyalash yuzasidan takliflarni Qo‘mita rahbariyatiga va vakolatli organlarga kiritadi;
hisoblash texnikasi vositalarini modernizatsiya qilish bo‘yicha Rahbariyatga takliflar kiritadi;
Mavjud apparat-dasturiy kompleksi, tarmoq resurslariga ruxsatni boshqarish tizimi va ularni zaxiralash, nusxa ko‘chirish ishlarini doimiy ta’minlab borish;
v) Elektron hukumat doirasida Qo‘mita hamda boshqa vazirlik va idoralar o‘rtasida elektron axborot almashinuvini tashkil etish sohasida:
idoralararo axborot almashish tizimlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha texnologik yo‘riqnomalar ishlab chiqish, axborot tizimlarini yo‘lga qo‘yish jarayonlarini tashkil etish;
hisoblash texnikasi vositalariga qabul qilingan texnik talablar va xizmat ko‘rsatish me’yorlariga mos ravishda texnik xizmat ko‘rsatishni, hisoblash texnikasi vositalarining uzluksiz ishlashi uchun profilaktik ko‘riklar o‘tkazishni nazorat qiladi;
Bo‘lim xodimlarini malakasini oshirish, interaktiv davlat xizmatlari va dasturiy mahsulotlarni hamda axborot tizim va resurslarini joriy etish, shu bilan birga ish jarayonini avtomatlashtirish bo‘yicha sarf bo‘ladigan asosli xarajatlarni ko‘rib chiqish va taklif kiritish;
g) Qo‘mitaning hamda uning hududiy boshqarmalarida raqamli infratuzilmasining axborot xavfsizligini shuningdek, elektron ma’lumotlar va hujjatlarning himoyasini ta’minlash sohasida:
Qo‘mitaning axborot xavfsizligi siyosatiga asosan ma’lumotlar axborot bazalari, elektron tashuvchilarda hujjatlar almashinuvi himoyasini tashkil etadi;
axborotlar xavfsizligini ta’minlashga oid chora-tadbirlarni tashkil etadi, muvofiqlashtirish ishlarini olib boradi, Qo‘mita va uning hududiy boshqarmalarida kompleks axborotlar himoyasining texnologik jarayonini tashkil etadi;
Qo‘mitaning axborotlar xavfsizligi siyosatiga amal qilinishini tashkil etadi;
Qo‘mitada ichki elektron hujjat aylanish tizimini to‘liq ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyish hamda topshiriqlarini nazoratga olish tizimi ish faoliyatini doimiy ravishda ta’minlash, shuningdek himoyalangan pochta orqali ma’lumotlarni almashish ishlarini to‘liq ta’minlash;
har chorak yakunida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilganlik holati bo‘yicha “nis.uz” avtomatlashtirilgan idoralararo axborot tizimiga ma’lumot kiritib borish;
“NIS.UZ” avtomatlashtirilgan idoralararo axborot tizimida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar ishlab chiqish va ularni sifatli amalga oshirish;
Qo‘mitada Elektron raqamli imzo kalitlari bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirish;
Qo‘mitada axborot xavfsizligi bo‘yicha yuzaga keladigan muammolarni tezkor ravishda bartaraf etish;
Mavjud apparat-dasturiy kompleksi, tarmoq resurlariga ruxsatni boshqarish tizimi hamda ma’lumotlar bazasini xavfsizligi va ularni rezervlash, nisxalash ishlarini doimiy ta’minlab borish;
Ma’lumotlar almashish va saqlash dasturiy-apparat vositalarini, telekommunikatsiya texnologiyalarini va AKT hamda idoraviy korporativ tarmoqlarni yaratish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish;
“Axborot xavfsizligi siyosati” me’yoriy hujjati talablarini doimiy nazorat qilib borish.
Ma’lumotlar almashish va saqlash dasturiy-apparat vositalarini, telekommunikatsiya texnologiyalarini va AKT hamda idoraviy korporativ tarmoqlarni yaratish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish;
Bo‘lim qonun hujjatlariga, Qo‘mita raisi, Hay’at qarorlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
Bo‘lim qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.

Download 448,84 Kb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Download 448,84 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Interaktiv xizmatlarni yaratishda foydalaniladigan axborot texnologiyalari

Download 448,84 Kb.